Kaliy permanganat KMnO4 – to‘q binafsha, rombik prizma shaklidagi kristallardan iborat modda suvda eriydi (100 g suvda 20 0С 6 g, 500С da 14.4 g eriydi) d=2.703 g/sm3 eritmasi binafsha rangli, kuchli oksidlovchi.
B enzol (C6H6) rangsiz suyuq modda, o‘ziga xos hidli, Ts 5.480С, Tqay 80.08 0С, d420 0.8787 g/sm3, suvda erimaydi, ko‘pchilik organik erituvchilar uchun yaxshi erituvchi, zaharli, kimyo sanoatida ko‘p miqdorda ishlatiladi.
Brom Br2 - to‘q qizil rangli, qo‘lansa xidli, og‘ir suyuqlik, brom so‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib bromos qo‘lansa xidli demakdir, odatdagi temperaturada bug‘lanib turadi. Ts 7.30С, Tqay 58.78 0С, d420 3.188 g/sm3, suvda eriydi, spirtda xloroformda yaxshi eriydi, zaharli.
A ktivlangan ko‘mir – Qayin yog‘ochining yoki o‘rik danagining ko‘miri suv bug‘i yordamida qattiq qizdirilib aktivlangan ko‘mir tayorlanadi. Aktivlangan ko‘mir tayyorlanadi. Bunday ko‘mir juda g‘ovak bo‘lib adsorbsiya qobiliyati yaxshi adsorbent xisoblanadi. Akademik N. D. Zelenskiy protivogazga aktivlangan ko‘mir ishlatishni taklif qilgan va juda ko‘p insonlarni zaharlanishdan asrab qolgan. Aktivlangan ko‘mir qand zavodlarida, glyukoza eritmalarini tozalashda, kimyoviy moddalardan bo‘yoqlarni tozalashda juda ko‘p qo‘llaniladi.
Naftalin - С10Н8 yaltiroq uchuvchan oq kristall modda, o‘tkir xidi bor Ts 80.20С, Tqay 218 0С, d420 1.517 g/sm3, toshko‘mir smolasidan olinadi, antiseptik, kora kuya dorisi sifatida ham ishlatiladi, suvda oz eriydi, spirtda, efirda, xloroformda, benzolda yaxshi eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |