O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.44 Mb.
bet50/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

16.1-rasm. Tarmoqli marketing
Tarmoqli marketing (yoki ko‘p pog‘onali marketing, ingl. Multilevel marketing, MLM) – tovar va xizmatlarni mustaqil distribyutorlar (sotuvchi agentlar) orqali sotish konsepsiyasidir. Bunda har bir mustaqil agent o‘zi boshqa agentni taklif qilish huquqiga ega bo‘lib, u taklif etgan barcha agentlarning ro‘yxatdan o‘tishidan va agentlar tomonidan sotiladigan har bir mahsulot tushumidan foiz yoki bonus ko‘rinishida daromad olish imkoniga ega hisoblanadi.
16.1-jadval
Tarmoqli marketingning moliyaviy piramidadan farqlanishi

Tarmoqli marketing (Setevoy marketing=MLM)

Moliyaviy piramida (MMM)



Rasmiy faoliyat olib boriladi

Norasmiy faoliyat olib boriladi

Qonuniy ro‘yxatdan o‘tganliklikni tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma, sertifikat) taqdim etiladi

Umuman ro‘yxatdan o‘tmagan, offshor hududlardan birida ro‘yxatdan o‘tgan yoki yasama qalbaki ro‘xatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatiladi

Tashkilot faoliyatiga doir har qanday ma‘lumot batafsil beriladi

Tashkilot faoliyatiga doir ma‘lumotlar tushunarsiz yoki mavhum qilib tushuntiriladi

Albatta biror bir turdagi mahsulotni sotish ustida ish olib boriladi

Mahsulotning umuman yo‘qligi yoki sotib bo‘lmaydigan xizmatlar haqida so‘z yuritiladi

Ilk kundanoq daromad ko‘rish imkoni mavjud hamda o‘zidan keyingi ishtirokchilarning samarali faoliyati natijasida doimiy passiv daromad ko‘rish imkoni mavjud

Faqatgina boshida daromad ko‘rish imkoni bor, doimiy daromad ko‘rish imkoni umuman mavjud emas

Mahsulotni sotish bo‘yicha malakali ishtirokchilardan yoki bevosita xodimlardan o‘rganish imkoni mavjud

Kompaniyadagi firibgarlar tomoniodan qo‘shimcha mablag‘ kiritish va boshqalarni shunga jalb qilishdan boshqa biror bir tayinli maslahat berilmaydi

Istalgan payti a‘zo bo‘lish imkoni bor

Zudlik bilan a‘zo bo‘lishga undashadi

Faqat sotilgan mahsulotdan daromad ko‘riladi

Juda yuqori daromadlar va‘da qilinadi

Kompaniyaning daromadi ishtirokchilar tomonidan sotiladigan mahsulotdan shakllanadi

Tashkilotning daromad manbayi sizga mavhum yoki tushunarsiz, aslida faqatgina ko‘proq ishtirokchi jalb qilinishi hisobiga daromad olishadi

Ishtirokchilarga kompaniya foydasidan daromad to‘lanadi

Ishtirokchilarga faqat yangi jalb qilinganlar hisobiga daromad to‘lanadi

Har qanday sotish jarayonidagi muammolar bo‘yicha izoh beriladi, hatarlar tushuntiriladi

Kelgusidagi hatarlar haqida ogohlantirilmaydi

Kelishuvda sotilgan mahsulotdan daromad to‘lanishi va sotilmagan qismi qaytarib olinishi belgilanadi

Kelishuvda agar tashkilot bilan qandaydir korhol ro‘y bersa hech bir ishtirokchiga puli qaytarilmasligi qayd etiladi

Kompaniyaning rahbariyati va manzillari oshkor etiladi va hattoki faoliyati namuna sifatida ko‘rsatiladi

Kompaniyaning rahbariyati va haqiqiy aloqa ma‘lumotlari sir tutiladi

Ishtirokchilar uchun ayrim hollarda ro‘yxatdan o‘tish uchun maxsus badal yig‘ilishi mumkin boshqa hollarda umuman badal mavjud emas, daromad miqdori ishtirokchining sotgan mahsulotiga bog‘liq sanaladi

Omonatchilardan ro‘yxatdan o‘tish uchun badal yig‘iladi va daromad faqat aynan omonatchi tomonidan jalb qilingan yangi omonatchilar hisobiga berilishi qayd etiladi

Mahsulotlarni yaroqlilik muddati davomida sotish taklif qilinadi

Umrbod yoki uzoq muddatli yuqori foiz to‘lab boruvchi, qisqa muddatga katta summaga juda yuqori foiz to‘lovchi omonatlar taklif qilinadi

Doimo jismoniy ofis orqali mahsulotlar taklif qilinadi

Ko‘p hollarda jismoniy ofislarsiz faoliyat ko‘rsatadi, hattoki internet sayti ham mavjud bo‘lmagan turlari mavjud.

Pog‘onalar soni va ular orqali keladigan foiz yoki bonuslar miqdori kam hisoblanadi.

Pog‘onalar soni ko‘p va foiz hisobidagi bonuslar ham ko‘p miqdorda belgilanadi.



Tarmoqli marketing biznesdagi samarali sotish mexanizmini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘llaniladigan konsepsiya hisoblanadi. Bunda konsepsiyani qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsadga qarab loyihaning firibgarlik loyihasi yoki ishonchli loyiha ekanligiga baho berish mumkin. Chunki ko‘p hollarda tarmoqli marketingni ezgu maqsadda barchaga birday foyda keltirishi uchun emas, balki loyihaning haqiqiy egalari maksimal darajada foyda olgach, qolganlarni xonavayron qilish maqsadida tashkil qilinadi. Ayni shunday yomon niyatda tashkil qilingan loyihalar ko‘p bo‘lgani uchun ham tarmoqli marketing konsepsiyasini ko‘plab insonlar moliyaviy piramida bilan bir xil narsa deb hisoblashadi.
Aslida esa har doim ham unaqa emas. Ezgu maqsadda qonuniy tashkil qilingan biznes loyihalarda tarmoqli marketing faqatgina mijozlarga mahsulotlarni tezroq sotish usuli xolos. Unda agentlardan xuddi arzon ishchi kuchiday foydalaniladi. Bunda yakuniy xaridorga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish (direct marketing, direct selling) usuli qo‘llaniladi.

MMM – MLM hammasi bir ma‘noni anglatadimi?
Yo‘q bu tushunchalar umuman boshqa boshqa. MMM sifatida Rossiyada Sergey Mavrodi tomonidan amalga oshirilgan firibgarlik moliyaviy piramida loyihasi e‘tirof etiladi. MLM esa ko‘p pog‘onali marketing yoki tarmoqli marketingning inglizcha nomlanishi hisoblanadi. MLM va MMM o‘rtasidagi ancha tafovutlar mavjud.
Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
Ushbu savolga batafsilroq javob berish maqsadida tushunarliroq bo‘lishi uchun quyidagi jadval ko‘rinishida asosiy farqlarni ko‘rsatishga harakat qildik.
Avon, Faberlic, Oriflame, Amway, Herbalife singari tashkilotlar firibgarlik tashkilotlarimi?
Yo‘q bu tashkilotlar rasman faoliyat olib boruvchi, o‘z faoliyatlarida tarmoqli marketingdan samarali foydalanuvchi dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi tashkilotlari hisoblanishadi. Ularning bugungi kunga kelib yuzlab davlatlarda o‘z vakolatxonalari rasman faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tashkilotlarda agentlarni o‘qitish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib boriladi. Eng muhimi bu yerda olingan bilimlarni agentlar keyinchalik boshqa mahsulot va xizmatlara sotuvida ham qo‘llashlari mumkin.
Tarmoqli marketing qonuniymi?
O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq O‘zbekistonda tarmoqli marketing qonuniy hisoblanadi, biroq o‘z navbatida tarmoqli marketingda savdo qilish bo‘yicha ma‘lum bir tartib qoidalar aniq belgilangan.
Qoidaga muvofiq:
tarmoqli marketing — tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvchi agentlar tashkil etilishiga asoslangan tovarlarni chakana sotish turi;
tarmoqli tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi hududida mustaqil ravishda yoxud tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali savdoni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
sotuvchi agent — turg‘un savdo shaxobchalari orqali tovarlarni bevosita sotuvchi, shuningdek uyga buyurtma olish vositasida, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada potensial xaridorlar bilan ishlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxs – yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor.
Unga ko‘ra xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.
Shuningdek, quyidagilar orqali:
tadbirkorlik faoliyati sub‘ekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib kelish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Demak, xulosa sifatida qonuniylik jihatidan faqatgina ta‘qiqlanmagan mahsulotlarni tadbirkorlik sub‘ekti sifatida sotishgina O‘zbekiston hududida rasmiy tarmoqli marketing sanaladi. Qolgan barcha turdagi holatlarda bu faoliyat qonuniy deb topilmaydi.
Tarmoq marketingi aslida dastlab savdoni jadallashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozga yaqin insonlar tomonidan mahsulotlarni sotish uchun qo‘llanilgan. Bunda bevosita xaridorlarni o‘zi izlab topuvchi agentlardan tashkil topgan yirik bir chakana sotuvchilar guruhlari shakllanishi nazarda tutilgan edi. Eng qizig‘i ushbu agentlardan iborat armiya har qanday mahsulot yoki xizmatni samarali sotilishida jon kuydirib mehnat qilishadi. O‘z navbatida ushbu mehnatga yarasha sotilgan mahsulotdan bonus yoki foiz ko‘rinishida daromad olishadi. Piramida ko‘rinishidagi pog‘onama pog‘ona shakllanadigan tizimda agentlar har bir o‘zidan keyingi turuvchi agentning sotgan mahsulotidan ham doimiy ravishda daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun har bir agent o‘zi jalb qiladigan agentni faol bo‘lishi va mahsulotlarni samarali sotishidan manfaatdor hisoblanadi. Shu sababli u o‘zi jalb qilgan agentga iloji boricha har bir kelishuv va sotish sir asrorlarini yaxshi o‘rgatishga harakat qiladi va shunga mos ravishda uddaburon odamlarni o‘z jamoasiga aylantirishni xohlaydi. Shu tariqa hattoki o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan sharoitlar yuzaga keladi va agentlarga ko‘proq erkinlik beriladi. Kimlar uchundir bu orzu qilinadigan kasb ham hisoblanadi.
Endi umumiy xulosa o‘rnida aytish mumkinki, avvalo moliyaviy piramida va tarmoqli marketingni boshlagan insonning asl maqsadi nima ekanligi ushbu amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihani natijasini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oddiy pichoq bilan ovqat tayyorlash ham mumkin, pichoq bilan odam o‘ldirish ham mumkin. Xuddi shuningdek tarmoqli marketing yoki moliyaviy piramida asosidagi konsepsiyadan ezgu maqsadda ham foydalanish mumkin yoki yovuz maqsadda foydalanish ham mumkin. Har ikkala holatda ham insonlarni tez va samarali jalb qilish usuli sifatida konsepsiya o‘z kuchida qolaveradi. Chunki dunyoni manfaat boshqaradi, boshqalarning hisobidan manfaatli daromada ko‘rish istagi esa har doim insonni o‘z domiga tortib keladi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling