Germaniya birlashishining xalqaro-huquqiy formulasi 2q4 birlashma (FRG, GDR va ikkinchi jahon urushlari goliblari- AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya, Fransiya)ning muzokoralari mavzusiga aylandi. Bu muzokoralar 1990 yil mayida boshlandi. Britaniya va Fransiya rahbarlarining shoshilmaslik pozitsiyasiga qaramasdan, bu muzokoralar ishtirokchilari nemis xalqining oz taqdirini ozi hal qilish huquqini tan olishdi. SSSR prezidenti Gorbachevning birlashgan Germaniya rahbariyatiga mamlakatning harbiy va iqtisodiy blokiga kirish masalasini oz ixtiyoriga berish va GDRdan sovet harbiylari guruhini chiqarish togrisidagi qarori muhim rol uynadi. Umuman, GDRni GFRga qoshib olish bilan Germaniyani birlashtirishga rozi ekanligini Gorbachev G.Kolga 1990 yilning 10 fevralidayoq aytgan edi. 12 sentabr 1990 yilda 2q4 ishtirokchilari tomonidan Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish togrisidagi shartnoma imzolandi. Bu xujjat imzolanishi bilan Germaniyaning urushdan keyingi huquqiy reabilitatsiyasi yakunlandi. Shartnomada Germaniyaning urushdan keyingi chegaralari daxlsizligi FRGning ommaviy qirgin quroliga ega bolishi, foydalanishi yoki ishlab chiqarishi mumkin emasligi qatiy belgilangan edi. Shartnomaga kora Germaniya oz qurolli kuchlarini kerakli darajada qisqartirishi va uning yeridan faqat tinchlik tarqalishi uchun talablarga qatiy rioya qilishi kerak edi. Sharqiy Germaniyada Sovet qoshinlarining 1994 yilgacha bolishi va ularni chiqarish tartibi ham tartibga solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |