O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MATERIK TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEF
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tektonik tuzilishi va Relyefi.
MAVZU: MATERIK TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEF
HUSUSIYATLARI REJA: 1. Materikning tektonik tuzilishi haqida ma'lumot. 2. Materikning Relyef shakllari va uning hususiyatlari. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y. 13-CAP ut betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» toshkent 1986 g. 3. A.Qozoqov, X.ma'sudov «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidan amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992 y. Tektonik tuzilishi va Relyefi. Shimoliy Amerika boshqa materiklardan strukturasining simetrikligi va struktura bilan Relyefning bir-biriga mos kelishi bilan ajralib turadi. Materikning markaziy qismini qadimgi platforma tashkil etadi bu platforma grelandiyaning va Kanada-Arktika arxipelagi orollarining bir qismini o'z ichiga oladi. Bu orolning qalqonlardan iborat tekislik qismlari asosan muzliklari ostida bo'lib dengiz sathidan ancha pastda joylashgan. Gudzon qo'ltig'i sohillari va Makkenzi havzasida qatlamchi akumliyativ tekisliklar tarqalgan bo'lib ular quyi poleozoy yotqiziqlari qatlamlaridan tuzilgan ustini muzlikdan keyingi transgressiya yotqiziqlari qoplagandir. Undan janubda markaziy tekisliklar joylashgan bo'lib strukturasiga ko'ra usti qalin poleozoy dengiz yotqiziqlari bilan qoplangandir. Platformaning cho'kindi jinslaridan tarkib topgan Kordilera tog'lari bilan chegaralari qismida buyuk tekisliklar ishg'ol etadi. Buyuk tekisliklarning balandligi 1200-1700 m ga yetadi. Platformada foydali qazilmalarning katta-katta zahiralari mavjud. mis kobalit nikel uran oltin temir neft konlari ko'mirning qo'ng'ir ko'miri yaxshi zahirasi kattadir. Platformaning burmalangan chekka qismlari Nyufaunlend Apalachi tog'lari va ularning janubiy g'arbiy davomi Uichiy-Maraton sistemasi sifatida davom etadi va ular sharqiy janubiy va janubiy sharqda Atlantika va Meksika bo'yi tekisliklarning mezakaynazoy cho'kindi jinslari qatlamlari tagida yotadi. Apalachi tog'lari materikning shimoliy sharqdadan janubiy g'arbga tomon cho'zilgandir. Tog'likning eng baland nuqtasi uning janubda 2037 m Mitchel cho'qqisi hisoblanadi. Materikning g'arbida Alyaskadan to Panama bo'ynigacha bo'lgan hududni Kordilera tog'lari egallab yotadi. Uzunligi 9000 m ga kengligi 800-1600 m ga yetadi Tog'likning eng yuqori nuqtasi Alyaskadagi 6193 m li Mak-Kinli cho'kindisidir. 36 Bu murakkab orografik sistemasidan iborat Kordilera tog'lari bir necha bo'ylama zona va sigmentlarga ajratiladi. Bu tog'larda tarkibida V.YE.Xamn ma'lumoti quyidagi zonalarni ajratish mumkin. A). Epiplatforma massivlari zonasi bunga Alyaskadagi Bruks tizmasi Makkenzi tog'lari AQSH ning janubiy sharqiy qoyali tog'lari markaziy Amerikaning shimoliy serralari : B). O'rta massivlari zonasi bunga Yukon massivi, Kolarado platosi meksika shimoliy mesasi: V). Bor poliogen burmalangan kordilera tog'larining va AQSH ning shimoldagi qoyali tog'lari janubiy qoyali tog'larning g'arbiy qismi katta havzaning sharqiy qismi hamda sharqiy Serra-Madre tog'lari kiradi. G). Yura-bor davrlarida Nevadiy bosqich burmalangan zona bunga Alyaska tizmasi katta hafzaning g'arbiy qismi va Serra-Nevada tog'lari ko'tarilmalaridan Koliforniyaning qirg'oq tizmalari kiritiladi. D). Bukilmalardan iborat g'arbiy Tinch okean bo'yi zonasi bunga Koliforniya qo'ltig'i va vodiysi Nevadiy burmalanishi bilan bog'liq bo'lgan yosh vulkanik tog'lari egallaydi. Bular Kaskad tog'lari Kolumbiya platosi janubiy Amerika va Nikaragua tog'laridir. Kordilera tog'larining asosiy morfostrukturasi tiplari palaxsa va burmali palaxsa tog' tizmalari vulkanik tog'lar denudasion lavali qalamli platolar yosh bukilma va rif zonalarning akkumliyativ tekisliklaridir. Bu tog'lar sistemasda hilma- hil foydali qazilma komplekslari mavjud. Rudalarning katta zahirasi Kanada va AQSH doirasidagi nevadiy graniy intruziyalari bilan bog'liqdir. Bular mis qo'rg'oshin ruh volfram rudalaridir. Bulardan tashqari molibden titan uran va ruda bo'lmagan foydali qazilmalar uchraydi. Savol : 1. Materikda qalqonlar asosan qaysi qismlarida mavjud? 2. Materikdagi asosiy Relyef tiplari nimalardan iborat? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling