Lovsan tolasining olinishi: lovsan tolasi tereftalat kislota bilan etilenglikol moddasini polikondensatsiya (2800S) reaksiya natijasida olingan polietilen tereftalat polimeridan olinadi.
Gazlamalar quyidagi usullar boʻyicha toʻqilishi bilan farqlanadi.
Gazlama- bir-biriga perpendikulyar joylashgan 2ta ipdan boʻylama (tanda) va koʻndalang(arqoq) iplarni oʻzaro toʻqilishi natijasida xosil boʻladigan material. (tolalar eni va boʻyi boʻyicha toʻqiladi).
Trikotaj- egiluvchan va pishiq jism boʻlib, toʻqimachilik iplarining egilishi natijasida hosil boʻladigan va bir-biriga tizilgan halqalardan tashkil topadi. Uning asosiy elementar zvenosi — halqa. (tolalar faqat eniga toʻqiladi).
Notoʻqima polotno- (netkanыe polotno) turli usullar bilan biriktirilgan bir necha toʻqimachilik materiallarining qatlamlaridan tashkil topgan mahsulotga aytiladi. Notoʻqima polotnoni asosi sifatida tolali холст (toʻshama), iplar sistemasi, gazlama yoki trikotaj polotno va ularni kombinatsiyasi qoʻllanadi.
Abraziv- abraziv sifatida наждак toshlar, (qum qogʻoz) qogʻozlar, metallar va ayrim qattiq gazlamalar qoʻllaniladi.
Tikuvchilikda ishlatiladigan materiallar vazifasiga qarab olti guruhga bo’linadi:
a) asosiy materiallar — tikuvchilik buyumni usti sifatida qoʻllaniladi (gazlama, trikotaj va notoʻqima polotno, tabiiy va sunʼiy charm va moʻyna, kompleks va plyonkali materiallar);
b) astarli va qistirma materiallar;
v) isituvchi materiallar — issiqni saqlovchi sifatida qoʻllaniladi (momiq paxta, vatin, porolon, tabiiy va sunʼiy moʻyna);
g) buyum qismlarini biriktiruvchi materiallar(tikuv ipi, yigirilgan ip, yelim materiallar);
d) bezash materiallari (tasma, tur, shnurlar va boshqa);
ye) furnitura — yordamchi material (tugma, molniya, ilmoqlar, knopka va boshqa). Tikuvchilik buyumlarni aksariyati toʻqimachilik materiallardan tayyorlanadi: gazlama, trikotaj va notoʻqima polotnolardan tikuv va yigirilgan iplar, momiq, vatin va boshqa qoʻllagan holda.
Bu materiallarning asosiy qismi toʻqimachilik tolalardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |