O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq ta'limi kafedrasi Milliy g'oya
Download 51.24 Kb.
|
Kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar : __________________________ Chirchiq - 2023 MUNDARIJA
- KIRISH…………………………………………………………… 3-5
- I-bob JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MASALARI.
- II-bob HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHATLAR.
- XULOSA…………………………………………………………...
- I.A.Karimov KIRISH
- “O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar dunyo davlatlari o‘rnak olishiga loyiq”
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq ta'limi kafedrasi Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 19/1 - guruh talabasi Artikov Jaloliddinning “Huquqiy madaniyat davlat siyosatining muhim yo`nalishi” mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar : __________________________ Chirchiq - 2023 MUNDARIJA
Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart. I.A.Karimov KIRISH Mustaqillikning dastlabki kunlaridan va jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan huquqiy normalarga hamda boy milliy tarixiy an’analarga asoslangan yangi demokratik davlatni qurish sohasidagi birinchi qadamlardan boshlaboq, o‘zbek xalqi "inqilobiy sakrashlar" va "shok terapiyasi"ni yemiruvchi va halokatli usullar sifatida rad etib, evolyutsion, bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘lini tanlab oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev«Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, „Inson qadri uchun“ degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish, bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi» deya ta`kidlaydilar. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn BMT Inson huquqlari Kengashining mart oyidagi sessiyasidagi o‘zining inson huquqlari bo‘yicha yillik hisobotida “O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar dunyo davlatlari o‘rnak olishiga loyiq”, deb yuqori baho berdi. “Huquq sohasidagi islohotlar haqidagi qonunlarda sudlar mustaqilligi va odil sudlov jarayonlari shartlari ifodalab berildi. Mazkur qonunlarning joriy etilishi O‘zbekiston xalqi uchun kelgusidagi ijobiy o‘zgarishlar borasida muhim ahamiyat kasb etadi”, deya ta`kidlab o`tdi. O‘z taraqqiyot yo‘limizning prinsiplariga qat’iy amal qilar ekanmiz, davlat va jamiyat hayotini tubdan qayta qurishdan iborat global vazifalarini hal qilish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida katta ko‘lamdagi chora- tadbirlarni g‘ayrat bilan izchil suratda amalga oshirishni talab qiladi. Biz tanlab olgan yangi jamiyat qurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksak darajada shakllantirish hamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta’minlash muammolari alohida ahamiyat kasb etmoqda. "Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar darajasida ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarni qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi." Huquqiy madaniyat keng tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning munosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilishi, davlat organlarining qonunni qo‘llash fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari, kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik hamda iqtisodiy o‘zgarishlarga munosabatini belgilaydi. Shaxsning huquqiy madaniyati-huquqiy ongni aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichidir. Demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida "Biz odamlarni eskicha psihologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi inson erkinliklari - ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va ma’suliyat ekanligini chuqur his etib tursin" O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1997 yil 20-mayda huquqni muhofaza qiluvchi muassalar rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida hamma fuqarolar ham yetarli darajada huquqiy ongga ega emasliklari , axborot olishda ijtimoiy faollik ko‘rsatmayotganliklari, respublikada jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarni hech bo‘lmaganda asosiylarini o‘zlashtirib olish uchun, hamda aholi turli ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan huquqiy maorif amaliy mexanizmi yaratilmaganligi, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari kamsitilishi hollari ko‘pincha huquqiy bilimlarning yetarli emasligi, huquqiy madaniyat darajasi pastligi tufayli yuz berayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Huquqiy madaniyat halqimizning qadimiy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruratdir. Huquqiy madaniyat nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o‘rganilishi zarur. Shu bilan birga har bir muayyan holatlarda madaniyatning turlicha ko‘rinishlarini tushunishga qat’iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo‘ladi. Chunonchi, huquqiy hayotda ma’rifatparvarlikni shakllanishini ta’minlashda inson omilini oshirish nuqtai nazaridan yondashilganda avvalambor e’tiborni huquqiy madaniyatning mazmuniga qaratish zarurligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ong qonunchilikning qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratilgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. "Jamiyat davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etishni ta’minlaydi." Shunday qilib shaxsning va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalarining va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Huquqiy madaniyat-huquqiy davlatning ajralmas qismidir. Download 51.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling