Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet91/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Narxni qalbakilashtirish kontrafakt mahsulotni tayyorlovchi firmalarning haqiqiy mahsulotlari narxida; past sifatli tovarlarni yuqori sifatli tovarlar narxida; miqdor koʻrsatkichlari kam boʻlgan tovarlarni miqdor koʻrsatkichlari katta boʻlgan tovarlar narxida realizatsiya qilish yoʻli bilan isteʼmolchini aldashdan iboratdir.
Qalbakilashtirishning bu turi hammadan koʻp tarqalgan, chunki u qalbakilashtirishning boshqa turlarini ham (assortimentni, miqdorni qalbakilashtirishni va boshqalarni) oʻzida mujassamlashtiradi. Buning ustiga aynan narxni qalbakilashtirish isteʼmolchilarni gʻarazli aldashning asosiy maqsadidir, chunki tovar narxini noqonuniy oshirish yoʻli bilan qonuniy daromad olish imkonini beradi.
Faqat ayrim ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi raqobat bilangina boshqariladigan erkin narxlar bozor iqtisodiyotining muhim jihatlaridan biri boʻlib, bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni qalbakilashtirishdan yo past sifatli sohtalashtirilgan mahsulotni, yoki hatto xavfli tovarlarni realizatsiya qilish uchun, yohud narxlar borasida raqobat qilish, xususan, demping narxlar yordamida xaridorlarda muayyan tovarni maʼqul koʻrish fikrini shakllantirish uchun foydalanilishi mumkin.
Axborotni qalbakilashtirish isteʼmolchini tovar toʻgʻrisidagi notoʻgʻri yoki yolgʻonligi shundoqqina koʻrinib turgan axborot yordamida aldashdir. Qalbakilashtirishning bu turi bizning zamonamizda doimiy ravishda va ommaviy axborot vositalaridan boshlab to tovarga bosilgan konkret tamgʻagacha hamma yerda uchraydi.
Tovar toʻgʻrisidagi axborotni qalbakilashtirishda quyidagi maʼlumotlar buziladi yoki noaniq koʻrsatiladi:
1) tovarning nomi va uning logotipi;
2) tovar kelib chiqqan mamlakat;
3) tovarni tayyorlagan firma va uning pochta manzili;
4) tovarning miqdori;
5) tarkibi;
6) tovarni saqlash shart-sharoitlari va unga qarash usullari.
Koʻpincha tovar kelib chiqqan mamlakat koʻrsatilmaydi yoki notoʻgʻri koʻrsatiladi, shuningdek shtrixkodi sohtalashtiriladi.
Shuningdek oʻz mahsulotini faol reklama qiladigan hamda ushbu mahsulot sifati aʼlo darajada boʻlganligi tufayli isteʼmolchilar orasida haqli ravishda yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan tayyorlovchi korxonalarning tovar va firma belgilari hammadan koʻp qalbakilashtiriladi. Bunday hollarda faqat isteʼmolchigina emas, shu bilan birga firma belgisi qalbakilashtirilgan korxona ham moddiy va maʼnaviy zarar koʻradi, chunki mashhur tayyorlovchi korxonaning firma belgisi bilan chiqarilgan past sifatli sohtalashtirilgan tovarni sotib olgan isteʼmolchi bu korxonaga ishonmay qoʻyishi mumkin. Tayyorlovchining oʻz firma belgisiga boʻlgan mualliflik huquqi davlat tomonidan himoyalangan.
Tashqi koʻrinishidan jozibador boʻlgan, tovarni yuqori sifatli qilib koʻrsatadigan idish qalbakilashtirish obyekti boʻladi, uning ichidagi mahsulot koʻpchilik hollarda sohtalashtirilgan boʻladi.
Faqat tamgʻa va idish emas, balki tovarga ilova qilingan hujjatlar ham sohtalashtiriladi, shu bilan birga hammadan koʻproq yukxatlari va sertifikatlar qalbakilashtiriladi.
Sohtalashtirilgan tovarlarning tovar – transport yukxatlarida hammadan koʻproq hollarda tovarning nomi, bir muncha koʻproq hollarda tayyorlovchining nomi va tovarning miqdori (miqdorni qalbakilashtirish) qalbakilashtiriladi. Yukxatdagi bu rekvizitlarning qalbakilashtirilganligini faqat tovarni assortimentga mansubligi va kelib chiqishi jihatidan identifikatsiyalash, shuningdek butun tovar turkumining miqdorini oʻlchash (qaytadan tortib koʻrish, qaytadan hisoblash, qaytadan oʻlchov olish) vositasidagina aniqlash mumkin.
Keyingi vaqtlarda sertifikatlarni qalbakilashtirish hujjatlarni qalbakilashtirishning keng tarqalgan turi boʻlib qoldi. Tekshirish uchun nazorat qilish vaqtida bir qancha hollarda 50%gacha bekor qilinishi kerak boʻlgan sohta sertifikatlar topilmoqda.
Sertifikatlarni qalbakilashtirishning bir nechta usuli mavjud boʻlib, bular:
1) belgilangan shakldagi haqiqiy blankadan foydalanib hamda sohtalashtirilgan yoki sertifikatsiya sinovlaridan oʻtolmagan tovarning hamma rekvizitlarini kiritib sertifikatni qalbakilashtirish, bunda sertifikatlash organlarining sohta muhrlaridan foydalaniladi;
2) sertifikatning haqiqiy muhrlar bosilgan haqiqiy koʻchirma nusxasini ayrim yozuvlarni (tayyorlovchi firma yoki vositachining nomini, amal qilish muddatini, berilgan sanani va boshqalarni) oʻchirib tashlash hamda sohtalashtirilgan tovarni tavsiflaydigan yangi rekvizitlarni kiritish yoʻli bilan qalbakilashtirish;
3) sertifikatlashni amalga oshirish uchun tovar va uni tayyorlovchining nomlari bir xil boʻlgan boshqa turkumlardan sohtalashtirilayotgan tovarga oʻxshaydigan namunalarni tanlab olish, bunda sohtalashtiruvchilar haqiqiy sertifikatlarni olishadi;
4) xavfsizlikni tasdiqlash uchun tovarning haqiqiyligini va konkret tovar turkumiga mansubligini bilish maqsadida identifikatsiyalashni amalga oshirmagan sertifikatsiyalash organi tomonidan haqiqiy sertifikatlar berilishi.
Nooziq-ovqat tovarlarni kompleks qalbakilashtirish tovarni qalbakilashtirishning ikki yoki undan ortiq alohida turini oʻz ichiga oladi.
Qalbakilashtirish qayerda amalga oshirilganligiga qarab u texnologik qalbakilashtirish va realizatsiya qilishdan oldingi qalbakilashtirish boʻladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling