O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MATERIK ORGANIK DUNYOSI. MATERIKDA HALQLAR
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
MAVZU: MATERIK ORGANIK DUNYOSI. MATERIKDA HALQLAR
REJA: 1. Materik organik dunyosining shakllanishi. 2. Materik inson faoliyati. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materikov tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y. 38-57 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. 3. A.Qozoqov «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992 y. 4. O.K.Leontev «Fizicheskaya geografiya Mirovoga okeana» Moskva Izdatelstva «Prosvesheniya» 1982 god. Materikda tuproq va o'simliklar tarqalishi hamda o'ziga hosligi eng avvalo uning rivojlanish tarixi bilan bog'liq materik florasida shimoliy hududlarida Yevrosiyoga o'xshashlik ustun bo'lsa uning janubiy hududida janubiy Amerikaga o'xshashlik seziladi. Shimoliy Amerika o'simliklarning tarqalishi iqlimning kanazoy erasidagi o'zgarishlari ta'sirida shakllanib boshlagan. Tuproq va o'simlik qoplamining materik bo'ylab tarqalishi asosan materik shakli orografiyasi va iqlim sharoiti kabi omillarga bog'liqdir. Shimoldagi tundra o'rmon tundra va tayga o'rmonlari asosan geografik kenglik yo'nalishida joylashgan bo'lsada janubda zonalik Atlantika okeani sohilidan materik ichkarisi tomon o'zgarib boradi. Bunga asosiy sabab yog'in miqdorining materik ichkarisi tomon o'zgarib borishidir. Materikda tabiat zonalari quyidagi tartibda joylashgan. 1. atika muz sohillari zonasi. 2. Tundra zonasi. 3. O'rmon tundra 4. O'rmonlar zonasi. 5. Doimiy yashil subtropik o'rmonlar. 6. O'rmon dasht va dashtlar. 7. Chala cho'l va cho'llar. 8. Doimiy yashil sernam o'rmonlar zonasi. Materikning shimoliy katta hududi galaktika zoogeografik oblastiga mansub bo'lib hayvonot dunyosiga uning tarqalishida Yevrosiyo materigiga o'xshashlik seziladi. Bunga asosiy sabab shimoliy Amerikaning shimoliy g'arbiy va Osiyoning shimoliy sharqiy hududlarida geologik tutash bo'lganligidir. Mana shu hududda hayvonlar har ikkala materikka tarqalgan keyinchalik materikda alohida rivojlanishi ularda bir-biriga o'xshamaydigan hayvon turlarining paydo bo'lishiga olib keladi. Bular asoan iqlimning o'zgarib borishi bilan tarqalgan shimolda asoan sovuq iqlimga moslashgan hayvonlar uchratilsa janubga bogan sari esa ular mo''tadillashib borayotgan iqlimga moslashgan hayvon turlari keng tarqalgandir. Materikda asosan tub joy aholisi indeslar va eksiomuslar Yevropalik istilochilarning avlodlari Yevropa va Osiyodan borgan muhojirlar va negirlardan iborat. Materikka Osiyoning shimoliy sharqdan Mongoloid irqiga mansub bo'lgan aholi kirib kelgan va bu yerda alohida Amerika tog'ini hosil qiladi. Ana shu 41 shimoliy va janubiy Amerikaning tub joy aholisi indeslarning ajdodlari hisoblanadi. Ular materikning g'arbiy sohillaridan janubga tomon so'ngra materik ichkarisiga tomon kirib borganlar. Eksiomuslar shimoliy Amerika tub joy aholisining alohida guruhlarini tashkil etadi. Hozirda ular asosan Alyaska yarim orolida makkenzi daryo havzasida Kanadaning Artika sohillarida va grelandiya orolida yashaydilar. Savol : 1. Markaziy muz okeanini boshqa okeanlardan farqi nimada ? 2. Materikda halqlarning paydo bo'lishi haqida nimalarni bilasiz? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling