O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


MAVZU: MATERIK IQLIM MINTAQA VA OBLASTLARI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

MAVZU: MATERIK IQLIM MINTAQA VA OBLASTLARI 
REJA: 
1. Materikda harorat va yog'in taqsimoti haqida ma'lumot. 
2. Materik iqlim mintaqa va iqlim oblastlariga umumiy tavsif. 
 
Adabiyotlar :
1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiya» Toshkent 1983 y. 134-136 betlar. 
2. A.Qozoqov «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent 1992. 
3. O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlari» 
Toshkent 1977 yil.
4. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi atlasi. 
Iqlim mintaqa va oblastlari. 
Janubiy Amerikaning asosiy qismi ekvatorial suv ekvatorial va tropik iqlim
mintaqalarida joylashgan. U chekka janubda subtropik va mu'tadil iqlim
mintaqalariga ham kirib boradi. Biroq bu mintaqalarning kengligi va ular ichidagi
turli iqlim tiplarning nisbatlari orografiyasining o'ziga xos hususiyatlari bilan 
bog'liqdir. Janubiy Amerikada ekvatorial iqlim mintaqasi butun Amazonka past 
tekisligini gavina tog'ligi bilan orinoko past tekisligining unga tutash qismlarini
o'z ichiga oladi. Tinch okean sohilining ekvatordan shimoldagi qismi ekvatorial
mintaqa kiradi. Bu mintaqa yil bo'yi yog'inlarning ko'pligi va temperaturasining
birday yuqori (Q240 Q 280 ) ekanligi bilan harakterlanadi. Yillik yog'in miqdori 
turli qismida 1500 mm dan 2500 mm gacha bo'lib. Tinch okean sohillardagina
yog'in miqdori yiliga 5000-7000 mm ga yetadi. Bu rayonga yog'inlarni yil bo'yi
janubiy va janubiy-g'arbiy shamollar keltiradi,yog'inlarning ko'pligi orografik
sabablariga bog'liqdir. Amazonka past tekisligida yog'inlarning asosiy qismi 
ekvatorial havo massalaridagi konvektiv jarayonlar natijasida hosil bo'ladi.
Janubiy Amerikaning Orinoko past tekisligi qarib dengizi sohillari Gviana
tog'ligining katta qismi va Gviana past tekisligining o'z ichiga olgan butun


52 
shimoliy qismi subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Janubiy yarim sharning 
subekvatorial mintaqasiga Braziliya tog'ligining shimoli va Amazonka past 
tekisligining janubiy qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarimsharning 
subekvatorial mintaqalari sharqda o'zaro tutashadi. Tinch okean sohilining
ekvatordan to 4-50 j.k gacha bo'lgan qismi ham subekvatorial mintaqaga kiradi. 
Subekvatorial iqlimning o'ziga xos hususiyati ya'ni yog'inlarning mavsumiy
taqsimlanishi bu teritoriyaning barcha qismida yaqqol aks etgan. Janubiy 
yarimsharda Braziliya tog'ligi Amazonka daryosining quo'i oqimida ekvatorial
mussonlar bilan bog'liq yog'ingarchilik davri tahminan dekabr oyidan may 
oyigacha davom etadi bunda yog'in miqdori ekvatorga tomon orta boradi.
Shimolda yog'ingarchilik davri may oyidan dekabr oyigacha davom etadi. Qishda 
passat kirib kelganda yog'in yog'maydi. Braziliya tog'ligi sohilining iliq okeanidan
passatlar kirib kelib tog'larga uriladigan shimoliy qismidagina qishda ham
yomg'ir yog'ib turadi o'rtacha yillik harorat Q280 Q 300 gacha yetadi. Janubiy 
Amerika janubiy yarimshargina tropik iqlim mintaqasiga kirib boradi. Braziliya 
tog'larining sharqiy va janubiy sharqiy qismlari sernam passat iqlimi oblastda
joylashgan bo'lib bu yerda Atlantika okeanidan esuvchi tropik havo oqimlari yo'l 
bo'yi yog'in keltiradi. Nam havo tog'lar yon bag'ridan yuqoriga ko'tarilar ekan.
Shimolga ro'para qismida ko'plab yog'in beradi. Bu iqlim yog'inlar rejimi va namlik
miqdoriga ko'ra Amazonka past tekisligiga o'xshash biroq eng issiq oy bilan eng 
sovuq oy temperaturasi farqining ancha kattaligi bilan harakterlanadi. Tropik 
mintaqaning materik ichkarisidagi qismida iqlim qirg'oqlar bo'ylab yog'inlar 
maksimumi yozga to'g'ri keladi va qishqi quruq fasl yaqqol aks etgan. Tinch okean 
sohilining 50 j.k. bilan 300 orasidagi qismi qirg'oq cho'llari va chala cho'llar iqlimi 
oblastidir. Bu iqlim mintaqa Atakama cho'lida eng yaqqol aks etgan. Atakama cho'li 
Tinch okean maksimumining sharqiy chekkasi va temperatura inversiyasi
ta'siridadir temperatura ineversiyasi yuqori kengliklardan har doim nisbatan sovuq
havoninng kuchli Peru oqimining sovuq suvlarining oqib kelib turishi natijasida
xosil bo'ladi. Havo namligi 80 % ga yetgani holda yog'inlar juda kam.
Subtropik iqlim mintaqasi 300 400 janubiy kengliklar joylashgan bo'lib 
Braziliya tog'ining janubiy Pampaning sharqiy hududlari nam subtropik
hisoblanadi. Yozda yog'inlar shimoliy sharqiy musson tarzida kirsa qishda esa 
janubda siklon faoliyatidan vujudga keladi. Qish iliq bo'lib o'rtacha harorat 100 S. 
Ayrim hollarda janubdan sovuq havoning kirib kelishi haroratning 00 S dan pasayib 
ketishiga olib keladi. YOg'in miqdori 500 mm dan oshmaydi shuning uchun bu 
hududda quruq subtropik oblast vujudga keladi. 
Savol: 
1. 
Materikda qaysi iqlim mintaqalar shakllangan? 
2. 
Materikdagi mavjud iqlim mintaqalarda nima uchun iqlim oblastlari 
ajratilgan? 


53 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling