O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq ta'limi kafedrasi Milliy g'oya
Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari
Download 51.24 Kb.
|
Kurs ishi 2022
1.2. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari
Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini o‘rganishga jiddiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina kirishildi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish masalasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining ma’ruzalarida doimo to‘xtalib o‘tadi, shuning bilan birga doimo shaxs huquqiy madaniyati deb Prezident I.A. Karimov qabul qilgan qonunlarning soni emas, balki bu qonunlarni shaxslar tomonidan qanchalik darajada o‘zlashtirish, amaliyotga tatbiq etishi, o‘zlari rioya qilishi va boshqalardan ham qonunlarga rioya qilishni talab qilishida ko‘rinadi deganini barchamiz bilamiz. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va bu muammoni bizga kengroq tushunishimizga yordam beradigan va suyanadigan tog‘imiz hisoblangan bu mustaqillikdan keyin qabul qilingan birinchi Qomusimizdir. Chunki bu qomusimizni jahon sivilizatsiyalarining beshigi bo‘lgan davlatlarning olim-ekspertlari o‘qib, jahon andozasiga to‘g‘ri kelishini bir necha bor ta’kidlab o‘tishgan va bu "qomus" shaxs uchun xizmat qilishini biz bilamiz. Masalan qomusning 128ta moddadan 60 dan ziyodi shaxsning huquqiy maqomiga va fuqarolarning erkinligiga bag‘ishlanadi. Qomusimizning uchinchi-"Jamiyat va shaxs" bo‘limida shaxs fuqaroviy jamiyatning erkin, ongli, mustaqil a’zosi sifatida ta’riflangan. Shaxsning manfaatlari hamma narsadan ustundir, shu bosh qomusimiz shaxsni jamiyatda eng asosiy boylik shaxs deb biladi. Boshqacharoq qilib aytganda halq, davlat va huquq uchun emas, balki davlat va huquq halq uchun xizmat qiladi. Bundan kelib chiqib shahs huquqiy madaniyatini shakllantirish faqat shaxslarning o‘ziga bog‘liq bo‘lmay, balki davlanga uning rahbarligiga ham bog‘liqdir. Shaxsni huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayoni quruq shior yoki, "sarob" bo‘lmasdan balki aniq shakllantiradigan aniq hodisadir. Shuning uchun ham mustaqillik qomusimizning huquqiy konsepsiyasi inson huquqlarini hurmat qilish, fuqarolar erkinligi, huquqiy davlat va milliy davlatga xos xususiyatlar kabi umumiy qadriyatlarimizning uzviy birligini o‘zida aks ettiradi desak adashmaymiz. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida, shaxslarimiz qator qoidalarga rioya qilishi lozim bo‘ladi. Birinchidan qabul qilingan, yangi qabul qilinayotgan qonunlarda va me’yoriy hujjatlarda asrlar davomida halqimiz ongiga singib kelgan va singib borayotgan millatimizning an’analari, urf odatlari, tarixiy meroslarimizda albatta aks etilishi kerak. Ikkinchidan, barcha qonun loyihalarini tayyorlashda, muhokama qilishda yurist olimlarimiz va amaliyotchilarimiz bilan birgalikda shaxslarning o‘zlari xuquq ijodkori, faol qatnashchilar sifatida ishtirok etishi ijobiy samara berishi mumkin. Uchinchidan, har bir shaxsning xuquqiy onglilik darajasi, xuquqiy madaniyati ularning qomusimizga va amaldagi qonunlarimizga nisbatan chuqur hurmat bilan qarashlarida ko‘rishimiz mumkin va ularni shunga o‘rgatishimiz zarur, chunki bunday qonunlar qachon yashaydi, qachonki hamma hurmat bilan rioya qilsa, xurmat bilan tilga olinsa. Har bir shaxsning xuquqiy madaniyatini shakllanganligi juda zarur fazilat bo‘lib, bu fazilat davlatimizning tayanchi hisoblanadi. Zero jamiyatda qonun ustunligi xuquqiy madaniyat bilan mustahkamlanadi. Shaxs halol, nomusli, pok qalbli, o‘ziga talabchan bo‘lmasdan turib, o‘zining xuquqiy madaniyatini shakillantira olmaydi. Chunki har bir shaxs muayyan vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi kerakligini, qabul qilingan qonun - qoidalarga, ahloq normalariga muvofiq yoki xilof harakat qilish kerakligini ma’lum darajada mustaqil hal qiladi va o‘z hatti - xarakatlariga o‘zi baho beradi. Har bir shaxs ma’naviy-xuquqiy qiyofasining, jumladan, odobining ahloqining shakllanishi va takomillashuviga ijtimoiy shart- sharoitlar hal qiluvchi ta’sir qo‘rsatadi. Shuning uchun shaxs ijtimoiy xayotga qadam qo‘yishi bilan faqat tayyor holdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarga, ishlab chiqish munosabatlarigagina emas, balki davlat jamoat tashkilotlari, xuquq ahloq va hakazolar bilan bog‘liq tartib qoidalarga ham duch keladi. Ma’lumki shaxs xuquqiy madaniyatini shakllanishiga, xuquqiy ongiga uni o‘rab turgan atrofidagi ijtimoiy muhit ta’sir qiladi. Shaxs mavjud dunyoqarashni, odat-ko‘nikmalar, odob va ahloq qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, aniq ijtimoiy voqea hodisalarga, kishilarning hatti xarakatlariga, qonunni buzish yoki unga rioya qilishiga va muomalalariga muayyan mavqeda turib va muayyan qonunlarga suyangan holda ish ko‘radi va baho bera boshlaydi. Har qanday xuquqiy madaniyatni shakllantirish va uni amalga oshirish jarayoni davlat tayanchiga ishonadi, chunki "Hech bir davlat organi, mansabdor shaxs va inson qonunga bo‘ysunishi majburiyatidan ozod qilinishi mumkin emas". Bunday o‘ta muhim mas’uliyatli ishni amalga oshirishda jamoatchilik tuzulmalarini kuchaytirish orqali qonunlarni ro‘yobga chiqarishning ta’sirchan mexanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini yechishda aholiga differensional yondashuv zarur, chunki aholining turli qatlami, qonunlarining mohiyatini turlicha tushunishi mumkin. Milliy dasturda bu o‘rinda shunday deyiladi."Ta’lim va tarbiya muassasalariga dahldor bo‘lmagan shaxslarning ( ishchi, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar) xuquqiy tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga yuridik o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish” kerak deyiladi. Har qanday shaxsni huquqiy madaniyatini shakllantirish o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan jarayon emas, balki ijtimoiy tarbiyaviy institutlar faoliyatiga yordamiga suyangan holda amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon ko‘p kuch, vaqt, mablag‘, qunt va bilim talab qiladi, bu kuch, vaqt, qunt va bilim bo‘lishi ham mumkin, lekin shaxsning o‘zini xohishi, istak irodasi bulardan ham muhimroq deb hisoblaymiz, shaxsning o‘zida xoxish, istak iroda bo‘lmas ekan xuquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida samara bo‘lishi gumondir. Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirishda milliy mafkuraga to‘xtalmasdan o‘tishga xaqqimiz yo‘q, chunki xuquqiy madaniyat, siyosiy madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib bir- birini to‘ldirishadi, lekin bu hali halqning siyosiy xuquqiy ongiga ta’sir etadi yoki etdi degani emas, balki siyosiy tutqinlikdan qutilish deganidir. Mafkura har bir millatning ma’naviy, moddiy yutuqlarini ifodalovchi kuchdir. Har qanday mafkura shaxslarning ma’naviy hayotini tarkibiy qismi hisoblangan, hisoblanadi ham. Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini yechishda Respublikamizda barmoq bilan sanab bo‘lmaydigan darajada ishlar qilinmoqda, masalan: barcha yuridik adabiyotlar davlat tilida tayyorlanmoqda, aholini xuquqiy savodini chiqarish uchun xuquqiy jurnal va ro‘znomalar yetarli, ammo axborot vositalari orqali yurist olimlar va amaliyotdagi ichki ishlar organlari, sud, prokuratura xodimlari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Umuman olganimizda Respublikamizdagi barcha sohada olib borayotgan ishlarning maqsadi bitta, ya’ni o‘zligimizni anglash, tariximizni qayta o‘rganish, shaxs xuquqiy ongini shakllantirishdan iboratdir. Download 51.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling