O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: JANUBIY VA JANUBIY SHARQIY OSIYO TABIAT GEOGRAFIK
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
MAVZU: JANUBIY VA JANUBIY SHARQIY OSIYO TABIAT GEOGRAFIK
REGION REJA: 1. Tabiat geografik region haqida umumiy ma'lumot. 2. Ximolay tog'lari Hind-Gang past tekislikligi Hindiston yarim oroli. Shri- Lanka. 3. Hindiston yarim oroli Malayziya arxipalagi Filipin orollari. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1981 y 319-357 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. 3. O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlari» «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. Janubiy Osiyo T.G.R. Osiyoning janubiy materikning yarim orol va orollarga bo'linib ketgan tropikdan janubda joylashagan chekka qismi hisoblanadi. G'arbdan sharqqa tomon qirg'oqlarning parchalanib ketganligi ortish bilan birga geologik tuzilish va rel'fi ham murakkablashib boradi. Regionda tabiatni uyg'unlashtiruvchi oilalar muson sirkulyasiyasining humkronligi shuningdek organik dunyosining vujudga kelishi hamda materik qismida yog'inning yillik miqdori va namgarchilik davrining uzunligi regionda turlicha orollar qismida butun yil davomida harorat va namgsharchilik bir hil bo'ladigan ekvatorial iqlim hukumron bo'ladi. Himolay tog'lari dunyosining eng baland tog' tizmasi bo'lib baland Osiyo chegarasida ko'tarilgan va tibyot tog'ligining Hind-Gang tekisligidan ajratib turadi. Himolay tog'lari shimolda Hind va Braxmtura daryo vodiylari janubda Hind Gang past tekisligi shimoli g'arbda Hind daryosining va janubi sharqda Braxmatura daryosining ko'ndalang vodiylari bilan shimoli g'arbi Hindiqush tog'lari bilan janubi sharqda Sina tibet tog'lari bilan chegaradan tog' sistemasining umumiy uzunligi 2400 km kengligi 200-300 km o'nlab tog' tizmalari 7000 m ga yetadi 11 ta cho'qqisi 1000 m dan oshadi. Dunyodagi eng baland cho'qqi jamalunga (8866 m) ham shu tog'likda joylashgan Ximolay tog'lari Xitoy, hindiston Nepal va Pokiston hududlarida joylashgan. Antropogen bosqichida Ximolay tog'larining tog' oldi burmalanishi ro'y bergan va yemirilgan tekislangan tog'lar ko'tarilgan. Tog'larning tizimida arxiyo erasidan to'rtlamchi davrga o'tgan turli darvlarning kristal metamorfik cho'kindi va vulkan jinslari ishtirok etadi. Ximolay tog'larining geoglogik tuzilish hususiyati shundan iboratki kembreydan oldingi jinslar ko'pchilikni tashkil etadi. Ximolay tog'lari Osiyoning katta suvayirg'ich qismi hisoblanadi bu tog'lardan shimolda mo''tadil mintaqaning kontinental havosi undan janubda tropik havo 31 massalari hukmronlik qiladi. Ximolay tog'larda janubda musson sirkuliyasiyasi ro'y beradi ular shimolda keskin kontinental iqlim sharoiti tarkib topadi. Shu sababali tog'likning shimoliy yon bag'rida eng ko'p yog'in (2000-3000 mm) tushadi. Bu hududda harorat yuqori bo'ladi yanvarning o'rtacha harorati 2000 m balandlikda Q60 Q70 iyulniki Q180 Q190 ni tashkil etadi. 3000 m dan yuqori qismida 00 haroratni kuzatish mumkin. Tog'likda muzlik qoplanish mumkin. Tog'likda muzlik qoplami ko'p tog'larning janubiy yon bag'ridan ko'plab daryolar boshlanadi va tekisliklardan kesib o'tib bir necha vodiylarni hosil qiladi. Hind uning irmog'i Satlaj va Braxmatura shular jumlasidandir. Himolay tog'lari daryolari yomg'ir qor muzlik suvlaridan to'yinadi shu sababli eng ko'p suv yoz oylarida to'lib oqadi ko'llar miqdori ko'p. Organik dunyosi hilma-hil rivojlangan Xind-Gang past tekisligi Ximolay tog'lari etagida joylashgan bo'lib Osiyoning eng katta allyuvial tekisliklaridan biri hisoblanadi. Past tekislik dengiz sathidan biroz baland joylashgan o'lkani shimol va g'arb toomnidan Himolay hamda Beljustan tog'lari o'rab turadi janubda esa Hindiston yarim orolining yassi tog'liklarni ko'tarilgan past tekisliklari asosida Hindiston platformasida joylashgan. Gang- va Braxmaturaning quyi oqimidagi pat tekislik Bengaliya deb past tekislikni Braxmatura bo'ylab cho'zilgan qismi Shillang massivi bilan Assom deb ataladi. Gang daryosining yuqori oqimi bo'ylab Gang past tekisligi joylashgan. Hind past tekisligining yuqori qismi Genjna daryo havzasi Panjob deb Hind daryosining o'rta va quyi oqimlari ortidagi tekislik Sind deyiladi. Hind daryosi sharqida tar cho'li joylashgan o'lkaning tabiiy sharoiti va yog'in miqdorining keskin farq qilish harakterlidir. O'lkada ekvatorial dengiz havzasi bilan kontinental havo orlig'idagi frontning siklon faoliyati tufayli iyundan noyabrgacha juda ko'p yomg'ir yog'adi. Shillang massivining janubiy yonbag'irlarida cherapunjada 12000 mm yomg'ir yog'adi. O'lkada yog'inning 10 % dan ortig'i yozgi musson vaqtiga to'g'ri keladi. Yozda o'rtacha harorat Q200 Q290 ni tashkil etadi. Hindiston yarim oroli o'lkaning asosiy qismini kristal asosli jinslar tashkil etadi. Yer yuzasidagi jinslarning hilma-hilligi eng keyingi tektonik va errozion parchalanishni turli darajada ekanligi yarim orol yer yuzasi tuzilishida tofovutlar vujudga keladi. Yarim orolning ko'p qismi 400-1000 m balandlikda joylashgan bo'lib ayrim joylarni 2000 m gacha yog'ish mumkin. Narmada daryosi keng vodiysi yarim orolni ikki qismga markaziy Hindiston va Dekan yassi tog'ligiga ajratib turadi. Markaziy Hindistonda katxiyavar yarim oroldan shimoliy sharqqa aravali tizmasi cho'zilgan uning eng baland joyi 1700 m dan tashkil etadi. Bu tog'lar Hindiston yarim orolidagi eng keyin hosil bo'ladigan tog'lar hisoblanadi. Yarim orolining janubiy qismini dekan platosi egallagan u sharqqa ishlab bo'lib o'rtacha balandligi 100 m yetadi. Yarim oroldagi eng baland cho'qqisi Palni tog'laridagi 2698 m li Anaymuda cho'qqisi hisoblanadi yarim orol iqlimi Bengaliye iqlimiga nisbatan quruqroq lekin Hind daryosining quyi qismi ancha nam iqlimini yog'in miqdori yarim orolining g'arbida 2500 mm ga yetadi Gam tog' yonbag'irlarida 6000-7000 mm ga yetadi. Shri-Lanka maydoni 65,6 ming km2 ni tashkil etadi orol Hindistonda kengligi 60 km bo'lgan Polk bo'g'ozi orqali ajratilgan tuzilishiga ko'ra Hindistonning bir qismi hisoblanadi. U qadimgi kristal jinslardan tuzilgan. Orolning katta qismi subekvatorial iqlimi mintaqasida joylashgan janubiy g'arbiy qismi ekvatorial iqlim mintaqasiga kiritiladi. Bu hol dengiz sathidan katta balandlikka ham bir hil yuqori 32 harorati bo'lishiga olib keladi. Tekisliklarda o'rtacha harorat Q260 Q280 ni tashkil etadi orolning janubiy g'arbida yog'in miqdorida 3000-5000 mm ga yetadi. Orol uchun nam tropik o'rmonlar harakterlidir faunasi Hindiston hayvonot dunyosiga o'xshashdir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling