O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti


III MODUL:O‘QITUVCHININGKASBIY VA PEDAGOGIK KOMPETENTSIYASI


Download 71.72 Kb.
bet4/10
Sana04.04.2023
Hajmi71.72 Kb.
#1323371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kasb.ped oxirgi dastur.07.12

2-semestr

III MODUL:O‘QITUVCHININGKASBIY VA PEDAGOGIK KOMPETENTSIYASI


Pedagogik faoliyat va pedagogik qobiliyat.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismlari: konstruktiv, tashkiliy, gnostik, kommunikativ. O‘qituvchining pedagogik qobiliyati. O‘qish va o‘qitish bo‘yicha qobiliyatlar, tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan pedagogik qobiliyatlar. Pedagogik muloqot qobiliyatlari va faoliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq bilishi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi, materialni ipidan ignasigacha bilishi, unga qiziqishi, oddiy tadqiqot ishlarini olib borishi to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
O‘qituvchining pedagogik mahorati va kasbiy mahorati.
Kasbiy mahorat haqidagi ta’riflar. Pedagogik mahorat komponentlari: insonparvarlik, pedagogik bilimlar, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnikani o‘rganish. Tarbiyalanuvchilarga murojaat qilishning to‘g‘ri stili va tovush ohangini tanlab ola bilishi, o‘quvchilar xatti-harakatlariga o‘zining munosabatini ko‘rsata olishi, sezgi tempi (yuksakligi), boshqarish ko‘nikmalarini boshqarishni bilish.
Professional ta’limini boshqarish
Pedagogik, psixologik boshqaruv to‘g‘risida ma’lumot. Boshqaruv jarayoni bosqichlari. Boshqaruv uslublari. Boshqaruvga yangicha yondashuv: yakka shaxs va jamoa bilan ishlash usullari. Boshqaruvda o‘qituvchining roli: faol, tashabbuskor va ijodkor munosabati. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish o‘quv yurtida, o‘quvchi-talabalar jamoasida sog‘lom psixologik muhit yaratish yo‘llari.
Kasbiy pedagogik ta’lim muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy asoslari. Kasbiy pedagogik ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar ishining mazmuni. Kasbiy pedagogik ta’lim muassasalarining boshqaruv tuzilmasi. Kasbiy pedagogik ta’limi muassasalarida pedagogik kengashi tarkibiy tuzilmasi va funksiyalari. Pedagogik oshkoralik demokratiya va o‘z- o‘zini boshqarishi asosida amalga oshirilishi to‘g‘risida zaruriy bilimlarni tarkib toptish.

Download 71.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling