Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet11/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

9. Identifikatsiya usul-lari?

  1. mikrobiologik, fizik-kimyoviy

  2. organoleptik

  3. fizik-kimyoviy.

  4. mikrobiologik

10. Fizik-kimyoviy usul bilan oziq-ovqat mahsulotlarining qaysi xossalari oʻrganiladi?

  1. fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari

  2. biologik va fizik-kimyoviy xossalari

  3. miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari

  4. organoleptik koʻrsatkichlar

1.2. Tovarning muvofiqlik darajasini aniqlashda identifikatsiyaning oʻrni va roli
Tovar sifatining identifikatsion ekspertizasi, yuqorida aniqlaganimizdek, sifatni baholash, ekspertiza qilish, sertifikatlashda asosiy usuldir. Tovar ustida qilinadigan bu harakatlarning hammasi u yoki bu buyumning muayyan talablarga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan.
Muvofiqlik – mahsulotga, jarayonga yoki xizmatga qoʻyilgan hamma talablarga rioya etilganlikdir. “Muvofiqlik” tushunchasi falsafiy tushuncha boʻlganligidan, amaliy faoliyatda muvofiqlik darajasi belgilanadi, yaʼni koʻrsatkichlarning amaldagi natijalari belgilangan talablarga taqqoslanadi. Tovarning muvofiqlik darajasini muvofiqlik koeffitsiyentlari yoki foizlar bilan ifodalash mumkin.
Buyumning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi darajasini aniqlaganda muvofiqlik koeffitsiyenti faqat ikkita qiymatga – 0 yoki 1ga teng boʻlishi mumkin. Agar buyum meʼyoriy hujjatlarga muvofiq boʻlsa, muvofiqlik koeffitsiyenti 1 ga teng boʻladi, bordi-yu tovar muvofiq boʻlmasa, u holda muvofiqlik koeffitsiyenti 0 ga teng boʻladi. Tovar meʼyoriy hujjatlar talablariga, masalan, yarim-yorti, yaʼni u koʻrsatkichlar yarmi boʻyicha muvofiq, qolgan yarmi boʻyicha nomuvofiq boʻla olmaydi. Agar tovar hech boʻlmaganda bitta koʻrsatkich boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq kelmasa, u holda bu tovar ushbu meʼyoriy hujjatlarga muvofiq boʻlgan buyum sifatida realizatsiya qilinishi mumkin emas. U nostandart tovar sifatida, masalan mayda tuxum, mayda kartoshka va hokazo sifatida, boshqa narxda sotilishi mumkin.
Tovarning u yoki bu koʻrsatkichlar boʻyicha muvofiqlik darajasi ishlab chiqaruvchi tomonidan ham, shuningdek isteʼmolchi tomonidan ham baholanishi mumkin.
Tovarni ishlab chiqaruvchi tomonidan muvofiqlik darajasi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanishi mumkin: meʼyoriy; texnik va texnologik; xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha. Shunga muvofiq tovarlar sifatining muvofiqligi darajasini ishlab chiqaruvchi tomonidn baholash boʻyicha bir necha faoliyat turi farqlanadi: sifatni baholash, sifatni ekspertiza qilish va muvofiqlikni sertifikatlash. Tadqiqot oldiga qoʻyilgan maqsadlar turlicha boʻlganida tovrning muvofiqlik darajasini baholashda identifikatsion ekspertizaning oʻrni va rolini koʻrib chiqamiz.
Sifatni baholash (nazorat qilish) – sifat koʻrsatkichlari nomenklaturasini tanlash, ularning amaldagi qiymatini aniqlash hamda ularni meʼyoriy talablar bilan taqqoslash boʻyicha jarayonlar majmuidir.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan sifatni baholashni (nazorat qilishni) bozor munosabatlari subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, isteʼmolchilarning vakillari ham, shuningdek nazorat qiluvchi tashkilotlar ham amalga oshirishi mumkin.
Sifatni nazorat qilish vakolatli nazorat organlarining (davlat nazorati, idoraviy nazorat va firmaning ichki nazorati) vakillari tomonidan olib boriladi. Ular jumlasiga “Oʻzstandart” agentligining davlat inspektorlari, sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya vrachlari, idoralarning hamda korxonalardagi nazorat boʻlimlarining nazoratchilari, sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari oziq-ovqat laboratoriyalarining, isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish jamiyatining xodimlari kiradi.
Tekshirilayotgan koʻrsatkichlar nomenklaturasi MXda nazarda tutilgan talablar bilangina chegaralanadi, shu bilan birga u toʻliq yoki bir nechta koʻrsatkich (masalan faqat organoleptik koʻrsatkichlar) bilan cheklangan boʻlishi mumkin.
Sifat nazoratining pirovard natijasi texnik hujjat koʻrinishida (sifat guvohnomasi, spetsifikatsiya, tekshirish dalolatnomasi, xulosa va shu kabilar) rasmiylashtirilishi mumkin
Tovarlar sifati standart koʻrsatkichlar boʻyicha standart usullardan foydalangan holda baholanganida (nazorat qilinganida) faqat bitta maqsad: taqdim etilgan mahsulotning bosilgan tamgʻasida, oʻrovida yoki ilova qilingan tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan standart talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadi qoʻyiladi. Bunday holatda sifatni baholash natijalari boʻyicha faqat quyidagi ikkita xulosa berilishi mumkin:
mahsulot standart talablariga mos;
mahsulot standart talablariga mos emas.
Sifatni baholashda olingan natijalar asosida tovarning qalbakiligi, sohtalashtirilganligi haqida xulosa berish noqonuniydir.
Sifat ekspertizasi – bu tovarning u yoki bu alohida koʻrsatkichlarini muayyan maqsad bilan tadqiq qilishdir.
Sifat ekspertizasini oʻtkazganda turli vazifalar qoʻyilishi mumkin:
1.Tovarni va uning kelib chiqishini identifikatsiyalash;
2.Taqdim etilgan mahsulot sohtalashtirilganligini aniqlash;
3.Taqdim etilgan mahsulot ushbu tovarlar guruhiga mansubligini aniqlash;
4.Mahsulotning ishlab chiqaruvchisini, tayyorlangan vaqtini va saqlash muddatini aniqlash;
5.Begona moddalar va ifloslantiruvchilarni aniqlash;
6.Oziq-ovqat mahsulotlarining suyultirilganlik, sohtalash-tirilganlik, ifloslantirilganlik darajasini aniqlash;
7.Tovarga ilova qilingan hujjatlarning va tovar oʻrovining sohtalashtirilganligini aniqlash;
8. Oziq-ovqat tovarlarining xavflilik darajasini aniqlash va boshqalar.
Sifat ekspertizasi natijalari boʻyicha qoʻyilgan vazifaga qarab turli xulosalar berilishi mumkin. Shunday qilib, oziq-ovqat tovarlari sifati va xavfsizligining ekspertizasi standartlar talab qilganiga qaraganda ancha koʻp axborot beradi.
Tovarshunoslik ekspertizasi organlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarining sifati va xavfsizligini ekspertiza qilish chogʻida tomonlarning munosabatlarini tartibga soladigan hujjatlar hozirgacha yoʻq. Shunga muvofiq, bu sohadagi koʻpgina muammolar hal etilmagan.
Tovarning sifatini ekspertiza qilish natijalari bitta yoki bir qancha ekspertning xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
“Sertifikatlash – uchinchi tomonning harakatlari boʻlib, tegishli darajada identifikatsiyalangan mahsulot qoʻyilgan talablarga muvofiqligiga ishonch tugʻdiradi” (ISO/MEK 2 yoʻriqnomasi).
Sertifikatlashning xalqaro amaliyotda qabul qilingan ushbu taʼrifida sertifikatlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyekt aniq koʻrsatilgan. Bu uchinchi tomon, yaʼni tayyorlovchidan (sotuvchidan) va isteʼmolchidan mustaqil boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Lekin bu bizning mamlakatimizdagi sertifikatlashga taalluqli emas. Mahsulotga qoʻyiladigan standart talablarni ishlab chiqish bilan tovarlarni ishlab chiqaradigan u yoki bu tarmoq shugʻullanadi, Oʻzstandart esa mahsulot sifatiga qoʻyiladigan bu talablarni meʼyoriy hujjatlar tarzida rasmiylashtiradi. Oʻzstandart mahsulotning oʻzi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qiladi. Shu bilan birga muvofiqlik sertifikati, chet eldagiga oʻxshab, tovarning har bir turkumiga emas, balki kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotga (1-2 yil oldindan) beriladi.
Sifatni baholashdan (nazorat qilishdan) farqli oʻlaroq, “sertifikatlash” atamasini aniqlashda mahsulotni tegishli tarzda identifikatsiyalash zaruriy shart sifatida belgilab qoʻyiladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini va oziq-ovqat xom ashyosini sertifikatlash tizimida xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlarni oʻtkazish oldidan mahsulot standartlar tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi, organoleptik hamda fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar boʻyicha tekshirilmogʻi kerakligi koʻrsatiladi.
Sertifikatlash chogʻida hamma koʻrsatkichlar uchta guruhga boʻlinadi: birinchi guruh – identifikatsiya maqsadlari uchun koʻrsatkichlar; ikkinchi guruh – majburiy sertifikatlash maqsadlari uchun xavfsizlik koʻrsatkichlarini va boshqa majburiy talablarni tasdiqlash uchun; uchinchi guruh – ixtiyoriy sertifikatlash maqsadlari uchun majburiy talablar jumlasiga kirmaydigan har qanday koʻrsatkichlar boʻyicha. Sertifikatsiya sinovlarining pirovard natijasi tovar ishlab chiqaruvchiga u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish huquqini beradigan muvofiqlik sertifikatini topshirishdan iborat.
Baholash faoliyatining dastlabki bosqichi sifatida identifikatsiya MXda faqat sertifikatlash uchun nazarda tutiladi, lekin sifatni baholash va nazorat qilish ham mahsulot identifikatsiya qilinmagan boʻlsa amalga oshirilishi mumkin emas. Biroq, sertifikatlash tizimi Qoidalaridagina identifikatsiya salbiy natija berganida shundan keyingi sinovlar oʻtkazilmasligi koʻrsatiladi.
Tovarning isteʼmolchisi muvofiqlik darajasini quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlashi mumkin: sifatni baholash; oʻz tajribasi; oʻzgalarning fikri.
Bunda xaridor tovarning muvofiqlik darajasini aniqlashda faqat bir maqsadga – uni xarid qilish maqsadiga amal qiladi. Xaridor tomonidan tovarning muvofiqlik darajasini baholashda identifikatsion ekspertizaning oʻrni va rolini koʻrib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda isteʼmolchi tomonidan tovarlar sifatiga qoʻyilayotgan talablar kuchaygan. Agar avvallari, davlatlar va korxonalarning monopolistik faoliyati sharoitida, isteʼmolchida sifatliroq tovarlarni tanlash imkoniyati boʻlmagan boʻlsa, erkin bozor sharoitida xaridorda xilma-xil tovarlarni tanlash uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Va endi uning qarshisida boshqa muammo – narxi minimal darajada boʻlgan eng maqbul yuqori sifatli tovarni qanday tanlash muammosi turibdi. Mana shu tovarlar moʻl-koʻl boʻlgan bir sharoitda isteʼmolchiga iloji boricha koʻp axborot berish kerak, toki u oʻzining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan u yoki bu tovarni toʻgʻri identifikatsiyalay olsin. Natijada ommabop nashrlar yordamida isteʼmolchida chakana va mayda ulgurji savdoda sotilayotgan barcha tovarlarning sifati va xossalari toʻgʻrisidagi bilimlarni shakllantirish zarurati paydo boʻladi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling