Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Chapter 1. Types of identification
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chapter 3. Food Identification and Falsification
- Chapter 4. Identification and falsification of non-food items.
- Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
KIRISHOʻzbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish, ularni yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish tovar-pul munosabatlarining obyektiga oʻziga xos talablarni qoʻymoqda. Bu munosabatlarning obyekti tovarlar va xizmatlar boʻlib, ular erkin bozorga mulk shakli turlicha boʻlgan oʻzaro raqobatlashuvchi subyektlar tomonidan olib chiqiladi. Shunday ekan, mazkur tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qiluvchida gʻoyat xilma-xil tovarlar orasidan eng yaxshisini va maqbulini tanlab olish imkoniyati mavjud. Oʻzaro raqobatlashuvchi firmalar isteʼmolchining u yoki bu ehtiyojlarini iloji boricha toʻlaroq qondirishga hamda undan taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlar uchun koʻproq pul olishga harakat qilib, xaridorga taʼsir koʻrsatishning turli usullari va yoʻllaridan foydalanadilar. Firmalarning koʻpchiligi bu pulni oʻzining sifatli tovari uchun halol yoʻl bilan olishga harakat qiladi, lekin erkin bozorda hamma vaqt boshqacha ish yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ham boʻladi. Ular oʻzlarining sohtalashtirilgan mahsuloti uchun xaridorni aldab, uning pulini olishni xohlaydilar. Oʻzbekistonda tovar-pul munosabatlari shakllanib borgan turli iqtisodiy sharoitlarda bozorda sohtalashtirilgan tovarlar paydo boʻlishiga ham turlicha munosabatda boʻlindi. Ikkinchi tomondan, ilgari xaridor faqat televideniye orqali yoki xorijga safarlari vaqtida xabardor boʻlishi mumkin boʻlgan xilma-xil tovarlarning bozorda paydo boʻlishi avval maʼlum boʻlmagan yangi muammoni – u yoki bu tovarni identifikatsiyalash muammosini keltirib chiqardi. Xorijdan keltirilgan koʻpgina tovarlar va xizmatlar ilgari xaridorga ham, tovarshunoslik sohasi mutaxassislariga ham maʼlum boʻlmagan, chunki ularni mamlakat sanoati ishlab chiqargan emas, binobarin uning normativ- texnik hujjatlari yoʻq boʻlib, bundan ularni identifikatsiyalash bilan bogʻliq bir necha muammolar kelib chiqadi. Tovar isteʼmolchi bilan ishlab chiqaruvchi oʻrtasida ularni oʻzaro bogʻlab turadigan boʻgʻin boʻlib, oʻz atrofida uning hosilalarigina boʻlgan turli iqtisodiy tizimlarni shakllantiradi va ustqurmani yaratadi. Tovarni oldi-sotdi jarayonidan chiqarib tashlash bilanoq, qolgan murakkab iqtisodiy ustqurmaning hammasi (savdo iqtisodiyoti, menejment, marketing, moliya va kredit, buxgalteriya hisobi, audit va boshqa ustqurma infratuzilma) kerak boʻlmay qoladi. Shunday qilib, tovar-pul munosabatlarining bazisi boʻlgan tovar va uning xossalari juda eʼtibor bilan oʻrganishni va tadqiq etishni talab qiladi. Binobarin bugungi kunda, yangi bozor munosabatlari shakllanayotgan bir sharoitda, tovarda yangidan-yangi xossalar paydo boʻlmoqdaki, ular haqida ilgari hatto oʻylab ham boʻlmasdi. Hozir erkin bozorda koʻpgina tovarlarning yangi xossasi – ularning raqobatbardoshligi, yaʼni erkin bozorda oʻziga oʻxshash tovarlar orasida raqobatlashish qobiliyati paydo boʻldi. Agar ilgari, davlat monopolizmi sharoitida tovar sifat, isteʼmol qiymati (bahosi) va boshqa baʼzi xossalarga ega boʻlgan boʻlsa, erkin bozor munosabatlari sharoitida unda raqobatbardoshlik va aynan oʻxshashlik kabi yangi xossalar paydo boʻldi. Oxirgi 2 – 3 yilda esa, jahon tovar bozori globallashuvi munosabati bilan, tovarda yangi xossa – globallik paydo boʻldi. Shu sababli Oʻzbekistonda erkin bozorni shakllantirish hamda u jahon bozoriga kirib borayotgan hozirgi bosqichda tovarning xossalarini har tomonlama oʻrganish muammosi shakllanib boʻlgan tushunchalarni puxta tahlil qilishni, ularni nazariy jihatdan anglab yetishni hamda tovarda paydo boʻlayotgan yangi xossalarni tushunib olishga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Ushbu o’quv qo’llanmada biz tovarning yangi xossalaridan birini – uning haqiqiyligini va bu xossaning hosilasi sifatida — uning aynan oʻxshashligini koʻrib chiqishga harakat qilamiz. Bu ikki tushuncha tovarlarning Oʻzbekistonda bozor munosabatlari shakllanib borayotgan bir sharoitda yuzaga chiqayotgan yangi xossalarini koʻrsatib beradi, shu sababli bu sohadagi tadqiqotlarning dolzarbligi oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdi. Bozorda tovarning mana shu xossalari namoyon boʻlishining eng muhim shartlari sifatida quyidagilarni koʻrsatib oʻtish mumkin: davlat monopolizmi sharoitida amalga oshirilgan tovar – pul munosabatlarini qattiq chegaralashdan xilma-xil mulk shakllari oʻrtasidagi erkin iqtisodiy oʻzaro munosabatlarga oʻtish; bozorda bitta mulkdorning (davlatning) emas, balki har biri Oʻzbekistonning erkin bozorlarida muayyan ulushni qoʻlga kiritishga hamda oʻz tovarlarini sotishdan muayyan miqdorda daromad olishga harakat qiladigan koʻp sonli mulkdorlarning tovarlari paydo boʻlishi; xoh oʻzimizning boʻlsin, xoh chet ellik boʻlsin, har qanday tadbirkor yoki ishlab chiqaruvchining tovarlari bozorga ekin ravishda chiqishi; davlat nazorati organlarining faoliyati oʻzaro kelishilmasligi va isteʼmolchilar ular olib borayotgan ishning natijalaridan xabardor qilinmasligi xaridorlarni bir tovarning oʻzi bilan, shu jumladan uni qalbakilashtirish hisobiga ham qayta-qayta aldashdan iborat koʻp sonli holatlarga olib keladi; tovarlarni sohtalashtirganlik uchun bevosita jinoiy, maʼmuriy va jinoiy-protsessual javobgarlikni belgilab qoʻyuvchi amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlarning mutlaqo yoʻqligi; tovarshunoslar, sotuvchilar va isteʼmolchilar u yoki bu tovarlarni qalbakilashtirish usullari haqidagi axborot bilan taʼminlanmaganligi va bu hol tovarlarni omilkorlik bilan tanlashni, har xil qalbakilashtirishlarni ishonchli tezkor usullar yordamida aniqlashni qiyinlashtiradi. Bozordagi tovarlarning haqiqiyligi, ularni identifikatsiyalash va ayniqsa tovarlarni qalbakilashtirish borasida vujudga kelayotgan muammolar dolzarbligi munosabati bilan tovarlarning xavfsizligini taʼminlash hamda isteʼmolchini himoya qilish boʻyicha turli dasturlarni ishlab chiqish zarur. “Isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” qonun qabul qilingan boʻlishiga hamda har bir mintaqada isteʼmolchilar jamiyatlari tuzilgan boʻlishiga qaramay, amalda isteʼmolchi turli darajalardagi ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan kurashda yakkalanib qoldi. Bu kurashda unga faqat shu sohada maxsus bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali tovarshunos, shuningdek ushbu o’quv qo’llanma maʼlum darajada yordam berishi mumkin. Shu sababli, har bir tovarshunosni ham, har bir isteʼmolchini ham tovarlar u yoki bu tarzda sohtalashtirilganligini oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha zarur bilimlar bilan “qurollantirish” ehtiyoji paydo boʻlmoqda. Isteʼmolchilarda tez-tez oʻlim holatlariga yoki onkologik kasalliklar paydo boʻlishiga olib kelayotgan oziq-ovqat tovarlarining sohtalashtirilishiga ayniqsa jiddiy eʼtibor berish kerak. Ushbu oʻquv qoʻllanmada turli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini qalbakilashtirishning xilma-xil vositalari va usullari ham, shuningdek ularni aniqlashning turli usullari va yoʻllari ham koʻrib chiqiladi. Tovarlarni qalbakilashtirish vositalari va usullari gʻoyat xilma-xil boʻlishiga qaramay, olimlar tomonidan ularni aniqlashning ishonchli usullari ishlab chiqilgan va bunda ekspertning hamda isteʼmolchining xabardorligi hal qiluvchi urin tutadi. Ushbu oʻquv qoʻllanmada yuqori malakali mutaxassislar hamda maxsus qurilmalar va uskunalar boʻlishini talab qiladigan murakkab oʻlchov usullari ham, oddiy isteʼmolchining oziq-ovqat mahsulotlari u yoki bu darajada sohtalashtirilgan koʻpdan-koʻp holatlarni uy sharoitida oʻzi aniqlashiga yordam bera oladigan oddiy (tezkor) usullar ham keltiriladi. “Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari “Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish” fani boʻyicha o’quv qo’llanma talabalarni kelgusida tovarshunoslik va tovarlarni ekspertiza qilish sohasining mutaxassislari qilib tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, tovarshunoslik xamda bir turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhining ekspertizasi, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirishga, bu sohalarning amaliy jihatini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak. Ushbu fanning maqsadi talabalarning oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash hamda ularning sohtalashtirilganligini aniqlash boʻyicha zarur nazariy bilimlar olishi va amaliy koʻnikmalar hosil qilishidan, meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash, identifikatsiya koʻrsatkichlarini aniqlash va tovarning aniq turi hamda nomi haqiqiyligini tasdiqlash malakasiga ega boʻlishidan iborat. Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish turlarini oʻrganish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining identifikatsiyalash belgilarini aniqlash, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot sifatini taʼminlashda identifikatsiyaning roli va taʼsirini oʻrganish, tovarlarni identifikatsiyalashning huquqiy asoslarini oʻzlashtirish, talabalarning Oʻzbekistonda tovarlarni identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etish sohasida bilimlar olishi, turli guruhga mansub tovarlarni tavsiflash sohasida qoʻyilayotgan talablar va koʻnikmalarga mosligini tasdiqlovchi huquqiy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasini egallashi, oʻquvchilarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining ayrim guruhlari haqiqiyligini identifikatsiyalash hamda ularning sohtalash-tirilganligini aniqlash turlari, shuningdek ularning kelib chiqish tarixi va joylashgan manzilini kuzatib borish shakllari toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hosil qilish, tovarlarning bir xilga mansub guruhlarini, aniq turlarini va nomlarini identifikatsiyalash maqsadlariga yaraydigan asosiy mezonlarni ishlab chiqish, tovarlarning qaysi assortimentga mansubligini aniqlsh imkonini beradigan tovarlarni identifikatsiyalash usullarini ishlab chiqish, isteʼmol tovarlarini identifikatsiyalash hamda ularning sohtalashtirilganligini aniqlashning eng yangi vositalari va usullari bilan tanishish, boʻlajak mutaxassisda mulkning barcha shakllariga mansub korxonalar va tashkilotlarning isteʼmol tovarlari sifatini va xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatida malakali ishtirok etishni taʼminlaydigan bilimlar va koʻnikmalarni shakllantirish, qalbakilashtirish vositalari hamda ularni aniqlash usullari bilan tanishtirish, qalbakilashtirish oqibatlari va uning oldini olish choralarini oʻrganish ushbu fanning vazifasidir. Ushbu fan maxsus fanlar guruhiga mansub boʻlib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash va qalbakilashtirish bilan bogʻliq bilim hamda mahoratni oʻzlashtirish uchun moʻljallangan. U boshqa umumkasbiy va maxsus fanlar bilan mavzulararo aloqalarga ega. Koʻrib chiqilayotgan fan fizika, kimyo, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, hayot-faoliyatining xavfsizligi, tovarshunoslik va ekspertizaning nazariy asoslari, professional faoliyatni huquqiy tartibga solish bilan avvaldan mavzulararo aloqaga ega; tovarshunoslik va bir xil tovarlar guruhlarining ekspertizasi, sifatni boshqarish, sifat menejmenti tizimlari hamda tovarshunoslik va tovarlarni ekspertiza qilishni axborot bilan taʼminlash xamda iqtisodiyot bilan hamohang aloqalarga ega. “Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish” fanini oʻrganish natijasida talaba quyidagi tasavvurga ega boʻlishi kerak: oʻquv fanining maqsadi hamda vazifalari, uning professional faoliyat uchun ahamiyati toʻgʻrisida; sohtalashtirilgan mahsulot paydo boʻlishining sabablari toʻgʻrisida. Talaba quyidagilarni bilishi shart: isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini; tovarlarni identifikatsiyalash sohasidagi asosiy tushunchalar, identifikatsiyaning tuzilishi, meʼyorlari va qoidalarini taʼriflab berish; identifikatsiyaning obyektlari, subyektlari, vositalari, tartiblari va usullari; identifikatsiya turlari; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining turli guruhlarini qalbakilashtirish yoʻllari va usullari; xom ashyo va tovarlarning ayrim turlarini qalbakilashtirish vositalari hamda qalbakilashtirishni aniqlash usullari; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash va qalbakilashtirishning asosiy tushunchalari, maqsadi va turlari; tovarlarni identifikatsiyalashning meʼyoriy-huquqiy bazasi; oziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash koʻrsatkichlari; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirish vositalari hamda ularni aniqlash usullari; qalbakilashtirishning huquqiy, ijtimoiy va maʼnaviy-axloqiy oqibatlari. Talaba quyidagilarni qila bilishi kerak: xom ashyo va tayyor mahsulotni identifikatsiyalash imkonini beradigan mezonlarni tanlash; sohta axborotni aniqlash; sifat va miqdor sohtalashtirilganligini identifikatsiyalash; assortiment sohtalashtirilganligini identifikatsiyalash; tovarlar turkumi sohtalashtirilganligini identifikatsiyalash; amalga oshirilgan identifikatsiyalash toʻgʻrisida yozma xulosa berish; tovarshunoslik jihatidan baholash yoki sifatni ekspertiza qilish chogʻida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining identifikatsiyasini oʻtkazish; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari sohtalashtirilganligini qabul qilingan usullar yordamida aniqlash; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini qalbakilash-tirishning har xil turlarini aniqlab olish. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling