O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Download 1.92 Mb.
bet6/270
Sana19.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1624169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ МАЖМУА 2020

O’quv dasturi. O’quv dasturi har bir fan bo’yicha alohida-alohida tegishli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, o’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi ta’lim Markazi tomonidan tasdiqlanadi. O’quv dasturlarini ishlab chiqishga ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va vazirlikning yetakchi xodimlari, umumta’lim maktablari yetakchi o’qituvchilari jalb qilinadi. O’quv dasturlari davlat hujjatlari bo’lib, bularni bajarish har bir maktab, mehnat ta’limi o’qituvchi uchun majburiydir.
Mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’yicha o’quv dasturi har bir sinfda yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish obektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma’lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bo’limlarga ajratib o’rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo’limni o’rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko’rsatilgan bo’ladi.
Mehnat ta’limining yo’nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. har bir maktabda mehnat ta’limining quyidagi yo’nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:

  • Texnologiya va dizayn

  • Servis xizmati

  • Qishloq xo’jalik asoslari

Ushbu ta’lim yo’nalishlari mazmunan xalqhunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’naltirish bilan uyg’unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta’limiyo’nalishlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ketma – ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo’nalish bo’yicha ishlatiladigan elektr, ilg’or texnika va texnologiyalar asoslari o’rgatiladi.


Mehnat ta’limi fanining maqsadi o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga o’tishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling