Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Assortimentni qalbakilashtirishda
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
Assortimentni qalbakilashtirishda qalbakilashtirish tovarni boshqa navdagi, turdagi yoki nomdagi oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan batamom almashtirib, bitta yoki bir nechta belgining oʻxshashligini saqlab qolish orqali amalga oshiriladi. Turgan gapki, oʻrnini bosuvchi mahsulotlar haqiqiy tovarga qaraganda ancha arzon turadi va past isteʼmol xossalariga ega boʻladi. Ayrim hollarda tovarning almashtirilganligini bilib qolish va aniqlash juda murakkab vazifa boʻladi. Tovarning qandayligiga qarab past sifatli furnitura, natural yoki sunʼiy komponent, shuningdek turli yasama narsalardan oʻrnini bosuvchi mahsulot sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni qoʻllash tovarning gigiyena, estetika va foydalanish xossalari buzilishiga olib keladi.
U yoki bu tovarlar guruhining assortimentini qalbakilashtirish uchun quyidagi sharoitlar kerak boʻladi: 1) boshqa guruhga mansub boʻlib, isteʼmol xossalari va baʼzi sifat koʻrsatikichlari boʻyicha yaqin boʻlgan tovarlarning sotuvda boʻlishi; 2) tovar sifatining navlarga boʻlinishi; 3) muayyan tovar guruhlarining oʻxshatmalari ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi; 4) sifat koʻrsatkichlari hamda nuqsonlar borligi jihatidan farqlanadigan tovarlarning ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi; 5) turli tovar guruhlari uchun foydalaniladigan idishlarni unifikatsiyalash. Foydalaniladigan qalbakilashtirish vositalariga, oʻrnini bosuvchi narsaning hamda sohtalashtirilayotgan mahsulotning xossalari oʻxshashligiga qarab qalbakilashtirishning quyidagi usullari farqlanadi: 1) navlarni oʻzgartirish; 2) yuqori sifatli xom ashyo va materiallarni oʻxshash belgilarga ega boʻlgan past sifatli oʻrnini bosuvchilar bilan almashtirish; 3) natural xom ashyo va materiallarning oʻrnini almashtirib qoʻyish. Assortimentni qalbakilashtirishda qoʻllaniladigan hamma oʻrnini bosuvchi tovarlar ikki guruhga: natural va sunʼiy tovarlarga boʻlinadi. Assortimentni qalbakilashtirishga eng avvalo tovarlarning navlarini oʻzgartirish kiritiladi. Bu assortimentni qalbakilashtirishning hammadan keng tarqalgan turlaridan biridir. Navni oʻzgartirish bilmaslikdan yoki gʻarazli maqsadlarda yuz berishi mumkin. Nooziq-ovqat tovarlarni savdoda realizatsiya qilish vaqtida ularning navlarini oʻzgartirish hamisha qalbakilashtirish deb tasniflanadi, chunki bu tovarlarning sifati ularni ishlab chiqarish vaqtida batamom shakllantirilgan boʻladi va saqlash vaqtida oʻzgarmaydi. Shu bilan birga tovarlarning kattagina guruhi borki (atir-upa mahsulotlari, jun buyumlar va boshqalar), ularning sifati saqlash vaqtida ancha oʻzgaradi va bunda ularning tovar navini belgilaydigan sifat koʻrsatkichlari pasayadi. Bu holda navlarning oʻzgarishi yuz berib, u obyektiv xususiyatga ega boʻladi va agar undan gʻarazli maqsadlarda foydalanilmasa, u qalbakilashtirish deb hisoblanmaydi ham. Assortimentni qalbakilashtirishda, qoida tariqasida, oʻrnini bosuvchi materiallardan – ancha arzon turadigan, pasaygan xususiyatlari bilan hamda bir yoki bir necha belgilari boʻyicha natural mahsulotga oʻxshashligi bilan ajralib turadigan xom ashyo va materiallardan foydalaniladi. Assortimentni qalbakilashtirishda koʻpchilik hollarda quyidagi oʻrnini bosuvchilardan obyekt sifatida foydalaniladi: 1) boshqa guruhga mansub boʻlib, isteʼmol xossalari ancha past boʻlgan oʻxshash tovarlar; 2) muayyan, eng muhim belgilari boʻyicha natural boʻlib koʻrinadigan xom ashyolar; 3) texnologiya jarayonlari tugallanmagan oʻrnini bosuvchilar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling