O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti
Mehnat ta’limi fanining vazifalari
Download 1.92 Mb.
|
ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ МАЖМУА 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limiy vazifa
- Tarbiyaviy vazifa
- Ijodiy vazifa
Mehnat ta’limi fanining vazifalari:
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o’qitishning maqsadi – o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o’rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo’ladi: Ta’limiy vazifa – o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o’rgatish va kasb tanlash bilan uygg’unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, xududiy ishlab chiqarishning asoslarini o’rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg’or vakillari faoliyati bilan tanishtirish. Tarbiyaviy vazifa – o’quvchilarning umummehnat ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida ma’naviy ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, yekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish. Rivojlantiruvchi vazifa – o’quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta’limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo’lib etishishlariga yordam berish. Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida kasb hunar asoslariga oid bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun o’quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi. Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish, turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taa’luqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to’g’risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena qoidalari asoslarini; o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari etishtirish va etishtirilgan masulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o’rgatish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib borish; o’quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o’rgatish, ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash; yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika, jihozlarning qo’llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda jahon tajribalariga mos holda o’rganishlarini ta’minlash; turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o’rgatish; o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish. Mehnat ta’limi o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy xarakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. 5-7-sinflarda ko’zda tutilgan mehnat ta’limi yo’nalishlari o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’och, metall va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, qishloq xo’jalik asoslari, badiiy mehnat va hunarmandchilik texnologiyasi, mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradi, oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyg’otishga xizmat qiladi. 8-9 sinflarda kasb tanlashga yo’naltirish hamda ishlab chiqarish asoslari kurslari ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi. Keltirilgan 3ta yo’nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bilimlar bo’yicha o’zaro uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling