Yoqish mazutlari . Oltingugurt tarkibiga koʻra yoqish mazutlari kam oltingugurtli (1% gacha), oltingugurtli (1 dan 2% gacha) va yuqori oltingugurtlilar (2dan 3,5% gacha) ga boʻlinadi. Alohida holatlarda oltingugurt tarkibi 4,3% gacha ruxsat beriladi.
40-100 markali yoqish mazutlari neftni qayta ishlash qoldiqlaridan tayyorlaydilar. 40 markali mazutda 10 °C gacha sovish harorat pasayishi uchun 8-15% oʻrta distillyatli fraksiyalar jalb qilinadi, 100 markali mazutga dizelli fraksiya qoʻshmaydilar.
F-5 va F-12 flot mazutlari kemasozlik energetik qurilmalarida yoqish uchun moʻljallangan F-5 flot mazuti neftni toʻgʻridan toʻgʻri haydab mahsulotlarni aralashtirish bilan olinadi: koʻpgina holatlarda toʻgʻri haydalgan 45-55% mazut va 55-45% dizel yoqilgʻisi. Uning tarkibida 22% gacha ikkilamchi jarayonlar (katalitikva termik kreking) kerosin –gazoyl fraksiyasidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, M-1,0; M-2,5 (raqamlar oltingugurt tarkibini foizlarda koʻrsatadi)markali eksport mazuti (TU 38001164-78). Bu mazut 15-10% distillyatli fraksiya va 85-90% Neftni qayta ishlash qoldiqlarini aralashtirilib olinadi.
Test savollari:
1. Shisha va metall bankalar, butilkalar, aralash va polimer materiallaridan tayyorlangan stakanlar, qogʻozlar, folga, pergament, karton, polimer materiallari, xar xil oʻlchamdagi qutilar, korzinkalar, xaltalar va karton paketlari qaysi taralar guruрiga kiradi?
isteʼmol taralari
yarim qattiq taralar
qattiq taralar
transport taralari
2. Neftning ogʻir fraksiyalari – moylovchi vositalar, kerosin, solyarka tarkibi qaysi usul yordamida tadqiq qilinadi?
Suyuqlik xromatografiyasi
Xromatomass spektroskopiya
Fotokalorimetriya
IQ spektroskopiya
3. Neft odatda gʻovak jismlarda (qum, qumtoshlar, ohaklar )1,2-2km gacha chuqurlikda qanday holatda boʻladi?
choʻkma
suyuq
qattiq
suspenziya
Do'stlaringiz bilan baham: |