Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-rasm. Tovarni qalbakilashtirish turlari bilan uning koʻrsatkichlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa


Download 1.82 Mb.
bet88/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

3-rasm. Tovarni qalbakilashtirish turlari bilan uning koʻrsatkichlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa

Qalbakilashtirishni aniqlashning asosiy uslubiy prinsipi xususiyatlari jihatidan bir-biriga yaqin boʻlgan tovarlarning qanchalik chuqur tadqiq qilinishidir. Bunday hollarda tadqiqotning chuqurligi asosan mahsulotni sinashning koʻpgina standart usullari qoʻyilgan vazifani hal qilish imkonini bermasligi bilan bogʻliq. Baʼzi tovarlarning haqiqiyligini mahsulot guruhi yoki tipining bir nechta muhim va hatto spetsifik xossalari va belgilarini baholash hamda aniqlashning ham standart, ham nostandart usullaridan bir vaqtning oʻzida foydalanish yordamida isbotlash mumkin.


Masalan, ichki kiyimni tadqiq qilganda uning gigiyenik xossalarini, suv oʻtkazmasligini va havo oʻtkazishini aniqlaydigan organoleptik sinovlar olib borishga toʻgʻri keladi.
Shubhasiz, firibgarlik harakatlari butun mamlakatda va uning ayrim mintaqalarida kriminogen vaziyatni yomonlashtirib, jamiyat zimmasiga ogʻir yuk boʻlib tushadi. Mamlakatning ichki bozorida taqchil boʻlgan tovarlarni qalbakilashtirish firibgarlik toifasiga kiradi va turli suiisteʼmollar bilan birga yuz beradi.
Sohta mahsulotning uchta tipi farqlanadi. Baʼzi tovarlarni idishining sifatsizligi darhol maʼlum qilib qoʻyadi. Boshqa tovarlar haqiqiy mahsulotga oʻxshaydi, lekin farqlari ham koʻrinib turadi, masalan, rangi haqiqiy tovarniki singari boʻladi, lekin hidi farq qiladi. Uchinchilarini sohta tamgʻa bildirib qoʻyadi. Ishlab chiqaruvchilar sohta mahsulot tarqalganligi tufayli oʻzlari koʻrgan zararni yillik daromadning 5%idan koʻproq, yaʼni yiliga 3 – 4 mlrd. dollar, deb baholadilar.
“Sohtalashtirilgan tovarlar” degan tushuncha baʼzan “oʻrnini bosuvchi tovarlar” va “nuqsonli tovarlar” degan tushunchalar bilan chalkashtirib yuboriladi. Bu tasodifiy emas, chunki oʻrnini bosuvchi tovarlar ham, nuqsonli tovarlar ham qalbakilashtirish maqsadlari uchun keng ishlatiladi, bunda oluvchiga yoki isteʼmolchiga zarur axborot ataylab berilmaydi.
Agar tamgʻada yoki tovarga ilova hujjatlarida oʻrnini bosuvchi tovarlar va nuqsonli tovarlarning haqiqiy nomi koʻrsatilgan boʻlsa, narxi esa ularning sifatiga va kelib chiqishiga mos boʻlsa, bunday tovarlar sohtalashtirilgan tovarlar jumlasiga kirmaydi.
Tovarlar, xizmatlar, pul belgilari, hujjatlar, axborot, moliya va buxgalteriya hujjatlari hamda kundalik hujjatlar, tamgʻalash va identifikatsiyalash belgilari, tarixiy faktlar, atoqli shaxslarning fikrlari va aytgan gaplari hamda boshqa koʻpgina narsalar qalbakilashtirish obyektlaridir. Nooziq-ovqat tovarlarni, tamgʻalash va identifikatsiya belgilarini, tovarning ilova hujjatlarini hamda tovar toʻgʻrisidagi axborotni qalbakilashtirish ustida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Qalbakilashtirish usuliga bogʻliq holda assortimentni (turni), sifatni, miqdorni, narxni va axborotni qalbakilashtirish farqlanadi. Respublikamizning hozirgi bozorida assortimentni, sifatni va axborotni qalbakilashtirish hammadan koʻp tarqalgan.
Soxtalashtirishning har qaysi turi haqiqiy tovarlarni qalbakilashtirishning oʻziga xos usullariga ega, kompleks qalbakilash-tirishda esa ikkita, uchta yoki beshta tur birlashib ketadi. Tabiiyki, kompleks qalbakilashtirishda har bir alohida turning butun tovarni qalbakilashtirishga taʼsirini aniqlash kerak boʻladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling