O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy region va olkalari. Sharq. Amazonka
MAVZU: JANUBIY AMERIKA TABIIY GEOGRAFIK REGION VA O'LKALARI. SHARQIY TABIIY GEOGRAFIK REGIONI REJA: 1. Materik tabiiy geografik region va o'lkalariga umumiy tavsif. 2. Sharq tabiiy geografik o'lkasining joylashgan o'rni. 3. O'lkalarning materik tabiatini rivojlanishidagi o'rni. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y 164-189 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 g. 3. O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. 4. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o'quv atlasi. Tabiiy region va o'lkalari. Sharq. Amazonka Shimoliy Amerikadagi kabi janubiy Amerikada ham tabiiy sharoitdagi eng katta farq sharqdan qadimgi platforma qism bilan materikning shimol va g'arbdagi yosh hamda murakkab tizimiga ega bo'lgan And tog'lari sistemasi o'rtasi mavjudligidir. Bu har bir qism ichida ularning kelib chiqish va tektonik tuzilishidagi tafoutlar sababli iqlim sharoitining kenglik bo'ylab o'zgarishi o'ziga hos nomoyon bo'ladi. Tog'li rayonlarda balandlik mintaqalari boshqacha tarkib topadi va organik dunyosining tarkibi hamda qiyofasi bir biridan farq qiladi. Ana shu tafavutlarga ko'ra materik 2 yirik qismga ajratiladi. Sharq sharq tabiiy geografik regioni asosiy platforma tuzilishiga ega bo'lib regionda tektonik hududi ancha ustunroq. Shimoliy subekvatorial va janubiy mo''tadil iqlim mintaqalari orollarini egallaydi bu regionda hududdiy tabiiy geografik farqlarining vujudga kelishida quyidagi omillar asosiy rol o'ynaydi. 1. Platforma tuzilishi Relyef hususiyati 2. Tabiat zonalligi. 3. Materikning qiyofasi yangi ekvator atroflarining kengligi janubga borgan sari torayib borishi. 4. Tinch okean tomonidan baland tizmalar bilan o'ralganligi Atlantika okeani tomonidan ancha hududning nisbatan ochiqligi. Amazoniya. Amazoniya o'lkasi tabiatining asosiy hususityai Relyef yassiligi uzoq vaqt kontinental rivojlangan hamda ekvatorga yaqinligi hisoblanadi. O'lka yer sharida issiq nam iqlimli tipik sernam tropik o'rmonlar o'sadigan va eng sersuv daryo tizimi rivojlangan o'lka hisoblanadi. O'lka chegarasi Braziliya va Gviana o'lkasi hamda Orinoko o'lkasi bilan bo'lgan chegara esa Guaveri daryo vodiysi orqali o'tadi. Yer yuzasida juda tekis va yassi bo'lib And etaklarida dengiz sathidan balandligi 100 metrdan oshmaydi. Bu hududda daryo meandra bo'lib oqadi. O'lkaning sharqiy qismi platforma asosi biroz ko'tarilgan bo'lib dengiz sathidan 58 200-250 m baland. Shuning uchun bu hududda daryo vodiylari tekislikni ancha o'yib turadi. O'lkaning o'rta va g'arbiy qismlari ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Harorat yuqori + 24 + 270 nisbiy namlik ko'p. O'lkada sernam tropik o'rmonlar tarkibi asosan daryolarga nisbatan joylashgan o'rniga qarab 1 necha guruxga ajratilgan. 1. Yiliga 1 necha marta suv bosadigan daryo vodiylaridagi o'rmonlar. «Igapo» 2. Qisqa muddati suv bosadigan daryo vodiylaridagi o'rmonlar. «Varziya» 3. Suv bosmaydigan o'rmonlar «Ete» Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling