O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
-mavzu. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tizimi
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishing milliy tizimi
- Oʻzbekiston
17-mavzu. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tizimi
1. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishing milliy tizimi. 2. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishing xalqaro tizimi. 3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy choralar guruhining (FATF) faoliyati. Tayanch so‘z va iboralar: jinoiy daromadlarni legallashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh. 1. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishing milliy tizimi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga aʼzo davlatlarning oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichini oʻtkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholash rejalashtirilgan. Oʻzaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini taʼminlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyasi tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi xisoblanadi. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni taʼminlash; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling