Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet21/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Donni identifikatsiyalash. Bular maydalanmagan va oqlanmagan butun donlar yoki donli ekinlar jumlasiga kiradigan oʻsimliklarning dukkaklaridir. Odatda odamning ovqatlanishi uchun ishlatiladigan donli ekinlar jumlasiga quyidagi botanik oilalar: boshoqli gʻalla oʻsimliklari (bugʻdoy, javdar, suli, arpa, tariq, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori); grechixa; dukkaklilar (noʻxat, loviya, yasmiq, soya) kiradi.
Donlar oʻziga xos belgilarga: xilma-xil rangga, tashqi koʻrinishga va oʻlchamlarga ega boʻladi. Bunda u yoki bu don turi uchun oʻlchamlar oʻziga xos boʻlib, ular odatda 1000 ta donning oʻrtacha ogʻirligi bilan ifodalanadi, bu ogʻirlik: bugʻdoy uchun — 30 – 40 g; javdar uchun – 20 – 25g; arpa uchun – 35 – 45g; suli uchun – 20 – 30g; grechixa uchun – 18 – 20g; tariq uchun – 4 – 7g.
Donni turlari va klasslari boʻyicha identifikatsiyalash. Bugʻdoy botanik va biologik xususiyatlariga qarab quyidagi turlar va kichik turlarga boʻlinadi:
I tur — qizil donli bahori (yumshoq) bugʻdoy;

  • 1-kichik tur — toʻqqizil shishasimon, shishasimonligi kamida 75%;

  • 2-kichik tur — qizil shishasimon, shishasimonligi kamida 60%;

  • 3-kichik tur — ochqizil yarim shishasimon, shishasimonligi kamida 40%;

  • 4-kichik tur — sariq-qizil (olachipor) yarim shishasimon, shishasimonligi kamida 40%;

  • 5-kichik tur — sariq serun, shishasimonligi 40%dan kam.

II tur qattiq bahori bugʻdoy (durum);

  • 1-kichik tur — toʻq qaxrabo rangli;

  • 2-kichik tur — och qaxrabo rangli.

III tur oq donli bahori (yumshoq) bugʻdoy;
1-kichik tur — oq donli shishasimon, shishasimonligi kamida 60%;
2-kichik tur — oq donli (shishasimonligi kamida 60%).
IV turqizil donli kuzgi (yumshoq) bugʻdoy, I tur bugʻdoyga oʻxshab 5 ta kichik turga boʻlinadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling