O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Eksport tovar assortimentini rejalashtirish


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
MARKETING

Eksport tovar assortimentini rejalashtirish. 
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi 
tovarlarning xarakteri hamda ularga mos keluvchi ko‗rsatkichlarni aniqlashdan iborat. 
Eski va yangi ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmining nisbati, oddiy va ilm talab 
qiluvchi, an‘anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik yangiliklarga oid masalalar hal 
etiladi.


64 
Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksportchining quyidagilarni bajara 
olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi: 
• hozirgi paytda raqobatbardoshlik ko‗rsatkichlari past bo‗lgan va istiqbolda 
rentabelligi past bo‗lishi kutilayotgan mahsulotlar ro‗yxatini aniqlash; 
• mahsulotlarni eksport tovarlar tarkibidan chiqarish muddati va ro‗yxatini 
aniqlash; 
• qaysi tovarlarni modernizatsiyalash kerakligini, shuningdek, muayyan 
mahsulotlarni qo‗llashning yangi usullarini aniqlash; 
• xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish 
va ko‗rib chiqishga chuqur o‗ylab ko‗rgan holda yondashish. 
Eksport siyosatida tovarlarni o‗rash, markalash. 
Eksport upakovkasini ishlab chiqish firmaning tashqi bozordagi tovar 
siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda xaridorlar manfaatini 
himoya qilish maqsadida tovar upakovkasi sohasiga oid qonunchilik mavjud. G‗arbiy 
Germaniyada upakovkani ratsionallashtirish jamiyati keng iste‘mol tovarlari 
upakovkasi bo‗yicha normalarni ishlab chiqqan bo‗lib, unga ko‗ra: 
• upakovkadagi rasm va matnlar aniq bo‗lishi hamda tovarning mohiyatini 
ifodalashi lozim; 
• upakovka qilingan tovarning vazni va miqdori to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 
ko‗rinarli joyda bo‗lishi kerak; 
• upakovkadagi tovarlar soni imkoni boricha butun bo‗lishi lozim; 
• upakovkadagi narx aniq va yaxshi ko‗rinadigan bo‗lishi kerak. 
Shuningdek, tovar upakovkasida tovar ishlab chiqarilgan payt va uni iste‘mol 
qilish muddati ko‗rsatilishi zarur. Bundan tashqari, sotuvchilar uchun tavsiyalar 
mavjud – upakovka xarajatlarini kamaytirish, qayta ishlanishi oson bo‗lgan upakovka 
yaratish maslahat beriladi. Bu chora-tadbirlar ekologik muhitning ifloslanishi sababli 
hamda moddiy va tabiiy resurslarni tejash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro savdoda keng qamrovli tovar massasiga kiruvchi har bir mahsulot 
haqidagi ma‘lumotlar chet ellik mavjud va potensial xaridorlarga yetkazilishi lozim. 
Amalda tovar haqidagi ma‘lumotlar vositasi – markirovka shakllantirilgan. 


65 
Markirovka bu mahsulot va uning upakovkasiga ramziy belgilar, rasm, raqamli va 
harfli belgilarni aks ettirishdir. 
Eksport tovari markirovkasi har doim quyidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi 
lozim: ishlab chiqaruvchining nomi, buyurtma nomeri, upakovka birligi nomeri
ishlab chiqarilgan mamlakat nomi, o‗lchami, yuklash va tushirish yo‗riqnomasi, 
xavfsizlik bo‗yicha qo‗shimcha ko‗rsatmalar. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling