O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tkti yangiyer filiali
Стенд технологиясини ташкил қилиш асослари
Download 213.01 Kb.
|
-Fy-MrvILRwn8mt2mgwyMoHYCwvRmigO
3.Стенд технологиясини ташкил қилиш асослари
Стенд технологияси катта ҳажмдаги катта ўлчовли-ферма, икки томонлама нишабли балка ва катта оралиқли конструкцияларни, узунлиги 12м дан ортиқ бўлган колонналарни тайѐрлашда жуда қулайдир. Стендларда зўриқтириладиган маҳсулотлар тайѐрланади. Айниқса бу усул, олдиндан зўриқтириладиган буюмлар учун самаралидир, қайсики поток- агрегат ѐки конвейер тизимида тайѐрланиши мақсадга мувофиқ эмас. Стенд усули асбоб-ускуналарга мураккаб бўлмаган оддий ўзгартиришлар киритилиши билан кенг номенклатурали маҳсулотлар ишлаб чиқариш имконини беради. 3.5-расмда стенд технологиясининг схемаси келтирилган. Маҳсулот ишлаб чиқаришда стендларнинг икки тури қўлланилади: узун ва калта. Узун стендлар (пакетли ва тортувчи) бир неча маҳсулот стенд узунлиги бўйича бир вақтда ишлаб чиқилганда қўлланилади. Арматура пакетининг турли усуллар билан тайѐрланиши пакетли стендлар асбоб-ускунаси хусусиятлари, ишлаб чиқаришнинг механизациялаш даражасини аниқлайди. Пакетли стендда шпаллар, свайлар таянчлар, тирговичлар, балкалар ва бошқа кичкина кўндаланг кесимли ва арматуралар қулай жойлашган маҳсулотларини ишлаб чиқариш самаралидир. Қисувчи ва ушлаб қолиш мосламалари ихчам ўлчовли ва нисбатан енгил, ундан фойдаланиш қулай. Кўндаланг кесими катта бўлган эни ѐки баландлиги маҳсулотлар (балка, тўсин (ҳари), плиталар) катта стерженли арматурани якка ѐки гуруҳли зўриқишга талаб бўлса, тортувчи стендда бажариш самаралидир. Stend texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, mahsulotni qoliplash va ularni qotirish qo‘zg‘atilmagan xolatda maxsus o‘rnatilgan stendda bajariladi. Quyuvchi va boshqa texnologik asboblar, shuningdek uni ishchi qismlari bir qolipdan ikkinchi qolipga stendda suriladi. Bu usul katta maydonni talab qilishi bilan birga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni murakkablashishi bilan katta mehnat talab qiladi. Stend texnologiyasi katta hajmdagi katta o‘lchovli-ferma, ikki tomonlama nishabli balka va katta oraliqli konstruktsiyalarni, uzunligi 12m dan ortiq bo‘lgan kolonnalarni tayyorlashda juda qulaydir. Stendlarda zo‘riqtiriladigan mahsulotlar tayyorlanadi. Ayniqsa bu usul, oldindan zo‘riqtiriladigan buyumlar uchun samaralidir, qaysiki potok- agregat yoki konveyer tizimida tayyorlanishi maqsadga muvofiq emas. Stend usuli asbobuskunalarga murakkab bo‘lmagan oddiy o‘zgartirishlar kiritilishi bilan keng nomenklaturali mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulot ishlab chiqarishda stendlarning ikki turi qo‘llaniladi: uzun va kalta. Uzun stendlar (paketli va tortuvchi) bir necha mahsulot stend uzunligi bo‘yicha bir vaqtda ishlab chiqilganda qo‘llaniladi. Armatura paketining turli usullar bilan tayyorlanishi paketli stendlar asbobuskunasi xususiyatlari, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash darajasini aniqlaydi. Paketli stendda shpallar, svaylar tayanchlar, tirgovichlar, balkalar va boshqa kichkina ko‘ndalang kesimli va armaturalar qulay joylashgan mahsulotlarini ishlab chiqarish samaralidir. Qisuvchi va ushlab qolish moslamalari ixcham o‘lchovli va nisbatan yengil, undan foydalanish qulay. Ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan eni yoki balandligi mahsulotlar (balka, to‘sin (hari), plitalar) katta sterjenli armaturani yakka yoki guruhli zo‘riqishga talab bo‘lsa, tortuvchi stendda bajarish samaralidir. Kalta stendlarda uzunligi bo‘yicha bitta, kengligi bo‘yicha bitta yoki ikkita mahsulot ko‘pincha gorizontal holatda (ferma, ikki nishabli to‘sin) tayyorlanadi. Kalta stendlarda armatura elektr bilan qizdirish yoki gidro domkrat bilan cho‘ziladi. Uzun stendlar 70 dan 120m gacha uzunlikda bo‘lib, ularda umumiy oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarda yuklash darajasi chegaralangan va turg‘un nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kasseta usuli bilan temir-beton konstruktsiyalarini turli maqsadda tayyorlanishi keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu usulning asl mohiyati, mahsulotni qoliplash vertikal holatda statsionar guruhli bo‘laklarga ajratiladigan metall qolip-kassetalarda, qaysiki mahsulot zarur pishiqlikka ega bo‘lgunga qadar ro‘y beradi. Mahsulot ishlab chiqaradigan ishchilar bir kasseta moslamasida mahsulotni qoliplagandan so‘ng boshqasiga adilar, qoliplar soni mosligi uzluksiz ishlab chiqarish potokini yuzaga keltiradi. Download 213.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling