O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


37 
 
MAVZU: MATERIK IQLIMI, IQLIM MINTAQA VA O'LKALARI
REJA: 
1. 
Materik iqlimining shakllanishi haqida ma'lumot. 
2. 
Iqlim mintaqa va o'lkalariga umumiy tavsif. 
3. 
Iqlimga ta'sir etuvchi omillar. 
Adabiyot : 
1. 
T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» 
nashriyoti 1983 y. 20-29 betlar. 
2. 
T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 g. 
3. 
O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasi studentlarning mustaqil ishlari» 
Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 y. 
Shimoliy Amerika iqlim. Iqlim mintaqa va iqlim o'lkalari. 
Shimoliy Amerika atrofdagi orollari bilan birgalikda 870 va 70 shimoliy 
kengliklar orasida joylashgan ya'ni shimoldan janubga tomon shimoliy yarim 
sharning ekvatorial mintaqadan boshqa barcha mintaqalar kesib o'tadi. Materikning
eng keng va yahlit qismi subartika va mo''tadil mintaqalarida kichikroq qismi esa
subtropik mintaqalarda joylashgan eng to janubiy qismi tropik va subekvatorial 
mintaqalardadir. Artika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi Materikning kengligi 
bo'yicha bunday joylashganligi uning shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi 
katta shimoliy qismi yozgi va qishqi radiasiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib 
keladi. Yillik yalpi quyosh radiasiyasi miqdori janubiy g'arbda 180 k sm2
Kanadaning shimoliy qismida 80 k sm2 o'zgaradi. Shimoliy Amerikada yer
yuzasidagi asosan orografik elementlarning submeredional yo'nalishda ekanligi 
sharqiy tomondan katta orografik to'siqlar bo'lmagan Atlantika okeani tomonidan 
havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug'diradi. Materik g'arbdagi kordilera
tog'lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib 
kelishiga to'siqlik qiladi. Materik o'rta qismida shimoliy muz okeani bilan Meksika
qo'ltig'i orasida tekisliklarning mavjudligi va orografik to'siqlarni yo'qligi yilning 
havo almashunuviga imkon beradi. 
Atlantika okeanida uning shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni 
bir-biri bilan Nyufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Golfistrum va sovuq Labrador 
oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerika katta qismida havo massalari 
asosan g'arbdan sharqqa tomon harakat qiladi lekin materikning g'arbiy qismidagi 
murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va 
Kordilera tog'larining g'arbiy hududlarga ko'proq miqdorda yog'in tushishiga sabab
bo'ladi. Materikning ichki rayonlari kontinental havo shakllangan hududlar
hisoblanadi. Shu sababli materik mo''tadil mintaqasining Atlantika bo'yi uchun yil 
bo'yi siklonlar ta'siri bo'lishi harakterlidir. Materikning shimoliy qismida Kanada 
va Alyaskaning katta qismida 200 dan 240 S gacha Kanada Artika arxipelagi 
orollarida 360 S dan Grelandiya markazida 440 S gacha yetadi. Shu davrda
materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bo'lib Q200 S dan Q240 S
gacha yetadi. Materik deyarli butun Alyaskani Gudzon qo'ltig'ining katta qismini va 


38 
Labrador yarim orolining shimolini o'z ichiga oluvchi katta qismi subartika iqlim 
mintaqasida joylashgan. 
Artika iqlim mintaqasiga esa materikning shimoliy sohili va unga yondosh 
orollar kiritiladi materikning eng kam parchalangan qismi ya'ni janubiy chegarasi 
Kolumbiya daryosi quyar qismidan sharqda 400 shimoliy kenglik yaqinidagi o'tadi. 
Mu'tadil iqlim mintaqasining sharqiy qismi dengiz iqlimiga mansub bo'lsa ichki
qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa eng g'arbiy qismlari yog'in miqdorini ko'p 
olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan g'arbda
to Kaliforniya yarim oroligacha bo'lgan katta hududni subtropik iqlim m intaqasi 
egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 280 - 300 shimoliy kenglikdan janubda 
joylashgan bo'lib, bu mintaqada iqlim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori 
bosim oblastlari belgilaydi. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy
hududlarni egallagan bo'lib yozda ekvatorial musson shamollari ko'plab yog'in 
keltiradi bular asosan tinch okeanidan kirib keluvchi yog'inlar hisoblanadi. 
Savol:
1. 
Materik iqlimlariga ta'sir etuvchi omillar nimadan iborat? 
2. 
Iqlim mintaqa va o'lkalar qanday tajribada joylashgan ? 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling