1. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi.
Germaniya masalasining urushdan keyin hal qilinishi.
Germaniya taqdiri masalasi Gitlerga qarshi koalitsiya davlatlari rahbarlari tomonidan urushdan keyin tartib o‘rnatish muhokamasida eng asosiy masalalardan biri edi. Bu muzokoralarning asosiy maqsadi urush sababchilarini haqqoniy jazolash va dunyo hamjamiyatini Germaniya tomonidan navbatdagi tajovuzdan xolos etish g‘oyalaridan iborat edi. 1941 yil dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan Sovet-Angliya muzokoralaridayoq ikkala tomon tomonidan reyx hududining bir qismini taqsimlash, ya’ni Avstriya mustaqilligini tiklash, Sharqiy Prussiyani Polshaga, Sudet viloyatini esa Chexoslovakiyaga qaytarib berish hamda Reyn viloyati va Bovariyada mustaqil davlatlar barpo etish masalasi muhokama qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |