O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


MAVZU: MATERIKNING TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEFI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

MAVZU: MATERIKNING TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEFI
REJA: 
1. 
Materik tektonik tuzilishi haqida umumiy ma'lumot. 
2. 
materik Relyefidagi o'ziga xos hususiyatlari. 
 
Adabiyotlar: 
1. 
T.V. Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi»
nashriyoti 1983 y. 124-129 betlar. 
2. 
O.mo'minov «Materiklarlar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil 
ishlari» Toshkent O'qituvchi nashriyoti 1977 y.
3. 
T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. 
 
 
Tektonik tuzilish va Relyefi: Janubiy Amerika orografiyasi bilan shimoliy 
Amerika orografiyasi o'rtasida bir qadar o'xshashlik bor. Sharqda Atlantika okeani 
qirg'oqlari yaqinida Braziliya va Gveniya tog'lari hamda patagoniya platosi bor. 
Materikning chekka g'arbiy va shimoliy g'arbida uning qirg'oqlari qiyofasiga mos
ravishda dunyodagi eng uzun tog' sistemasi And tog'lari yoki janubiy Amerika 


49 
Kordilerasi tog'lari 9 ming km ga cho'zilgan. Tog'lar bilan And tog'lari orasidagi
materikning tahminan 45 % tini egallagan juda katta Amazonka Orinoko va va 
Paragvay Parana past tekisliklari bor. Shimoliy Amerika bilan janubiy Amerikaning
orografik jihatdan bir biriga o'xshashligi har ikkala materik ravojlanishi va 
strukturasining g'arbiy chekka qismlari Tinch okean mintaqasining burmali
tog'lariga kiradi vaholanki ularning katta sharqiy qismlari platforma tuzilishiga 
ega. Biroq janubiy Amerikaning platforma qismi tuzilishi va rivojlanishiga ko'ra. 
Shimoliy Amerikadan ko'ra Afrikaga ko'proq o'xshash. Yuqorida aytib o'tilganidek 
janubiy Afrika platformasi juda katta gviana Braziliya megaqalqoni bilan Pampa
patagoniya plitasidan tashkil topgan. Magaqalqon doirasida fundamentning yer 
betiga chiqqan uchta qismi bor bular gviana g'arbiy Braziliya va sharqiy braziliya
qalqonlaridan ularni Amozonka, Parana San Fransisko, Maranyao sinklizalari bir 
biridan ajratib turadi. Oxirgi uch sinekliza o'zaro tutashib g'arbiy Braziliya qalqoni 
bilan sharqiy Braliya qalqon orasidagi bir butun botiqlar zonasini hosil qilgan.
 
Qalqonning And burmali zonasiga qaraganda yonbag'irlari perikraton
botiqlariga borib tushadi. Bu botiqlar esa o'z navbatida And tog'larining old 
bukilmalariga qo'shilib ketgan. Janubda submeridional yo'nalgan perikraton bukilma 
Chako Pampa sineklazasiga tutashgan. Pampa sineklizasi Patagoniya plitasiga 
kiritilishi mumkin. Patagogiya plitasida ikkita massiv ajratiladi, ularning yuza qismi
cho'kindi va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Platforma territoriyasida turli hil 
foydali qazilmalar bor. Ularning janubiy Amerika kartasidagi xizirgi taqsimlanishi
bir tomndan geologik tuzilishidagi tafovutlarni aks ettirsa ikkinchi jihat uning
geologik jihatdan notekis o'rganilganligini ko'rsatadi. Janubiy Amerika platformasi 
teritoriyasida Relyef afrika Relyefiga juda o'xshab ketadi. Ularning tafovuti asosan 
u yoki bu Relyef tipining o'zaro nisbatida aks etgan. Akumliyativ tekisliklar
afrikadagi kabi deyarli barcha sineklizalarning markaziy qismini egallab
perikraton bukilma zonasiga muvofiq keladi. Sineklizalarning qalqonlarga
yondosh chekka qismlari shuningdek patagoniya plitasi qat-qat baland tekisliklar va 
platolarni hosil qiladi, cho'kindi jinslar kompleksi atrofdagi qalqonlar bilan birga 
ko'tarilma harakatlar ta'sirida bo'lgan. Maranyao va San-Fransisko botiqlari
moniklinal hamda yon bag'irlari jarlik xosil qilib tik tushgan zinapoyasimon baland 
platolar tarqalganligi bilan harakterlanadi. G'arbiy Yuraziliya qalqonining shimoliy
va Gveniya qalqonlarining shimoliy yonbag'irlari uchun eng tipik bo'lgan Relyef 
shakillari baland tekisliklar ham goh keng goh tor darasimon daryo vodiylari kesib 
o'tgan yassi tog'liklardir. Braziliya tog'larining janubiy garbida Parana havzasida
juda katta maydonlarni zinapoyasimon vulkanik platolar egallaydi. And tog'lar 
burmali mintaqasi deyarli boshdan ohirigacha parellel yoki deyarli parellel tog' 
tizmalari va tog'q orasidagi vodiylardan tashkil topgan. Hozirgi And burmali 
tog'lari tarkibiga biroz keyingi orogenik harakatlar natijasida o'zgargan paleozoy 
burmali strukturalar kiradi, ular tog' sistemasining markaziy va sharqiy qismlarini
o'z ichiga oladi. 
Savol:
1.Materikni tektonik tuzilishidagi o'ziga xosligi nimada? 
3. Relyefga ta'sir etuvchi omillarni ko'rsating? 


50 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling