O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasidagi farq
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
5. Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasidagi farq
Tarmoqli marketing bu moliyaviy piramidami? MMM – MLM hammasi bir ma‘noni anglatadimi? Avon, Faberlic, Amway, Gano, Herbalife singari tashkilotlar firibgarlik tashkilotlarimi? Tarmoqli marketing qonuniymi? Niqoblangan moliyaviy piramida nima o‘zi? Yuqoridagi savollarga javobni quyidagi maqolani o‘qish orqali bilib olishingiz mumkin. Har bir davrda ham oson pul topish yoki pulni ko‘paytirish yo‘llari insonlarni qiziqtirib kelgan. Iloji boricha kamroq kuch va aql sarflab ko‘proq foyda olish niyatida tadbirorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini erkin yollanma xodimlar orqali sotishni yo‘lga qo‘yishgan. Har bir yollanma ishchining daromadi bevosita sotiladigan mahsulot va xizmatga bog‘langanligi dastlabki samarani bergan bo‘lsa, ularning boshqa yana o‘zlariga o‘xshagan faol yollanma ishchilarni olib kelgan holda ko‘proq mahsulot sotila boshlashi ikki baravar samara keltira boshlagan. Shu tariqa erkin yollanma ishchilar tarmog‘i bo‘lmish tarmoqli marketing (MLM) yuzaga kelgan. Bunda yollanma ishchilar (bugungi kunda agentlar)ni rag‘batlantirishning eng samarali usullari qo‘llanilgan. Faollikka yarasha daromad ham proporsional belgilangan. Shu tariqa bu usul qo‘llanilgan barcha biznes loyihalar tez sur’atlarda rivojlana borgan. Biroq, orada firibgarlik va qing‘ir maqsadli kimsalar paydo bo‘ldiki, ushbu usulni umuman boshqa maqsadda, ya‘ni pullarni omonat ko‘rinishida tezkorlik bilan yig‘ilishi hamda qolganlarning hisobiga loyiha egalariga taqsimlanishi amalga oshirilishi yo‘lida moliyaviy piramidalarni tashkil qilishdi va buning natijasida juda ko‘plab insonlar o‘z mablag‘laridan ayrilishdi. Natijada insonlarda moliyaviy piramidalar va tarmoqli marketing tushunchalariga nisbatan ishonchsizlik va hatar tuyg‘ulari paydo bo‘ldi. Oqibatda, ikkala tushuncha o‘rtasidagi tafovutlarni bilmaslik natijasida bugungi kungacha insonlar zarar ko‘rib kelmoqda. Maqolada har bir tushunchaga batafsil to‘xtalgan holda to‘liq ma‘lumot berib o‘tishga harakat qilamiz. Moliyaviy piramida (shuningdek investitsion piramida) – tuzilmadagi ishtirokchilarni doimiy pul mablag‘lari jalb qilinishi evaziga davomad bilan ta‘minlashga asoslangan firibgarlik yo‘li. Piramidaning dastlabki ishtirokchilari daromadi keyingi omonatchilar hisobiga to‘lab beriladi. Ko‘p hollarda ishtirokchilar olayotgan daromadi asl manbayi sir tutiladi va o‘rniga boshqa o‘ylab topilgan uydirmalar aytiladi yoki kam ahamiyatli qilib ko‘rsatiladi (Masalan, kriptovalyutalar birjasi, foreks birjasi, sport o‘yinlari, binar opsionlardan daromda olinadi deb ko‘rsatilishi mumkin). Aynan mana shu narsa esa firibgarlik sanaladi. O‘zbekistonda ushbu moliyaviy piramidaga misol tariqasida Ahmadboy ishi voqeasi bo‘lgan. Bundan tashqari Rossiyada Sergey Mavrodining MMM kompaniyasi yaqqol misol bo‘la oladi. Har ikkala holatda ham firibgarlik natijasida mablag‘lar yig‘ilgan va yakunda ko‘plab insonlar millionlab zarar ko‘rishgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling