O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


Download 71.72 Kb.
bet2/10
Sana04.04.2023
Hajmi71.72 Kb.
#1323371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kasb.ped oxirgi dastur.07.12

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-semestr.1-Mavzu: Makabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Makabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari.
Makabgacha pedagogika umumiy asoslari. Makabgacha pedagogika fani haqida umumiy tushuncha. Makabgacha pedagogika fanining predmeti va asosiy vazifalari. Makabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbiyalashdasi o`rni. Sharq va g`arb mutafakkurlarining farzand tarbiyasi haqida talimotlari. Makabgacha pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Makabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.
2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi.


Kasbiy pedagogikafani, uning predmeti va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi umumiy va kasbiy ta’lim tizimi islohatlari. Kasbiy pedagogik ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida.
“Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari. Kasbiy pedagogikaning asosiy tushunchalari: bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik, mutaxassislik, kasbiy ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tarbiya, kasbiy mahorat.
Uzluksiz ta’lim tizimida professional ta’limiga qo‘yiladigan talablar. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqalarini o‘rganish.
Kasbiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari o‘qitish jarayonida tarbiyalanuvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogga o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish.
Kasbiy ta’lim pedagogikasining shakllanishi va rivojlanishi.
Milliy g‘oyaning shakllanishi, yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, xalq pedagogikasi tajribasiga tayanish. VIII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda shakllangan, zamonaviy kasbiy ta’lim tizimining fundamental asoslari. Ular barcha avlod olimlari, mutafakkirlari, pedagoglari, ishlab chiqarish va xalq xunarmandchilik ustalari tajribasi va rivojlanishini aks etadi. O‘rta Osiyo mutafakkir olimlari kasbiy ta’lim haqida. Movoraunnahr madaniyati rivojlanishi davrida, X-XII va XIV-XVI asrlarda kasbiy ta’lim.Turkistonda VIII-XIII asrlarda jamiyat ta’lim asos bo‘lgan barcha yangi g‘oyalar, madaniyat va fanga ochiq va jo‘shqin bo‘lgan davrda kasbiy ta’lim tajribasi. Kasbiy ta’lim tizimida milliy islohotlar yo‘nalishlarining mohiyati: ta’limning O‘zbekiston xalqlari madaniyati bilan boyitilgan milliy tarix, milliy an’analar va odatlar bilan uzviy bog‘liqligi, ta’limni milliy rivojlanish, boshqa xalqlar madaniyati va tarixiga hurmat uyg‘otishning muhim vositasi sifatida tan olinishi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish, bosqichma-bosqich amalga oshirish, tadrijiylik.
Ta’lim tizimi islohotlarining mohiyati: izchillik, ochiqlik, fuqarolarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qoniqtira olish, jamiyatning talablariga javob berish, jahon kasb va mehnat bozorida samarali faoliyat yuritish va raqobat qila olish. 2020 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun mazmun mohiyati.

Download 71.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling