Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet30/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Sut turi

Sutning rangi

Asosiy komponentlarning miqdori , %

Oqsillar: yogʻlar: uglevodlar nisbati

Ugle-vodlar

Yo’lar

Oqsillar

Bifidogen qandlar

kalsiy

Sigir suti

Sargʻish oq

4,5

3,6

3,2

0,0

0,12

1:1:1,5

Echki suti

Sargʻish boʻlmagan oq

4,5

4,3

3,6

0,1

0,15

1:1,2:1,3

Biya suti

Koʻkish oq

6,4

1,8

2,1

0,0

0,09

1:0,9:3

Qoʻy suti

Sargʻish oq

4,6

7,2

5,7

0,0

0,18

1:1,3:0,8

Tuya suti

Sargʻish oq

5,1

5,4

3,8

0,0

0,14

1:1,4:1,3

Kiyik suti

Sargʻish oq

2,5

22,5

10,3

0,0

0,0

1:2,1:0,2

Natural (yogʻi olinmagan) sut — bu xom yoki pasterizatsiya qilingan sut boʻlib, unda asosiy komponentlar soni va nisbati sunʼiy ravishda oʻzgartirilgan boʻlmaydi.
Yogʻning miqdori normaga keltirilgan va 3,2, 2,5, 3,5%gacha yetkazilgan sut normallashtirilgan sut deyiladi.
Qayta tiklangan sut quruq sigir sutini suv bilan qisman yoki butunlay qayta tiklash hamda yogʻini normallashtirish yoʻli bilan olinadi Eritilgan sut sut bilan qaymoq aralashmasidan ishlab chiqariladi, bunda aralashmaga yuqori haroratda ishlov beriladi (90°C da 3 soat davomida) va yogʻ 4,5 yoki 6%gacha normallashtiriladi.
Vitaminlashtirilgan normallashtirilgan sut normallashtirilgan va pasterizatsiya qilinganidan soʻng unga askorbin kislota (S vitamini) yoki uning tuzlarini qoʻshish yoʻli bilan olinadi.
Yogʻsiz sut qaymogʻini separatsiyalash (ajratish) yoʻli bilan ishlab chiqariladi va shu sababli uning tarkibida yogʻ bor-yoʻgʻi 0,5% boʻladi. Bu sut zangoriroq rang paydo boʻlishi bilan ajralib turadi.
Qaymoq sutning yogʻ qismini separatsiyalash yoʻli bilan ajratish natijasida olinadi va aholiga oziq-ovqat sifatida joʻnatiladigan qaymoq tarkibidagi yogʻ 8,10,15, 20%, sariyogʻ ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qaymoq tarkibidagi yogʻ 35, 62, 73, 78% boʻlishi mumkin.
Yogʻi olinmagan sut (qaymoq), shakar qoʻshib quyuqlashtirilgan sut har xil turdagi vakuum-bugʻlantirish qurilmalarida suvning bir qismini bugʻlantirish va uning miqdorini 26%gacha yetkazish yoʻli bilan tayyorlanadi, bunday sutni kakao, kofega qoʻshish mumkin.
Quyultirilgan sterilizatsiya qilingan sut (qaymoq) ochiq bugʻlantirish qurilmalarida 100°S dan ortiq haroratda tarkibidagi suv 25,5% qolguncha quyuqlashtirish yoʻli bilan ishlab chiqariladi.
Quruq sut uning tarkibidagi suvni tasmali yoki purkaladigan quritish moslamalarida (sushilkalarda) batamom bugʻlantirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Purkash usulida sutga instantayzerlarda qoʻshimcha ishlov berilishi mumkin boʻlib, buning natijasida quruq sut suvda tez eriydigan boʻladi.
Emadigan yoshdagi bolalar uchun quruq sut sigir sutidan oqsilning, kazeinning, kalsiyning, yogʻning koʻpchilik qismini chiqarib tashlash hamda bifidofaol polisaxaridlar (mals-ekstrakt, dekstrin-maltoza qiyomi va boshqalar yoki turli krupalarning qaynatmasini), oʻsimlik moylari, vitaminlar va kul elementlarini qoʻshish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Haqiqiylikni ekspertiza qilish sutni va sut mahsulotlarini qalbakilashtirish usulini aniqlash maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda qalbakilashtirishning quyidagi usullari va turlari boʻlishi mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling