O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq ta'limi kafedrasi Milliy g'oya
Download 51.24 Kb.
|
Kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining vazifalari: Bu mavzuni yoritish orqali yuksak huquqiy madaniyatli shaxslarni tarbiyalashda huquqiy tarbiya vositalaridan hayotning barcha jabhalarida to`g`ri tashkil qilish usul va uslublarini yoritish.
Kurs ishining o`rganilganlik darajasi: Ushbu kurs ishida bugungi kunda turli toifadagi huquqiy tarbiya texnologiyalarini yosh avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan. Kurs ishini yozishda V.Topildiyevning Fuqarolik Huquqi darsligi, H.Boboyev va H.Odilqoriyevning Davlat va huquq nazariyasi darsligi, A.Saidov va U.Tadjixanovning Huquqiy madaniyat darsligi, E.Xalilovning Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o‘rni darsliklaridan foydalanildi. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish qismi, 2 bob, 4 ta paragraf, 25 bet, xulosa va foydananilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 1.1. Huquqiymadaniyat – fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili Huquqiy demokratiyaga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan bormoqdamiz. Bu esa demokratiyaning qoidalari, printsiplariga tayanish bilan bir qatorda xalqimizning o'ziga xos milliy, ma'naviy xususiyatlarini inobatga olishni taqozo etadi. Chunki millat taraqqiy etgani sari o'z ildizlariga intilib yashash ishtiyoqi kuchayib boraveradi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, «Bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo'ldiki, biz bosib o'tgan yo'limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o'tmishimizdagi boy an'analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog'imiz kerak». Kuchli fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishlari zarur. Zero, inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda har bir davlat inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta'minlash borasidagi xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlarga og'ishmay amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakllanganiga bog'liq. Dunyo hamjamiyatida ijtimoiy munosabatlarning jadal rivoji, inson huquqlariga qay darajada amal qilinayotgani mamlakatimiz milliy qonunlariga uyg'unlashtirib borilyapti.Bu esa o'z-o'zidan «inson huquqiy madaniyati» tushunchasini shakllantirmoqda.Mazkur tushuncha o'z ichiga nafaqat inson huquqlarini belgilashni, balki ularni individual va hech qanday ta'sir choralarisiz amalga oshirishni qamrab oladi. Ya'ni, inson huquqlariga rioya etilishini davlat yoki nodavlat organlari nazoratisiz, shaxs o'z xohish-irodasi bilan amalga oshiradi. Shu o'rinda, «inson huquqi madaniyati» tushunchasining nazariy asoslariga e'tiborni qaratsak. Xo'sh, «inson huquqi madaniyati» «huquqiy madaniyat» va umuman «madaniyat» tushunchalaridan qanday jihatlari bilan ajralib turadi? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, huquqiy ong va madaniyat tushunchalariga to'xtalib o'tish joiz.Fanda «huquqiy ong» va «huquqiy madaniyat» iboralari mavjud. Ayrim huquqshunoslarning ta'kidlashicha, huquqiy ong deganda kishilarning huquq haqida tushuncha va bilimlarga ega bo'lishi, shuningdek, huquq borasidagi tasavvurlarning inson ongida aks etishi tushuniladi. Chunonchi, Z.Islomovning ta'rificha, huquqiy ong — mamlakat fuqaro-larining ham amaldagi huquqqa, yuridik ahamiyatga, fuqarolar hu¬quqlari, erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va bosh¬qa huquqiy hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi huquqiy sezgilari, g'oyalari, baholar, tasavvurlaridir. «Huquqiy madaniyat deganda esa, «jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, xalqning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo'lishi tushuniladi». Demak, «huquqiy madaniyat» va «huquqiy ong» o'zaro yaqin tushunchalar bo'lib, shaxsning huquq normalariga amal qilishi va ularni qo'llay olishi hamda huquqbuzarlikdan o'zini tiyib turishi bilan belgilanadi. Shuningdek, huquq normalarini bajarmagan shaxslarga nisbatan qarshi tura olish ham huquqiy madaniyatning belgisi hisoblanadi. Xullas, huquqiy ong huquqiy bilimlarga ega bo'lishni anglatsa, huquqiy madaniyat unga rioya etish va uni ta'minlashga xizmat qilishdir. Yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslanadigan bo'lsak, «inson huquqi madaniyati» tushunchasi, bizningcha, ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, o'zida boy qadriyatlar, qarashlar, bilimlar tizimini, ruhiy sezish, insonning qadr-qimmati, huquq va asosiy erkinliklarini hamda amaliy ko'nikma va mahoratini mujassamlashtirgan huquqiy madaniyatning o'ziga xos ko'rinishidir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko'rsatadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ'ibotning ilg'or va ta'sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Download 51.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling