O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti elektron tijorat yo’nalishi bet-60 guruh talabasi
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
ALLAYOROVAI.N KURS ISHI
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur.Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar 33
oʻtkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda”- deb ta’kidladilar prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tish maqsadga muvofiq: tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichmabosqich ta’minlash; kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish,
shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish; raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada “Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy
faoliyatni qo‘llab-quvvatlash; 36
aholining keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi, faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish; raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o‘zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib
borish;
raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo‘yicha zamonaviy ilmiyishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil
etish. Xalqaro
tajriba shundan
dalolat bermoqdaki, bugungi kunda
raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va ITkompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim. Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash sohasida
34
raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishi hamda
texno
texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ta’kidlandiki, bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning qonuniyatlari, tendensiyalari va imkoniyatlari, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalarini iqtisodiyotning turli sohalariga kirib borish darajalarini ilmiy asosda o‘rganish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz taraqqiyoti va istiqboli, mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati milliy
iqtisodiyotimizga yangi
innovatsiyalarni joriy etishga bevosita bog‘liqdir. Shu sababli raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarini ilmiyamaliy jihatdan tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Milliy iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish masalasi O‘zbekistonda davlat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida yaratilgan normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi O‘RQ-385-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020-yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. 3. O’zbekiston raspublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 4. 2016 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi. 5. E. Santarelli. Elektron tijoratning mohiyati: tranzaktsion xarajatlar muhimmi? Rossiya Boshqaruv jurnali № 3, 2004. - 36-bet. 6. Elektron tijorat: darslik. nafaqa / general ostida. tahrirlangan L.A. Bragin. - M.: Iqtisodchi, 2005 .-- S. 29. 7. . Kobelev O.A. Elektron tijorat: darslik / nashr. prof. S.V. Pirogov. – 2-nashr, qayta ko'rib chiqilgan. va qo'shing. - M .: "Dashkov va Ko" nashriyot-savdo korporatsiyasi, 2006. - S. 14. 8. Yurasov A.V. Elektron tijorat asoslari, Hotline-Telecom, Moskva, 2007 yil 9. The Complete E-Commerce Book: Design, Build & Maintain a Successful Web-Based Business. 10. Elektron tijorat: darslik. nafaqa / general ostida. tahrirlangan L.A. Bragin. - M.: Iqtisodchi, 2005 .-- S. 29. 11. E-COMMERCE ADVANTAGES AND DISADVENTAGES http://www.yourarticlelibrary.com/essay/e-commerce/essay-on-e-commerce- meaning-advantages-and-disadvantages/64218
12. ELEKTRON TIJORATNI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA TADBITLARI http://uza.uz/uz/documents/elektron-tijoratni-jadal- rivojlantirish-chora-tadbirlari-to--14-05-2018
13. https://www.docracy.com/0r1fbzhh5h9/e-commerce-terms-and-conditions
36
14. https://www.google.com/search?q=information+of+e- commerce&oq=information+of+e- commer&aqs=chrome.1.69i57j0l7.21823j0j8&sourceid=chrome&ie=UTF-8
15. https://www.shopify.com/encyclopedia/what-is-ecommerce
16. http://torg.uz
17. http://ziyonet.uz
18. http://uforum.uz
19. http://cert.u
20. http://tsue.uz/?m=20200225
21. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/4373.htm
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling