O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

 
 


47 
MAVZU: JANUBIY AMERIKANING GEOGRAFIK O'RNI QIRG'OQ 
TUZILISHI VA TABIATI TARAQIYOTINING BOSQICHLARI
REJA: 
1. Janubiy Amerikaning geografik o'rni umumiy ta'rifi. 
2. Materikning qirg'oq tuzilishi va atrofdagi okean qismlari. 
3. Materik tabiat tarqqiyotidagi asosiy bosqichlari. 
 
Adabiyotlar : 
1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 
1983 y. 120-124 betlar. 
2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god.
3. P.P.Vtorov, N.N.Drozdov «Biogeografiya materikov» Moskva Izdatelstva 
«Prosvesheniye» 1974 god. 
4. O.Mo'minov «materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlar» 
Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. 
Janubiy Amerika. Geografik o'rni, qirg'oq tuzilishi va tabiati taraqqiyotining 
asosiy bosqichlari. 
 
Janubiy Amerikaning katta qismi janubiy yarim sharda ekvatorial va 
subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Materikning kam qismigina subtropik va 
o'rtacha kengliklarga kirib borgan. Janubiy Amerika 50 janubiy kenglikda eng keng 
materikning eng g'arbiy chekka nuqtasi parinyas burni 810 201 g'arbiy uzunlik
eng sharqiy chekka nuqtasi esa Kabu Branku 340 461 burnidir. Materikning 
kengligi 400 shimoliy kenglikdan janubda 600 km dan oshmaydi. 
Janubiy Amerika shimolda 120 251 sharqiy kenglikgacha Galinas burni
janubda esa 530 541 janubiy kenglikgacha Frouord burni davom etadi va olovli yer
arxipalagining chekka janubi olovi yer orolidagi Gorn burni bo'lib u 550 991
janubiy kenglikdadir. Shimoliy Amerika bilan bo'lgan geografik chegarasi qarib 
dengizdagi Daren qo'ltig'idan Tinch okeandagi Buenaventura qo'ltig'igacha davom 
etadi. Panama bo'yini shartli ravishda har ikki materik o'rtasidagi chegara deb 
qabul qilingan. Janubiy Amerikaning maydoni unga qarashli orollar bilan birga
17850 ming km2 bo'lsa shundan 150 ming km2 qismi orollarga to'g'ri keladi. 
Atlantika okenida ekvator yaqinida janubiy Amerika qirg'oqlari janubiy passat
oqimlariga yaqinlashib keldi. Bu oqim San-roka yaqinida 2 qismiga bo'linadi, 
ularning biri gveniya oqimi nomi bilan materik qirg'oqlari bo'ylab shimoliy g'arbga
Antil orollariga yo'naladi, ikkinchisi esa Braziliya oqimi nomi bilan janubi g'arbga
La-Plata daryosining quyar joyiga tomon ketadi. Materikning janubiy sharqiy
sohillaridan sovuq Folklend oqimi o'tadi.
Kontinental platforma Tinch okeanda janubiy Amerika qirg'oqlari yaqinida
juda kam bor ayrim joylarida umuman yo'q. Materik yaqinida eng chuqur joylari 
7000 m dan ortadigan chuqur
chukmalari bor. Materikning shimoliy g'arbiy sohili tahminan 50 janubiy 
kenglikgacha juda o'yilgan. Eng katta va qulay buxta Glahil buxtasidir. Janubroqda
to 30 
0
janubi kenglikgacha qirg'oq deyarli o'yilmagan baland va kema kirib kelishi 
uchun noqulay. Biroq Tinch okean sohillarining eng janubiy qismi bo'linib bo'linib 
ketgan sohil bo'ylab joylashgan ko'plab mayda va yirik orollar Chili hamda olovli


48 
yer arhipalaglarini hosil qiladi materik sohiliga o'yib kirgan qo'ltiqlar va ayrim
orollarni bir-biridan ajratib turuvchi bo'g'ozlar bugri va tordir. Janubiy Amerikaning
katta qismini tashkil etuvchi janubiy Amerika platformasi gondvananing boshqa 
qismlari bilan proterazoyning ohiri va kembriyning boshlarida qo'shilgan.
Parm davri ohirida tog' paydo bo'lish harakatlari butun And geosinklinaliga 
yoyilgan platforma esa ko'tarilma harakatlar markaziga aylangan. Buning natijasida
qalqonlardagina emas balki qatlam ko'l allyuvial jinslar to'plangan sinklizalarda
ham kontinental sharoit qaror topdi. Platformada bunday sharoit mezazoyning 
butun birinchi yarmi davomida saqlanib turadi. Atlantika okeani oblastida cho'kish
ro'y berib u janubiy Amerikaning Afrikadan ajralib chiqishiga sabab bo'lgan. Bu 
davr ohiriga kelib janubiy Amerikada hozirgiga o'hshagan iqlim sharoiti qaror 
topgan. Bu davr ohirida va paleogen davomida And zonasida burmalanish 
ko'tarilish hamda vulkanik harakatlar bo'ladi. 
Janubda Antarktika oblastida iqlimning sovub ketishi va Antarktika qoplama
muzliklarning paydo bo'lishi munosabati bilan bu yerga Antarktika florasi kirib 
kela boshladi. And tog'lari ko'tarilgan sari ularning o'ziga hos organik dunyosi
vujudga keldi, u uch flora elementidan tog' tabiati sharoitiga moslashgan neotropik
elementdan antarktika elementidan va And tog'larining o'zida tarkib topgan toqqa 
xos endemik turlaridan iborat. And tog'larining kuchli ko'tarilishi oqibatlaridan biri 
tog' muzlanishlaridir ular xozirgiga qaraganda ancha katta bo'lgan biroq chekka 
janubni hisobga olmaganda hech qayerda tog'lar doirasidan chetga chiqmagan
materikning janubi g'arbida cho'kish va muzliklar ish natijasida Chilinning fordli 
sohili vujudga kelgan. 
Savol : 
1. Materik qirg'oq tuzilishidagi o'ziga xoslikni ko'rsating? 
2. Qaysi davrdan boshlab materik qiyofasi shakillanib boshlangan? 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling