O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: SHIMOLIY AMERIKANING TABIIY GEOGRAFIK
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
MAVZU: SHIMOLIY AMERIKANING TABIIY GEOGRAFIK
RAYONLASHTIRISH. ARTIKANING AMERIKA SEKTORI. REJA : 1. Materikni tabiiy geografik rayonlashtirish haqida ma'lumot. 2. Artikaning Amerika sektori. Tabiiy geografik o'lkasiga umumiy tavsif. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y 58-63 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. 3. Universitet ta'limi uchun «geografiya» mutahassisligi bo'yicha o'quv dasturlari. Toshkent «Universitet» nashriyoti 1997 yil. Shimoliy Amerikaning tabiiy geografik rayonlashtirish. Artikaning Amerika sektori. Shimoliy Amerika shimolda janubga tomon shimoliy yarim sharning barcha iqlim mintaqalarni kesib o'tgan bo'lib Artika muz sohillaridan to nam tropik o'rmonlargacha bo'lgan barcha zonal landshaft tiplarini uchratish mumkin. Bir tmondan sharqdagi tekisliklar va o'rtacha balandlikdagi tog'lar bilan birgalikda ikkinchi tomondan g'arbdagi baland tog'lar o'rtasidagi tabiiy tafovutlar ancha kuchlidir. Shu sabablidir materikda ikkita katta qism sharq va kordilera tog'lari ajratiladi. Materikning Atrtika orollari va ularni ajratib turuvchi suv havzalari Artika suv subartikaning Amerika sektori sifatida ajratiladi. Markaziy Amerika alohida subkontinental hisoblanadi. Materikning shimoliy orollari Grilandiya bilan birga tabiiy sharoitning o'rta oralig'i bilan ajralib turadi buning asosiy sababi bu orollarning qutb yaqinida joylashganligidir. Hamda hozirgi zamon muzliklarning kuchli rivojlanganligidir. YOg'in miqdori kam bo'lgan holda yil bo'yi haroratning past bo'lishi ko'p yillik muzloq yerlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shimoliy Amerikaning bu qismi butunlay qutb yoni landshaftlaridan iborat bo'lib bu yerlar unumsiz artika sovuq sahrolaridan to o'rmon tundragacha bo'lgan barcha hududlarni o'z ichiga oladi. Grelandiya yer sharidagi eng yirik orol bo'ylab maydoni 2 mln km2 dan ortiq orol tabiiy sharoitning o'ziga hosligi ya'ni uning qutbga yaqinligi hamda atrofdagi 42 sovuq oqimlarning faoliyati bilan bog'liq. Orol yuzasining deyarli 75 5 ni materik muzliklari bilan qoplagan muzlik yuzasining katta qismi dengiz sathidan 2000 m balanda joylashgan. Muz qoplamining o'rtacha qalinligi 1600 m qalin joyi 3500 m ga yetadi orolda materik muzliklarning vujudga kelishiga asosiy sabab shimoliy yarim sharda Niogen va Antropogen oralig'ida iqlimning sovib ketganligidir. Muz ostida Relyef ancha to'siq bo'lib balandligi uning markazida 100 m dan oshmaydi. Ammo orolning chekkasidagi muzdan holi hududlarda tog' tizmalari mavjud. Orolda alp tipli Relyef shakllari ustunlik qiladi. Orolning eng baland nuqtasi 3700 m Gunbyorn cho'qqisi hisoblanadi. O'lka iqlimi sovuq markaziy qismida harorat 100 dan 550 gacha o'zgaradi qishda 680 gacha tushishi mumkin. Hatto iyulda 280 S sovuq bo'ladi, yog'in miqdor 1000-2000 mm atrofida bo'ladi. Orolning muzdan holi yerlarida o'simlik qoplami tundraga hos bo'lsada uning shimoliy hududida o'simlik kam. Orolda mox va lishayniklarning 600 turi uchraydi. O't o'simliklardan qutb lolaqizg'aldog'i toshyorar ayiqtovon kabi o'simliklar balandligi 2-3 m keladigan qayin zirk archa qarag'ay o'sadi. Hayvonlardan qo'ybuqa karibi bug'isi saqlanib qolgan dengiz sohillarida oq ayiqlar anchagina ko'pdir. Kanada Artika arxipalagi hududi Butiya va Melvill yarim orollari bilan birgalikda 1,5 mln km2 bo'lib Baffin yeri, Elsmir va Viktoriya orollari o'lkaning yirik orollari hisoblanadi. Arxipalag orollari yaqinida materikdan ajralgan bo'lib u yerdagi qator bo'g'ozlar dengiz suv ostida qolgan qadimgi daryo vodiylarning o'rni hisoblanadi. Relyefda to'rtlamchi davr va hozirgi zamon muzliklarining ta'siri seziladi. Bu arxipalag g'arbida muzliklarning yo'qligi iqlimning quruqligi va mutloq balandlikning kichikligi bilan bog'liqdir. O'lka iqlimi hamma joyda keskin kontinental sovuqligi bilan harakterlanadi. Yozda harorat +100 dan past kunduzgi +210 +240 gacha yetadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling