Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet111/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Sellyuloza — oʻsimlik tolalarini tashkil qiladigan asosiy polimer hisoblanadi.
Jun – turli hayvonlarning poʻstini qoplagan tolalarga aytiladi. Bu tolalarning asosiy moddasi — oqsillar (junda — keratin, ipakda — fibroin va seritsin).
Ipak – bu yarim xasharotlarni maxsus oqsil chiqaradigan bezidan chiqadigan mahsulot. Sanoat uchun asosan tut bargini yeydigan qurtning (ipak qurt) ipagi ahamiyatlidir.
Zigʻir tolalari — bir yillik oʻt-zigʻirning novdasidan olinadi.
Sellyuloza oʻsimlik tolalarining asosiy moddasi boʻlib hisoblanadi. Sellyuloza ayrim sunʼiy kimyoviy tolalarni (viskoza, atsetat, triatsetat) olishda ham ishlatiladi. Sellyuloza hamma oʻsimliklarda boʻladi, lekin hech vaqt sof holda uchramaydi. Oʻsimliklarda sellyuloza boshqa moddalar bilan oʻralgan holda uchraydi. Sellyulozaning yoʻldoshiga, pektozan, geksozan, lignin, pektin moddalari kiradi.
Viskoza tolasini olish: viskoza tolasi archa, yogʻochlarning sellyulozasidan olinadi archa yogʻochlarida 50 % gacha sellyuloza boʻladi. Archa yogʻochlaridan sellyuloza ishlab chiqaradigan maxsus zavodlar bor.
Viskozaning shtapel tolasi. Toʻqimachilik sanoatida viskozaning uzluksiz uzun iplari va kesilgan shtapel tolalari ishlatiladi.
Viskoza ipining xossalari: gigroskopik xususiyati boʻyicha paxta ipiga oʻxshash, lekin hoʻl holatida mustahkamligi 2 barobar kamayadi. 150–160 0S da tuzilishi oʻzgarmaydi. Yuvganda kirishadi. Ishqalanish deformatsiyasigi chidamli.
Asetat tolasining olinishi: atsetat tolasi quruq usul bilan atsetilsellyulozadan olinadi. Asetilselllyuza esa kimyoviy zavodlarda paxtaning kalta tolasini sirka angidridi bilan ishlash natijasida olinadi. Asetat ipining mustahkamligi viskozadan kam, lekin, hoʻl holatda mustahkamligini kam yoʻqotadi. Elastik xususiyati viskozadan yaxshi, lekin gigroskopik xususiyati viskozadan past. Yana kamchiligidan bittasi ishlatish jarayonida atsetat tolasida statik zaryadlar yigʻiladi. Lekin, tolasi yaxshi boʻladi, har xil kiyim–kechak ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling