O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq ta'limi kafedrasi Milliy g'oya


O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda


Download 51.24 Kb.
bet6/8
Sana26.01.2023
Hajmi51.24 Kb.
#1128879
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi 2022

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda.
Fuqarolarning o'z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi, burchlariga qat'iy rioya etishi jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga, adolat va ijtimoiy barqarorlikning qaror topishiga xizmat qiladi.
O`zbekistonRespublikasiBirinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, jamiyatning demokratiya yo'lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ'ibot va ma'rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari himoyasi, manfaatlari muhofazasini ta'minlashning samarali mexanizmi shakllantirilgan.
Sohaga oid milliy qonunchilik asoslari mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamiga yetkazishda davlat va jamoat tashkilotlarining uzviy faoliyati yo'lga qo'yilgan. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilayotgani natijasida yurtdoshlarimizning nafaqat huquqiy, balki siyosiy madaniyati ham yuksalib bormoqda. Fuqarolarimizning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgani, har bir shaxsda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg'usi kuchayib borayotgani buning yorqin ifodasidir.
Yosh avlodni ana shunday ruhda tarbiyalash maqsadida “oila – mahalla – ta'lim muassasasi” hamkorligi asosida huquqiy targ'ibot tadbirlari ko'lami yanada kengaytirilmoqda.
Yosh avlodning huquqiy bilimini yuksaltirishda huquqiy adabiyotlar muhim ahamiyatga ega. O'tgan davr mobaynida shu yo'nalishda ko'plab darslik, qo'llanma va ommabop adabiyotlar yaratilgan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat birlashmalari tomonidan hamkorlikda huquqiy targ'ibot tadbirlari muntazam o'tkazilmoqda. Aholi jamiyat ravnaqiga raxna soluvchi holatlardan, xususan, korruptsiya, turli byurokratik to'siqlardan ogoh etib kelinmoqda. Aynan shu maqsadda o'tgan davrdako`plab targ'ibot tadbirilari o'tkazildi.
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengash faoliyati yanada takomillashdi. Huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Zamon talabidan kelib chiqib, huquqiy axborotni internet tarmog'i orqali yetkazib berish amaliyoti yanada rivojlantirildi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlarining milliy bazasi – LexUZ orqali aholini huquqiy axborot bilan ta'minlash ko'lami kengaytirildi. O'zbek va rus tillaridagi 35 mingdan ziyod hujjat jamlangan ushbu tizimdan har kuni minglab yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanmoqda. Davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoat birlashmalarining internetdagi saytlari orqali ham huquqiy axborot va ma'lumotlar yetkazish amaliyoti yo'lga qo'yilgani bu boradagi faoliyatni sifat jihatdan yaxshilash, aholining kengroq qatlamini qamrab olish imkonini berayotir.
Ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari, aholining huquqiy madaniyati darajasini bilish maqsadida ta'lim muassasalari,tadbirkorlar,fuqarolik jamiyati institutlari vakillari o'rtasida ijtimoiy so'rovlar o'tkazib borilmoqda. Tahlillar aholining 95 foizi har doim qonunga rioya qilish kerak, degan fikrda ekanini ko'rsatgan bo'lsa, 87 foizi Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yilgan o'z huquq va majburiyatlarini bilishini qayd etgan. 85 foiz yoshlar o'z huquqlari buzilgan taqdirda uni tiklashga erishish mumkinligiga ishonishini bildirgan.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasida ham bir qator muhim yo`nalishlar belgilab o`tilgan. So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Xususan: birinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, ta'lim muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning ta'sirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash g'oyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti;
ikkinchidan, uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim jarayonlari huquqiy tarbiya bilan uyg'un olib borilmayapti, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda o'zbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti;
uchinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik printsipi asosida ishlar tashkil etilmagan;
to'rtinchidan, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishning aniq maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan;
beshinchidan, jamiyatda manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki ta'minlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik ko'zga tashlanmayapti;
oltinchidan, huquqiy tadbirlar hamon an'anaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targ'ibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, huquqiy yo'nalishdagi veb-saytlar yetarli emas;
yettinchidan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni rag'batlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, huquqiy bilimlarni yuksaltirish bo'yicha huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz amalga oshirilmoqda.

Download 51.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling