O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MARKAZIY AMERIKA TABIIY GEOGRAFIK REGIONI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Amerika tabiiy geografik regioni.
MAVZU: MARKAZIY AMERIKA TABIIY GEOGRAFIK REGIONI
REJA: 1. Geografik region haqida umumiy tushuncha. 2. Geografik regiondagi orollar tabiatiga ta'rif. Adabiyotlar : 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 110-119 betlar. 2. A.Qozoqoz , X.Ma'sudov «materiklar va okeanlar tabiiy geografiya kursidan amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992 yil. 3. Materiklar va okeanlar tabiiy geografik atlas. Markaziy Amerika tabiiy geografik regioni. Bu tabiiy region o'zining tabiiy sharoitiga ko'ra shimoliy Amerika materigi bilan janubiy materigi o'rtasidagi oraliq hudud hisoblanadi. Tektonik tuzilishi Relyef hususiyatlari bilan shimoliy Amerika kordilera tog' tizimining davomi bo'lib uning Karib-Antil tizimini tashkil etsa organik dunyosi kelib chiqishi va rivojlanishi jihatdan janubiy Amerikaning shimoliy hududlariga o'xshashdir. Region asosan meksika qo'ltig'i Karib dengizi hamda Tinch okeanlari orasida joylashgan bo'lib materikning eng kambar janubiy hududlarini egallaydi. Atlantika okeani havzasidagi kelib chiqishiga ko'ra materik vulkanik va marjon orollari tabiiy sharoitiga ko'ra markaziy Amerika bo'yniga juda o'xshashdir. Bu region boshqa 46 regionlardan vulkanik jarayonlarning faolligi yer po'stining harakatchanligi bilan ajralib turadi. Iqlim yil davomida issiq va seryomg'irligi bilan harakterlanadi. Region asosan markaziy Amerika bo'yni va markaziy Amerika orollariga bo'linadi. Markaziy Amerika bo'yni asosan shimoliy Amerikaning eng janubdagi qimlari kirib o'lkaning keng joylari Yukton yarim orolida 860 km dan Panama bo'ynida 50 km gacha torayadi. O'lkaning katta qismi asosan tog'liklard an iborat bo'lib uchraydi. O'lka qirg'og'ining harakkatchan so'ngan va so'nmagan vulqonlar ko'plab uchraydi. O'lka qirg'og'ining sharqida balandligi 2000-3000 m keladigan kristalli va burmalangan cho'kindi jinslardan tashkil topgan tog' massivlari joylashgan. Tog'larning Tinch okeaniga qaraganda qismlarda ko'ploab so'ngan va no'nmagan vulkan konuslari qad ko'tarib turadi. Takana vulkoni balandligi 4064 m Taxmulko vulkonning balandligi esa 4217 m bo'lib markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi hisoblanadi. O'lkada harorat yuqori yog'in miqdori ko'p. Past tekisliklardan tog'larning 1000 m dan yuqori bo'lgan yonbag'rida harakat bir tekisda bo'ladi. O'rtacha harorat Q200 dan tushmaydi. Faqatgina tahimulka vulqonining yuqori qismlarida harakat manfiy bo'lib qorli mintaqalar uchraydi. O'lkaning Atlantika okeani qirg'oqlariga qaragan qismlaida yog'in 2000 mm dan oshadi tog' yon bag'irlarida 5000 mm gacha yetadi. Daryolar asosan qisqa va sersuv asosan Tinch okeaniga quyiladi karib havzasi va Meksika qo'ltig'iga quyiluvchi daryolar qisqa va sersuvligi bilan ajraladi. Tinch okean sohili qirg'oqchil bo'lganligidan baland bo'yli o'tlar va yakka-yakka o'suvchi palmalardan iborat savannalar keng tarqalgan ayniqsa qirolicha palmasi turlari ko'p. Hayvonot dunyosi boy o'lka janubiy Amerika o'rmon va savannalaridan yashovchi hayvonlarni uchratish mumkin. Markaziy Amerika orollari o'lkasiga Meksika qo'ltig'i va Karib dengizining Atlantika okeanidan ajratib turuvchi orollar kiritiladi ulardan asosiy va katta katta Antil orollari bo'lib uning tarkibiga Kuba Gaiti Yamayka Puerto-Riko va Pinos orollari kiradi. Ulardan himolda Bagama orollari joylashgan bo'lib ular asosan marjon orollari hisoblanadi. Undan sharqda shimoldan janubga tomon cho'zilgan vulkanik kichik Antil orollari joylashgan orollar yer yuzasining katta qismi tog'lar bilan banddir. Gaiti orolida g'arbdan sharqqa tomon 4 ta tizma cho'zilgan bo'lib unda eng baland nuqta 3176 m ga yetadi va o'lkaning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Kuba orolidagi Serra-Maestra tog'larining balandligi 2000 m ga yetadi. Orollar iqlimi issiq va nam tropik iqlidir. Yillik haroratdagi tofovut tog'larning qishda havo kirib kelish natijasida harorat Q100 Q 120 gacha pasayishi mumkin. YOg'inlar asosan yozgi passatlar faoliyati bilan bog'liqdir. Tog'larning sharqiy va janubiy sharqiy hududlarda yog'in miqdori 3000 mm ga yetsa ichki rayonlarda 1000 m dan kam yog'adi. Kuzda orollar ustidan siklonlarning o'tishi kuchli dovularning vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Organik dunyosi inson ta'sirida kuchli o'zgargan orollarda dunyoga mashhur ko'plab dam olish mintaqalari joylashgan. Savol: 1. Regiondagi organik dunyosining shakllanishi nimalardan iborat? 2. Markaziy Amerika orollarining o'ziga hos tomonlarini ajrating ? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling