Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-BOB. IDENTIFIKATSIYALASH TURLARI


Download 1.82 Mb.
bet5/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

1-BOB. IDENTIFIKATSIYALASH TURLARI


Reja:
1.1.Identifikatsiyalash usullari va yoʻllari.
1.2. Tovarning muvofiqlik darajasini aniqlashda identifikatsiyaning oʻrni va roli.

1.1.Identifikatsiyalash usullari va yoʻllari


Har qanday bilim sohasida yangi fikrlar, qoidalarni shakllantirish asosiy tushunchalar, atamalar, qoidalarni taʼriflashdan boshlanadi. Shu sababli biz ham ishni tovarning yangi xossalari – aynan oʻxshashligi va haqiqiyligi sohasidagi yangi qoidalar, atamalar, tushunchalarni taʼriflashdan boshlaymiz.
Ushbu kitobning nomida keltirilgan va biz ishlatadigan asosiy atama identifikatsiya (lotincha identifisase –aynan bir xil, deb hisoblamoq)dir.
Izohli lugʻatda “identifikatsiya” atamasi “bir narsani boshqa bir narsa bilan aynan bir xil, deb hisoblamoq ”, deb taʼriflanadi.
Identifikatsiya — tovarning markirovkada va ilova hujjatlarida yoki boshqa axborot vositalarida koʻrsatilgan nomi unga qoʻyiladigan talablarga mosligini belgilash.
Tovarlarni identifikatsiyalash vaqtida sinalayotgan tovarlarning bir guruhga mansub boʻlgan, shu guruhga xos texnologik koʻrsatkichlar majmui bilan ajralib turadigan analoglarga (asosiy modelga) yoki tovarning markirovkadagi, tovarga ilova qilingan hujjatlardagi va meʼyoriy hujjatlar hamda roʻyxatlardagi taʼriflarga muvofiqligi aniqlanadi.
Identifikatsiya, qoida tariqasida, tajribali mutaxassislar – tovarshunos ekspertlar tomonidan ham, yuqori malakali ekspert olimlar tomonidan ham har yoqlama tadqiqotlar olib borilishini talab qiladi.
U yoki bu buyumni identifikatsiyalash natijalari keyinchalik tahlil qilinadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Shu sababli bu ishni aniqroq qilib identifikatsion ekspertiza, deb atash mumkin.
Tovarning identifikatsion ekspertizasi muayyan buyumning u yoki bu bir tovar guruhiga yoki muayyan roʻyxatga mansubligini meʼyoriy-texnik yoki boshqa hujjatlarda keltirilgan oʻziga xos individual belgilar asosida aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qoʻyilishi mumkin:
1.Muayyan tovar oziq-ovqat mahsulotimi, yoki undan texnik maqsadlarda, jonivorlarga yem sifatida va hokazo foydalanish mumkinmi;
2.Ushbu buyum bir xil tovarlarning qaysi sinfiga yoki guruhiga, xalqaro TIF TN kod raqamiga mansub;
3.Ushbu tovar uning sifat koʻrsatkichlariga va texnik tavsifiga mos ekanligini aniqlash;
4.Ushbu tovar qaysi navga mansub;
5. Ushbu buyum sotish taʼqiqlangan tovarlar yohud biron-bir cheklovlarga ega boʻlgan (kvotalangan, litsenziyalangan va shu kabilar) roʻyxatiga kiradimi.
Identifikatsion ekspertiza natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqarilishi mumkin: ushbu tovar oziq-ovqat mahsulotimi; tovarning meʼyoriy-texnik yoki boshqa hujjatlarda belgilangan talablarga mosligi yoki mos emasligi aniqlanadi; ushbu buyumning navi aniqlanadi; buyum taʼqiqlangan tovarlar yoki muayyan cheklovlarga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatiga kiradimi.
Identifikatsion ekspertiza oʻtkazilgach, salbiy natijalar olingan taqdirda u yoki bu tovar sohtalashtirilgan, deb xulosa chiqarish mumkin emas. Shunchaki, u hali biron-bir meʼyoriy-texnik hujjatlarga yoki roʻyxatga kiritilmagan yangi tovar boʻlishi mumkin yoki buyum bitta yo boʻlmasa bir nechta nusxada tayyorlangan boʻlishi mumkin (biz bunday buyumni qoʻlda yasalgan deymiz). Masalan, bizning bozorimizda kofemikslar (kofening shakar, qaymoq bilan aralashmasi) reklama qilinmoqda va sotilmoqda. Respublikamizda ularning meʼyoriy-texnik hujjatlari yoʻq, biroq bu ularning hammasi sohtalashtirilgan tovarlar jumlasiga kirishini bildirmaydi.
Tovarning identifikatsion ekspertizasi bilan bir qatorda uning aslligi ham ekspertiza qilinishi mumkin.
Tovarning aslligini ekspertiza qilish tabiiy mahsulotni sohtasidan farqlaydigan muhim koʻrsatkichlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Bunda qalbaki mahsulot tabiiy mahsulotga nisbatan ancha yomon koʻrsatkichlarga ham, shuningdek ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qoʻyilishi mumkin:
1. Tekshirilayotgan buyum qalbakilashtirishning u yoki bu turlariga xos koʻrsatkichlarga egami.
2. Nomi atalgan buyum bir xil tovarlarning muayyan guruhiga xos koʻrsatkichlarga qanchalik mos;
3.Ushbu buyumga bosilgan tamgʻa meʼyoriy-texnik hujjatlar, “Isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun tomonidan qoʻyiladigan talablarga mosmi.
Shunday qilib, tovarning identifikatsion ekspertizasi va aslligi bo’yicha ekspertizasi turli maqsadlarni koʻzlaydi va ushbu maqsadlarga erishish uchun turli vazifalar qoʻyilishi mumkin. Shunday ekan, mutaxassislar ham, isteʼmolchilar ham bu ikki tushunchani farqlashlari kerak.
Shuningdek, sertifikatlashni oʻtkazish Qoidalarida keltirilgan “identifikatsiya” atamasining taʼrifi ham mavjud: “Mahsulotni identifikatsiyalash shunday tadbirki, uning yordamida sertifikatlashga taqdim etilgan mahsulotning ushbu mahsulot turiga qoʻyiladigan talablarga (meʼyoriy va texnik hujjatlarda, mahsulot toʻgʻrisidagi axborotda) mosligi aniqlanadi”.
Atamaga berilgan oxirgi taʼrifning kamchiligi shundaki, buyumni identifikatsiyalash borasidagi faoliyat faqat sertifikatlash maqsadida oʻrta maʼlumotli laborant ham amalga oshira oladigan oddiy tadbir darajasigacha, identifikatsiyalovchi mezonlar esa mahsulot toʻgʻrisidagi meʼyoriy va texnik hujjatlar, boshqa axborot vositalarining talablari darajasigacha toraytiriladi.
Soʻnggi vaqtlarda meʼyoriy-texnik hujjatlarda tovarni identifikatsiyalash mezonlari ancha torayib bormoqda va koʻpgina koʻrsatkichlar identifikatsiyaga doir axborotga ega boʻlmasdan, “tovarning ushbu turiga mos”, “retsepturaga muvofiq” degan va hokazo qisqa jumlalardan iborat boʻlib qolmoqda. Tabiiyki, bunday mezonlar boʻyicha identifikatsion ekspertizani oʻtkazish mumkin emas.
Identifikatsion ekspertiza asosiy ekspertiza boʻlib, tovar ustida qilinadigan hamma harakatlar faqat shundan boshlanishi kerak. Chunki tadqiq qilinayotgan buyum xavfli buyumlar jumlasidan boʻlishi, yoki taʼqiqlangan tovarlar roʻyxatga kiritilgan boʻlishi ham mumkin. Bundan tashqari, Siz tovarni toʻgʻri identifikatsiya qilmaguningizcha uning sifatini ham toʻgʻri baholay olmaysiz, sifat ekspertizasini, muvofiqlik sertifikatlashni oʻtkaza olmaysiz. Masalan “Mars”, “Snickers” qandolat mahsulotlari oʻralgan qogʻozda bu qanday mahsulotlar ekanligi koʻrsatilmagan, agar Siz ularning sifatini, bu tovarlarning reklamasi bizga taqdim etilayotganidek, shokolad batonchasi tarzida baholay boshlasangiz, u holda bu mahsulotlar brak qilinadi, chunki uning tarkibidagi shokolad 80% emas (ogʻirligi 50 grammdan ortiq boʻlgan shokolad batonchasining ichiga solingan masalliq 20%dan koʻp boʻlmasligi kerak). Bular “Gulliver” turiga oʻxshagan tortib sotiladigan konfetlar xolos.
Tovarlar, xizmatlar, qimmatli qogʻozlar (pul, aksiyalar, veksellar va boshqalar) axborot, ishchi kuchi va tijorat faoliyatining boshqa obyektlari identifikatsiya obyektlaridir. Biroq biz obyektlarning faqat bitta guruhini – oldi-sotdi jarayoniga jalb etiladigan hamda tovarga aylanadigan buyumlarni tadqiq qilamiz. Shu bilan birga, oʻrganish obyekti oziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalashdan iborat boʻlishiga qaramay, shuni aytib oʻtish kerakki, koʻrib chiqiladigan nazariy masalalarning koʻpi bir xil darajada nooziq-ovqat tovarlariga ham tegishli boʻlishi mumkin.
Bozor munosabatlarining hamma ishtirokchilari, ishlab chiqaruvchi – xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlarni qabul qilib olish bosqichida va tayyor mahsulotni topshirish vaqtida; savdo tashkiloti (savdo vositachisi) – oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, tovarlarni qabul qilib olish va ularni sotuvga tayyorlash bosqichlarida tovarlar identifikatsiyasini amalga oshiruvchi subyektlar boʻlishadi. Isteʼmolchi ham sotib olayotgan tovarini identifikatsiyalaydi. Buni koʻpincha organoleptik koʻrsatkichlarga qarab hamda yetarli axborotga ega boʻlmagan holda, shuningdek oʻzining shaxsiy hayotiy tajribasiga, bilimlariga tayanib va boshqalarning fikriga quloq solgan holda amalga oshiradi. Bunda har doim xaridor oʻz xatolari uchun oʻz puli bilan haq toʻlaydi.
Tovarning identifikatsion ekspertizasi boʻyicha qoʻyilgan maqsadlarga muvofiq, identifikatsiya alohida turlarga ajratiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling