O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt kimyо-tеxnologiyаsi instituti
Download 1.6 Mb.
|
Органика лаб.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deflegmatorlar.
Eksikatorlar gigroskopik moddalarni saqlash va quritish uchun ishlatiladi.
5. Rasm Eksikatorlar: a) vakuumli, b) oddiy Aralashmadagi komponentlar bug‘lanib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idish og‘ziga qaytarma sovutgich ulanadi. Unda bug‘ sovib kondensatlanadi va reaksion aralashmaga qaytib tushadi. Sovutgichlarning eng oddiysi havo sovutgichi bo‘lib, u oddiy uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutgichlardan qaynash temperaturasi 150°S dan past bo‘lmagan moddalarning bug‘larini suyuqlikka aylantirishi uchun suv bilan sovitiladigan turli xil shakldagi qaytarma sovutgichlardan foydalaniladi. Bularga Libix sovutgichi, sharikli sovutgich, ichki sovutgich nayi spiralsimon, sovitgichi to‘g‘ri-yu, o‘zi esa spiralsimon va sanab o‘tilgan sovitgichlarning tuzilishini o‘zida mujassamlashtiruvchi yanada samarali sovitgichlar kiradi. Eng ko‘p ishlatiladigan to‘g‘ri sovutgich Libix sovitgichidir (6.rasm). 6.Rasm Sovitqichlar: a) xavoli, b) Libix sovitqichi, v) sharsimon, g) spiralsimon, d) Dimrot sovitqichi va e) deflegmator. Deflegmatorlar. Deflegmatorlardan foydalanish suyuqliklarni qayta qayta haydab tozalashni kamaytiradi deflegmatorlarni xizmati bir bolsa ham , ular bir birlaridan ichidagi nayi shakli sirtqi yuzasining xar hil usullar bilan kengaytirilganligi bilan farq qiladi. Deflegmatorlar. а –sharsimon b – archаsimon; v – nasadkali; Nazorat savollari Ish jurnali tutish tartibini qisqacha bayon qiling. Termometr sinib qolganda (simobli) qanday choralar ko‘riladi? Natriy metali nima uchun kerosin ostida saqlanadi? Brom bilan ishlash qoidalarini tushuntiring. Ishqor, brom va kislota bilan jaraxotlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsating. Qanday gazlar bilan zaharlanganda ochiq xavoga olib chiqilishi zarur, javobingizni izoxlang. Nasadkalar, forshtoslar, alonjlarlar turlari va ishlatilishini so‘zlab bering. Еksikatorlarning turlari va vazifalariga misollar keltiring. Sovitgichlarning turlari va vazifalariga misollar keltiring. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling