O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti To‘ramurodov Jo‘rabekning


Download 0.79 Mb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#246161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
germaniya 1945 1991

Ikki nemis davlati integratsiyasi qoshilishning xalqaro jihatlari tartibga solinmasdan boshlangan edi. 1990 yilning may oyidayoq GDR va GFR hukumatlari tomonidan 1 iyulga kuchga kirgan ikki mamlakatning iqtisodiy, valyuta va ijtimoiy ittifoqi togrisidagi shartnoma imzolangan edi. 22 avgustda GDR Xalq palatasi GFRning saylov huquqi asosida (besh foizlik cheklanish ham hisobga olingan holda) umumgermaniya saylovlari otkazish togrisida qonun qabul qildi. GDRNi GFR asosiy qonuni 23-moddasiga kora, bu qonun amal qilish doirasiga qoshish togrisida qaror qabul qilindi. Bu esa GDRning davlatchiligi barham topishi va uning hududida Garbiy Germaniya qonunchiligi joriy etilganligini bildirardi. Bu voqea sanasi sifatida 1990 yil 3 oktabri belgilandi. 24 avgustda Bundestagga Xalq palatasining GDRni GFRga qoshish togrisidagi qarorini qollab-quvvatladi va umumgermaniya saylovlari 1990 yil 2 dekabrda belgilangan edi. Bu qarorlar 31 avgustda imzolangan va 1990 yil 3 oktabrda kuchga kirgan Germaniyaning birlashishi togrisidagi Shartnomada kiritilgan edi. 3 oktabrdan boshlab GDR dunyo xaritasidan yoqoldi. Oktabrning ortalarida Sharqiy Germaniyadagi mamuriy tizim Garbiy Germaniyadagi bilan birlashtirilgan edi: okruglarga bolish orniga oldingi beshta yerlarga bolish tiklandi. Yerlardagi landtaglarga (mahalliy parlament) saylovlar 14 oktabrda bolib otdi. Brandenburgda sotsial-demokratlar, qolgan tortta yer-xristian demokratlarning qoli baland keldi. 2 dekabrda butun Germaniya hududida Bundestag uchun saylovlar otkazildi. Bu saylovlar hukmron koalitsiyaning ishonchli galabasi bilan yakunlandi. XDI 36,7% ovoz va 268 mandat, XSI-7,1% ovoz va 51 mandat, EDP-11% ovoz va 79 mandatga ega bolishdi. 33,5% ovoz va 23 mandatga ega bolgan GSDP oz pozitsiyalarini ancha mustahkamlab oldi. DSPni atigi 2,4% saylovchilar qollab-quvvatlashdi, ammo parlament tarkibiga bir mandatni okruglarda galaba qozongan 17 ta deputati kirishga muvaffaq boldi. Shunday yol bilan atigi 12% ovozga ega bolgan yashillar ham 8 deputatdan iborat kichik fraksiyani saqlab qolishga muvaffaq bolishdi. Bundestagning 20 dekabr 1990 yildagi Tasis majlisida kansler G.Kol rahbarligida birinchi umumgermaniya hukumati tuzildi. GDRning oxirgi rahbari L. de Madyer bu jarayonda allaqachon yoq edi, chunki 17 dekabrda uni qoyilgan GDR MXV (Milliy Xavfsizlik Vazirligi) bilan hamkorlik haqidagi ayblov tufayli oz vakolatlarini topshirishiga majbur bolgan edi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling