Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Toʻqimachilik tolalarining sinflanishi


Download 1.82 Mb.
bet110/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Toʻqimachilik tolalarining sinflanishi
Tola – yigirish, gazlama toʻqish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ingichka, pishiq tabiiy yoki sunʼiy ashyo; turli elektr qurilmalarining qilsimon ingichka tok oʻtkazuvchi qismi; kokil, soch tolasi.
Toʻqimachilik materiallarida juda koʻp va turli kimyoviy tarkib, tuzilish va xossalarga ega boʻlgan tola va iplar qoʻllanadi. Ularni oʻrganishni yengillashtirish uchun sinflashtiradilar.
Sinflashtirishning asosida — tolalarning kelib chiqishi (olinish usuli) va kimyoviy tarkibi qo’yilgan. Toʻqimachilik sanoatida ishlatiladigan hamma tolalar kelib chiqishi boʻyicha ikkita sinfga boʻlinadi:
1.Tabiiy tolalar.
2. Kimyoviy tolalar.


Toʻqimachilik tabiiy tolalar.
Tabiiy tolalarga — oʻsimliklar, jonivorlar va minerallardan olinadigan tolalar kiradi.
Oʻsimliklardan:
1. Urugʻlardan. (paxta).
2. Poyalardan. (zigʻir, kanop).
3. Barglardan. (manila, sizal).
Jonivorlardan:

  1. Hayvonlardan (qoʻy, echki, tuya, quyon juni).

  1. Qurtlardan (tabiiy ipak).

Mineral birikmalardan noorganik tolalar,asbest tolasi olinadi.
Kimyoviy tolalar ikkita turga boʻlinadi:
1. Kimyoviy tolalar.
2. Suniy tolalar.
Toʻqimachilik kimyoviy tolalarni – zavodlarda tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalardan (polimer) shakllantirish yoʻli bilan olinadi. Oʻsimlik tolalari sellyulozadan tashkil topgan. Ularni olishda oʻsimlik urugʻining sirtidan (paxta), poyasidan (zigʻir,kanop,jut va boshqalar) va bargida (abaka, sezal), asosan archa yogʻochlaridan va paxtaning kalta tolasidan sellyulozadan foydalaniladi.Jonivorlardan olinadigan tolalar oqsillardan tashkil topgan: keratin (jun), fibroin va seritsindan (ipak).
Paxta tolasi – Gʻoʻza oʻsimligi urugʻining sirtini qoplagan, chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiq tabiiy tolalarga aytiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling