O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti To‘ramurodov Jo‘rabekning
Kol davri: nemis neokonservatizmi (yangi konservatizmi) va Germaniyaning birlashishi
Download 0.79 Mb.
|
germaniya 1945 1991
3. Kol davri: nemis neokonservatizmi (yangi konservatizmi) va Germaniyaning birlashishi.G.Kol va nemis neokonservatizmi Hokimiyat tepasiga kelganida Gelmut Kolning obrosi yetarlicha yuqori emas edi. Uning qiyofasi (imiji) otgan on yilliklar davomida shakllangan Garbiy Germaniya siyosiy elitasi yetakchilari togrisidagi tasavvurlardan keskin farq qilar edi. Boyi 193 sm, ogirligi 100 kilogrammdan ancha oshiq bolgan ogir vaznli, kongilchan va mehribon korishuvchi, ammo vaqti-vaqti bilan qatiyatli va chortkesar boladigan Kol ataylab tushunarli, oddiy, oz xalqining barcha kamchilik va fazilatlarini ozida mujassamlashtirgan oddiy nemis obrazini yarata bordi. Ammo XDIda Kol siyosiy intrigalar, nozik boshqaruv oyinlari ustasi, kerakli odamlar bilan dostlasha oluvchi va sodiq tarafdorlarni qadrlaydigan odam sifatida malum edi. Kol 1930 yilda tugilgan bolib, urushni korgan, ammo aybdorlik va gam ruhiyatidan xoli bolgan avlodga mansub edi. Tarbiya va qarashlari boyicha katolik va konservator bolgan, XDI safiga talabalik davridayoq kelgan Kol uchun dunyoning qanday bolsa shundayligicha qabul qilish ozgarishlarga javob berish va ularga mos ravishda ozgarish qiyin emas edi. Gelmut Kol ruhiyati va asoslariga kora neokonservativ mafkuraga yaqin bolgan xristian-demokratiyaning yangi konsepsiyasini ishlab chiqayotgan siyosatchilarga rahbar edi. Uning eng yaqin hamkasblari partiya bosh kotibi Kurt Bedinkorf, uning orinbosari Xayner Goysler, hamda ijtimoiy qomitalar rahbari Narbert Blyumlar bolishdi. Germaniyaning neokonservatorlar, amerikalik va ingliz hamkasblari kabi GMK (?) davriga xos bolgan etatizm (davlatni ijtimoiy taraqqiyotning asosiy maqsadi va eng yuksak yutugi deb hisoblovchi siyosiy oqim), faravonlik davlati goyasi, ijtimoiy IJDIVENCHESTVO va masuliyatsizlik psixologiyasi, ijtimoiy qurilishning ideal modelini izlovchilarga xos bolgan projektchilikni (amalda erishib bolmaydigan loyihalar bilan qiziqish) tanqid qilar edilar. Ular jamiyatning ananaviy asoslarini tiklash, manaviy soglomlashish, ijtimoiy tuzilmaning asosiy elementlari - oila, cherkov, mulk, davlatni kuchaytirishga davat qilishar edi. Shu bilan bir vaqtda neokonservativ inqilob haqida kozlashishdan ozinib tiyar, oz dasturini urushdan keyingi demokratik-xristian ananalariga qarama-qarshi qoyishni zarur deb hisoblamas edi. Agar 1978 yildagi XDIning tamoyillar dasturi xristian demokratlar yangi avlodining yangilanish davolarini aks ettirgan bolsa, keyinchalik Kol davlat boshqaruvini siyosiylashtirishdan, agressiv fraksiyalararo va partiyalararo qarama-qarshilikdan voz kechib, pragmatik vazifalar va katta tasirga ega ijtimoiy kuchlarga tayanishga etibor berishga harakat qildi.Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling