O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Download 1.92 Mb.
bet4/270
Sana19.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1624169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ МАЖМУА 2020

Tayanch iboralar: O’quv reja, umumiy o’rta ta’lim, amaliy fanlar, blok modul,kompetensiyalar
Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo’lib, u ta’lim sohalarini me’yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining miqdorini ifodalaydi.
U har bir sinfda muayyan o’quv predmeti bo’yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi. o’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasi

T\r



o’quv fanlari

Sinflar





haftalik umumiy soat

Jami yillik soat
lar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11







Davlat ixtiyoridagi soatlar

20

22

24

24

30

32

33

34

35

33

33

320

10860

1.

Ona tili va adabiyot

8

8

10

10

9

7

5

5

5

4

4

75

2542

2.

o’zbek tili/rus tili




2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

20

680

3.

Xorijiy til













3

3

3

3

3

2

2

19

646

4.

Tarix













2

2

3

3

3

3

3

19

646

5.

Davlat va huquq
asoslari






















1

1

1

1

4

136

6.

Inson va jamiyat































1

1

34

7.

Iqtisodiy bilim
asoslari






















1

1

1

1

4

136

8.

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

4

4

53

1797

9.

Informatika






















1

2

2

2

7

238

10.

Fizika, astronomiya
















2

2

2

2

4

4

16

544

11.

Kimyo



















2

2

2

2

2

10

340

12.

Biologiya













1

2

2

2

2

1

2

12

408

13.

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

2




15

509

14.

Odobnoma

1

1

1

1






















4

135

15.

Vatan tuyg’usi













1

1
















2

68

16.

Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari



















1

1

1







3

102

17.

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1













7

237

18.

Tasviriy san’at

1

1

1

1

1

1

1













7

237

19.

Chizmachilik






















1

1







2

68

20.

Mehnat

1

1

1

1

2

2

2

1

1

1

1

14

475

21.

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

22

746

22.

Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash




























2

2

4

136




Maktab ixtiyoridagi soatlar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

6

6

30

1018




Umumiy soatlar

22

24

26

26

32

34

35

36

37

39

39

350

11878




Amaliy mehnat mashg’uloti (kun hisobida)













6

6

10

16




20










Har bir davlatda ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor va berilayotgan ta’limning sifati, shu davlatning taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni jariy qilish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Shu o’rinda umumta’lim maktablarida o’qitiladigan mehnat ta’limi fanining bugungi xolati, undagi mavjud muammolarni taxlil qilish va ularni yechimini topish orqali nufuzini ko’tarishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish talab etiladi. Buning uchun mehnat tarbiyasining vujudga kelishi va qadimda farzandlarga mehnat qilishga o’rgatish qay tarzda olib borilganligi mehnat ta’limi fanining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganib chiqish orqali uning nufuzini tushushiga ta’sir etgan omillarni o’rganib chiqildi.
o’rta Osiyoda yoshlarga mehnat ta’limi berishning yo’lga qo’yilishi Sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalar uzoq o’tmishga borib taqaladi. o’rta Osiyodan o’tgan qadimiy buyuk ipak yo’li Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog’lanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga bo’lgan qiziqishga alohida e’tibor berishni taqozo etgan.Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o’zlarining juda oddiy mehnat faoliyati jarayonida ko’pgina yextiyojlarini qondirganlar. O’g’il bolalar erkaklar bilan yurib ov qilish, qurol yasash ishlarini bajarganlar. Qizlar esa uyda qolib, onalariga qarashib, uy mehnatining barcha turlarini o’rganganlar. Bu davrda mehnat tarbiyasi faqat oila doirasida olinar edi. Ota-onalar bolalariga mehnat qilish asosida axloq va odobdan saboq bera boshlaganlar. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun ko’proq sharq mutafakkirlarining duru-javhariga teng ma’naviy meroslari misol bo’la oladi. Abu Nasr Farobiy, Axmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshbandiy, Imom al-Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlariga tayanganlar. Qadimda hunar o’rganish muqaddas sanalgan. Har bir kishi kelajak avlodlariga o’zidan qoldirgan takrorlash hunarlarini o’rgatib kelgusida kasbiy faoliyatlarini belgilab berilgan. Mehnat tarbiyasi shu davrning siyosiy tuzilishiga mos bo’lgan.
Mehnat ta’limi fanining fan sifatida umumiy o’rta ta’limi maktablariga kirib kelishi sovet ittifoqi yillariga to’g’ri keladi. Bu davrlarda mehnat ta’limi faninini ishlab chiqarish mehnati bilan uyg’unlashtirildi. Bir guruh o’qituvchilar va metodistlar maktabda o’qitiladigan fanlarni hayot bilan bog’lash uchun maktabda mehnat ta’limi fanini mustaqil fan sifatida kiritilishi zarurligi taklifini beradilar. Ikkinchi guruh pedagoglar birinchi guruh fikrlarini inkor qilib maktablarda o’qitiladigan boshqa fanlarni o’qitishda ham mehnatga o’rgatish mumkunligini ma’qulladilar. 1920 yildan boshlab maktab o’quv rejasida fan sifatida emas balki kompleks tizimi, keyinchalik loyiha tizimi asosida o’qitila boshlandi. 1932 yilda boshlang’ich va o’rta maktablarning o’quv dasturlari va rejimi to’g’risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini predmetli o’qitish ishlab chiqiladi. O’quv rejasiga boshqa o’quv fanlari bilan bir qatorda mehnat ta’limi ham mustaqil predmet bo’lib kirdi. Bu davrda mehnat ta’limi o’qituvchisi mutaxassislari ta’minlanmaganligi, moddiy baza yaratilmaganligi sababli 1937 yilda maktablarda mustaqil o’quv fan sifatidagi mehnat ta’limi tugatildi. 1952 yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori qaratildi va maktabda politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasini rivojlantirishni zarurligi ko’rsatildi. 1954 yilda mehnat ta’limini o’rta maktab o’quv rejasiga o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Shu yillardan boshlab mehnat ta’limi fanida o’quvchilarni kasbiy tayyorlash va 200 turdagi kasblarga tayyorlandi. Ma’lumki bu davrda ishlab chiqarish sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. 1984 yilda mehnat ta’limiga ajratilgan umumiy soat ikki barobariga oshdi, o’quvchilarni unumli mehnatga o’rgatish va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish mehnatiga o’rgatildi. Bunda 8-9 sinflarda profilli o’qitish boshlandi va “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’llash” kiritildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi qonun” xujjatlari asosida mehnat ta’limi fan dasturi mazmuni ham barcha umumta’lim fanlari kabi milliylashtirildi. Dastur mazmuniga o’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, o’zbek milliy taomlarini tayyorlash texnologiyasi, milliy kiyimlar va buyumlar tayyorlash texnologiyasi mavzulari kiritildi. o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnat ta’limi fanining davlat ta’limi standartiga asosan 5 ta yo’nalishlar bo’yicha milliy dastur asosida ta’lim va tarbiya ishlari olib borildi. (2)
Yuqoridagi DTS asosan umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iboratdir.
Mazkur DTSga ko’ra o’quvchilar 5-9 sinflardagi mehnat ta’limi fani mavjud beshta: “Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi”, “Metalga ishlov berish texnologiyasi”, “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi”, “Pazandachilik asoslari”, “Qishloq xo’jalik asoslari” yo’nalishlaridan faqat bittasi bo’yicha tahsil olishi belgilab berilgan. Bu o’quvchilarni xalq xo’jaligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi tuzilmasi va talablariga muvofiq tayyorlash bilan bog’liq imkoniyatlari hamda bolaning qiziqishlarini cheklab qo’ydi. Bu esa ta’lim mazmunini integratsiyalash prinsipini to’laqonli amalga oshirishga to’sqinlik qildi.
Mehnat ta’limi fani tarkibida faqatgina 8-9 sinflarda kasb tanlashga yo’llash bo’limiga 17 soatdan vaqt ajratilib, qisman o’rganilishi o’quvchilarda quyi sinflardan kasb-hunarlar to’g’risidagi tushunchalarni tizimli shakllantirish imkonini bermadi. Mehnat ta’limi fani bo’yicha 5-7 sinflarda o’zlashtirilgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan tashkil qilinadigan “Ishlab chiqarish asoslari” va “Kasb tanlashga yo’llash asoslari” bo’limlari tarkibida mazmunan nazariy mashg’ulotlar jarayonida o’z rivojini topmadi, fanning uzviyligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. 8-9-sinf Mehnat ta’limi darslarida “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limiga oid o’quv topshiriqlari mazmunida asosan buyum tayyorlashga urg’u berilgan bo’lib, u o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti talablari darajasidagi sifat va dizaynga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga tayyorlash bilan bog’liq talablarga yetarlicha javob bera olmaydi.
2010 yilda davlat ta’lim standarti hamda o’quv dasturlari mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’zaro integratsiyalashtirilib, 5 ta yo’nalish 3 taga keltirildi, ya’ni: “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va “Pazandachilik asoslari” yo’nalishlari mazmunan umumlashtirilib, yagona “Servis xizmati”; “Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metallga ishlov berish texnologiyasi” yo’nalishlari umumlashtirilib yagona “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mazmuni ishlab chiqildi. “Qishloq xo’jalik asoslari” yo’nalishi zamonaviy talablar darajasida modernizatsiya qilinib, uning mazmuni hamda ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’llashga oid bilimlar bilan to’ldirildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan va 8-9-sinflarda 1 soatdan vaqt yuklamasi ajratilgan. Hammasi bo’lib bir yilga 407 soat o’quv yuklamasi ajratilgan. 8-9 sinflarda “Halq xunarmandchiligi”, “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limlarida o’quvchilarga xalq hunarmandchiligini zamonaviy dizayn ko’rinishida mahsulot tayyorlash va ularni bozor munasabatlariga o’rgatish kiritildi.
Mehnat ta’limi faning tarixiy taraqqiyotini taxlil qilinganda turli siyosiy davrlarda fanning mazmuni o’zgarib bormoqda. Hozirgi kunda jahondagi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o’rganilganda mehnat ta’limiga katta e’tibor qaratilganligi va o’quvchilarga maktab yoshidan mustaqil ijodiy ishlarni bajarishga o’rgatilayotganligini ko’rish mumkin. Shu kungacha mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar oddiy mehnat usullari o’rgatib kelinganligi va oddiy qo’l asboblaridan foydalanib mahsulot tayyorlanishi sababli fanning nomi ham “mehnat ta’limi” deb yuritilishi mos bo’lgan. Hozirgi kunda har qanday mahsulot tayyorlashda zamonaviy jixozlardan foydalanish bilan birga ma’lum bir ketma ketlikdagi texnologik jarayonlardan o’tadi. Shuning uchun mehnat ta’limi fanini hozirgi zamon talabiga yetkazish, nufuzini ko’tarish uchun avvolo fanning nomini o’zgartirish, qolaversa mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish orqali erishiladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling