Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Yondirilganda har bir gazlama tarkibiga koʻra oʻziga xos hidga ega


Download 1.82 Mb.
bet114/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Yondirilganda har bir gazlama tarkibiga koʻra oʻziga xos hidga ega.
Paxta, zigʻir, viskoza va boshqa oʻsimlik tolalari, – tez yonadi, yonish davomiyligi toʻxtatilganda choʻgʻlanib turadi, kuygan qogʻoz hidi keladi va yengil koʻkimtir kul qoldiradi.
Jun va ipak tolasi – sekin yonadi, yonish davomiyligi toʻxtatilganda oʻchib qoladi, kuygan hayvon shoxining hidi keladi va qattiq toʻq rangli sharcha hosil boʻladi, qoʻl tekkizilganda osongina uvoqlanadi.
Asetat tolasi – yonishi paxtaga oʻxshash, oʻtkir (uksus) achchiq va kuygan qogʻoz hidli, uncha katta boʻlmagan sharcha hosil boʻladi, qoʻl tekkizilganda qisman uvoqlanadi.
Poliamid va poliefir tolalari – atrofi erib yonadi, koʻp hollarda polimer tomchilab erib yonadi, hidsiz, eriganda oʻzidan qattiq qoldiq qoldiradi, qoʻl yordamida uvoqlanmaydi.
Toʻqimachilik materiallarining olovga chidamliligi maxsus asboblarda yonish tezligi orqali aniqlanadi, shuningdek har bir gazlama maʼlum bir oʻziga xos erituvchilarda eriydi.
Masalan: paxta tolasi 70% li xlorid (sernaya) kislota eritmasida erisa, viskoza va jun tolalari sulfat (solyanaya) kislota eritmalarida eriydi.
Ipak, nitron, diatsetat, triatsetat va xlorin tolalari, jun tolasidan farqli ravishda 8,9 n.(normal.) sulfat ksilota eritmasida eriydi.
Namunalar mikroskop ostida koʻrilganda (1-4- rasmlar), gazlama tolalari namunalari tarkibiga koʻra turlicha koʻrinishda boʻladi:
1)- paxta tolasidan:
2)- kimyoviy toladan:
3)-jun tolasidan toʻqilgan gazlamalar bir-biridan farqlanadi.
Ularning qaysi toladan toʻqilganligi mikroskop ostida koʻrilganda quyidagi koʻrinishlarga ega boʻladi.

Toʻqimachilik tolalarining mikroskopik koʻrinishi.



1-rasm.Paxta tolasining mikroskopik koʻrinishi.

a ). Mutlaqo pishmagan oʻlik tola.


b). Pishmagan tola.
v). Yaxshi pishmagan tola.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling