4.9. Toʻqimachilik tovarlarini identifikatsiyalash va qalbakilashtirish
Toʻqimachilik sanoati va uning ahamiyati
Turli xildagi oʻsimlik tolalari, jun va sunʼiy sintetik
tolalardan turli gazlamalar, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmogʻidir. Toʻqimachilik sanoati tarkibiga toʻqimachilik xom ashyosini dastlabki,
qayta ishlash, ip gazlama,
jun gazlama, zigʻir, kanop jun tolasidan gazlama, shoyi, notoʻqima
materiallar, toʻr toʻqish, toʻqimachilik- attorlik,
trikotaj, kigiz-namat bosish sohalari kiradi. Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari kiyim-bosh va poyabzal ishlab chiqarishda,
shuningdek, mebel, mashinasozlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi.
Toʻqimachilik tayyor mahsulotlar (gazlama, trikotaj, eshilgan iplar va h.k.) asosan toʻqimachilik iplardan ishlab chiqaradi.
Toʻqimachilik materiallari xalq xoʻjaligi tarmoqlarida keng ishlatiladi. Uni ishlatmagan birorta ham tarmoqlar yoʻq.
Asosiy toʻqimachilik mahsulotlari kiyim-kechak va xoʻjalikda ishlatiladi. Masalan: rivojlangan davlatlarda kiyim — kechak uchun 35-40 %, xoʻjalik mahsulotlari uchun 20-25%, texnikada 30-35% va boshqa maqsadlar uchun 10% gacha ishlatiladi. Hozirgi yoʻnalish texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tabiiy tolalar asosan kiyim–kechak uchun ishlatilmogʻi lozim.
Avvalgi Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston xom–ashyo manbai boʻlib hisoblangan.
Chunki respublikada paxta, ipak, kanop tolalarini ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinda turar edi.
Yetishtirilgan paxta tolasining faqat 9-10% Respublikada toʻqimachilik tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarishga ishlatilar edi. Paxtaning qolgan 90% tola sifatida sotilgan. Bugungi kunda 40-50% paxta tolasidan mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: