O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt kimyо-tеxnologiyаsi instituti


-tajriba. Oqsillarga xos ksantoprotein reaksiyasi


Download 1.6 Mb.
bet28/37
Sana22.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1041646
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Органика лаб.

24-tajriba. Oqsillarga xos ksantoprotein reaksiyasi
Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar aralash funksiyali birikmalar, oqsillar tuzilish, nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida oqsillarga xos sifat reaksiyalarini tajriba orqali ko‘radilar va amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshiradilar.
Kerakli reaktivlar: oqsil eritmasi, kons. nitrat kislota, kons. ammoniy gidroksid yoki 30 % li ishqor eritmasi.
Jihozlar: probirkalar, spirt lampasi, pipetka.
Ishni bajarish tartibi: probirkaga 1 ml oqsil eritmasidan solib, unga oq cho‘kma yoki loyqa hosil bo‘lgancha 5-6 tomchi kons. nitrat kislota qo‘shing. Aralashmani ehtiyotlik bilan qizdiring, natijada eritma va cho‘kma och-sariq ranga bo‘yaladi. Bunda chayqatmasdan turib, ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha mo‘l kons. ammoniy gidroksid yoki o‘yuvchi ishqordan tomchilatib qo‘shing. Dastlab hosil bo‘lgan kislotali albuminat eriydi hamda suyuqlik to‘q sariq rangli bo‘lib qoladi. Sariq rangning to‘q-sariq ranga aylanishi bu oqsillar tarkibidagi aromatik aminokislotalar, nitrobirikmalarining ishqoriy tuzlari strukturasining o‘zgarishidandir. Jelatina tarkibida aromatik aminokislotalar bo‘lmagani sababli u bunday reaksiyaga kirishmaydi.


25-tajriba. Oqsillarning biuret reaksiyasi


Kerakli reaktivlar: oqsil eritmasi, 10 % li o‘yuvchi natriy eritmasi, mis kuporosining suyultirilgan (deyarli rangsiz) eritmasi.
Jihozlar: probirkalar, pipetkalar.
Ishni bajarish tartibi: Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasi quying va unga shuncha xajm ishqor va mis kuporosining suyultirilgan eritmasidan qo‘shing. Aralashma qizil – binafsha rangli bo‘lib qoladi. Bu oqsillar tarkibidagi amid bog‘larning borligidan dalolat beradi.
Nazorat savollari

  1. Oddiy va murakkab oqsillarga misollar keltiring.

  2. Oqsillar inson organizmida qanday vazifalarni bajaradi?

  3. Oqsillarga xos ksantoprotein reaksiyasi uchun kerakli reaktivlar va jarayoninig borish ketma-ketligini so‘zlab bering.

  4. Aromatik aminokislotalarga misollar yozing.

  5. Oqsillarning biuret reaksiyasida qizil binafsha rang xosil bo‘lishini tushintiring.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling