Mavzuning dolzarbligi: Huquqiy tarbiya jamiyatda huquqiy madaniyatli shaxslarning shaklanishida muhim o`rin tutadi. Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e`tibor, sabr-toqat kabi ma`rifat va haqiqat tuyg`ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo`lida fidokorona mehnat qilishga yo`naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruratdir.
Hozirgi davrda islohatlarni kuzatib turib ularga nisbatan xayrixohlik bildirishning o`zi kamlik qiladi. Qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlarining mohiyatini chuqur anglab yetish, barcha harakatni xalqning yangi huquqiy ongini shakllantirishga qaratish shu jihatdan ahamiyatliki, uning vositasida jamiyatda huquqiy madaniyatni ko`tarishga erishiladi.
Kurs ishining obyekti: Kurs ishining obyektini huquqiy tarbiya vositalari ya’ni huquqiy targ`ibot, huquqiy ta`lim, yuridik amaliyot, o`z-o`zini tarbiyalash tashkil qiladi. Jamiyatda huquqiy ta`lim-tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi, huquqiy me`yorlardan chetga chiqish holatlarini huquqiy tarbiya texnologiyalari o`rganadi. Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o`z xatti-harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o`zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan deb holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo`lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Bu holatlarni o`rganuvchi qonun hujjatlari, adliya tizimida belgilangan huquq va yengilliklar, huquqiy tarbiya texnologiyalarini joriy etish va buzganlik holatlarini bartaraf etish va ularga va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini o`rganishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi: Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo`lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo`llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiya vositalarining ta`sirchang usullaridan foydalanishni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |