O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Rektor____________S.M.Turabdjanov
202___ yil “___”___________
YADRO REAKTORLARI FIZIKASI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 700000 - Muhandislik ishlov berish va qurilish
Taʼlim sohasi: 710000 - Muxandislik ishi
Taʼlim yo‘nalishlari: 60710500 - Energetika (Atom elektr stansiyalari)
Toshkent 2022
Fan/modul kodi
IYU3505
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr(lar)
5
|
ECTS - Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Taʼlim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Yadro reaktorlari fizikasi
|
60
|
90
|
150
|
2.
|
Fanning mazmuni.
2.1 Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari.
Fan o‘qitilishidan maqsad - talabalarini yadro fizikasi va texnologiyalarining maʼlumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iborat, taʼlim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini taʼminlashdir.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari - taʼlim olgan talabalar tajribalarni rejalashtirish, yadro-fizikaviy qo‘rilmalarning ekspluatatsiya qilish va sozlash, ularning asosiy parametrlarini aniqlash va optimal natijalar olish, o‘lchov qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, eksperimental yadro fizikasi metodlarini, ularning analitik imkoniyatlarini baholash va qo‘llash, nazariy maʼlumotlarni tadbiq eta bilish malakalariga va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
2.2 Asosiy nazariy qism (maʼruza mashg‘ulotlari).
Fan tarkibi mavzulari:
1-modul.Kirish
1-mavzu: Atom energetikasi taraqqiyoti. Yadro reaktorlari.
2-mavzu: Yadro reaktorlari ishlashining fizik asoslari.
2-modul. Yadro reaktorlari.
3-mavzu: Yadro reaktori aktiv zonasida energiya ajralishi.
4-mavzu: Yadro reaktorlarining asosiy tiplari.
5-mavzu: Issiqlik neytronlarida ishlovchi reaktorlar
6-mavzu: Tez neytronlarda ishlovchi reaktorlar.
3-modul. Yadroviy energetik qurilmalar.
7-mavzu: Dengiz kemalari uchun yadro qurilmalari. Kosmik kemalar uchun yadro-energetik qurilmalari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |