O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti To‘ramurodov Jo‘rabekning
Download 0.79 Mb.
|
germaniya 1945 1991
AQSH ma’muriyatida Germaniyani parchalash g‘oyasi ham tarafdorlarga ham qarshilarga ega edi. 1949 yilning oktabrida Moskva konferensiyasida AQSH “Germaniya taslim bo‘lishining asosiy tamoyillari” nomli hujjatni taqdim etdi. Unda gap “reyxga Prussiya ta’sirini susaytirish” maqsadida Germaniyada markazlashishga barham berish haqida borardi1943 yilning noyabrida Tehron konferensiyasida AQSH va Angliya delegatsiyasi Germaniya masalasini shafqatsizroq usulda hal qilinishini yoqlashdi. Germaniyani beshta muxtor davlatlarga bo‘lish yoki Janubiy Germaniya yerlarini (Yer Germaniyada ma’muriy-hududiy bo‘linish birligi-U.M.) Avstriya va Vengriya bilan birgalikda Dunay federatsiyasiga qo‘shish taklif qilingan edi. Bu masalada Stalinning fikri boshqacha edi. U Germaniyani parchalash nemis millatchiligi va revanshizmi (qasoskorligi)ning yana jo‘sh urishiga olib keladi, ammo koalitsiyaning hamkorligi Germaniyada militarizmi va natsizmni yo‘q qilish yordam beradi deb hisoblar edi.
Germaniya masalasi 1945 yil 17 iyulidan 2 avgustigacha Potsdamda bo‘lib o‘tgan konferensiyada uzil-kesil hal etildi. Konferensiya Germaniya mag‘lubiyati to‘g‘risidagi Dekloratsiya va Yaltada ishlab chiqilgan Germaniya nisbatan siyosat tamoyillari ko‘rsatilgan kommyunike-ni tasdiqladi. Germaniya, jumladan, Berlin hududi 4 ta okkupatsiya mintaqalariga ajratildi. Bunda sovet okkupatsiya zonasi Germaniya hududining 40%-ini, aholisining 30%-i, ishlab chiqarish salohiyatining 33%ini o‘z ichiga olardi. Tartibga solish uchun beshta davlat (SSSR, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy) tashqi ishlar vazirlari Kengashi, Bosh qo‘mondonlar nazorat Kengashi hamda Berlinda qo‘shma komendaturalar tashkil qilindi. Germaniyaning iqtisodiy birligini va nemis xalqining yagona demokratik davlat tuzish huquqini saqlab qolish tamoyili qat’iy belgilandi. Ammo shu narsaga e’tibor berish kerakki, Potsdam kelishuvi matniga “G‘arbiy mintaqalar” degan tushuncha allaqachon kiritilgan edi. GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida. GFRda konstitutsiyaviy tuzumning samarali amal qilishiga mamlakatdagi siyosiy barqarorlik yordam berdi. 1949 yilning 14 avgustida bolib otgan Bundestagning birinchi saylovlari uchta yetakchi siyosiy yonalishlarning afzalligini yaqqol korsatdi. XDI 25,2% (115 mandat) ovozga ega bolib XII bilan birga (5,8% ovoz, 24 mandat) kopchilikni tashkil etdi. Muxolifotdagi GSDPni saylovchilarning 29,2%i (131 mandat) qollab-quvvatlashdi. EDP (11,2% ovoz, 52 mandat) hukumat koalitsiyasiga kirganiga qaramasdan, uchinchi kuchga ylandi. 12 sentabrda mamlakat prezidenti EDP rahbari T.Xeyye boldi, 15 sentabrda esa K.Adenauer federal kansler lavozimini egalladi. shakllangan ikki yarimlik partiya modeli keyinchalik ham saqlanib qoldi. 1952 yildagi saylov tizimi islohoti katta rol uynadi. Unga kora partiyalarning oz deputatlarini parlamentga otkazishlarida 5% lik cheklanish joriy qilingan edi. Sotsial-liberal davr. Villi Brandt Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling