O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sbia-85 guruh talabasi Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu
Download 91.79 Kb.
|
axmedova nargiza falsafa
ESTETIK MUNOSABAT - sub'ekt bilan ob'yekt o‘rtasidagi o‘zaro harakat va o‘zaro ta'sirning maxsus turini anglatuvchi falsafiy tushuncha. Estetik munosabat nafosatli ob'yektdir. Aslini olganda. nafosatli bo‘lmagan narsalarning o‘zi yo‘q. Muayyan shart-sharoitda har qanday narsa, voqyea-hodisa nafosatli tabiatga ega bo‘lib, estetik munosabat va nafosatli baho ob'yektiga aylanishi mumkin. Lekin ular ma'lum talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his-tuyg‘u, sezgi-idrok qobiliyati ia imkoniyatiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, u yoki bu voqyea-hodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqyea-hodisa estetik munosabat ob'yektiga aylanadi, ya'ni u o‘z qadrini topadi, baholash esa voqyea-hodisalarning qadri yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqyelikka nafosatli munosabati aslida voqyelikka baho berishning alohida turi, voqyea-hodisalarni nafosatli qadrlash usulidir. Shunday qilib, nafosatli ob'yekt odamlarning nafosatli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan voqyelikning xilma-xil ko‘rinishlarida o’z ifodasini topadi. Nafosatli ob'yektning zarur tomoni estetik munosabat sub'ektidir. Estetik munosabat sub'yekti o‘z tarkibida jamiyatning zarur bo‘laklarini biriktirgan, turli sohalarda moddiy-ma'naviy faoliyat olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim shaxslardan iborat juda murakkab ijtimoiy hodisadir. Estetik munosabatda his-hayajon maxsus o‘rin egallaydi. His-hayajon estetik munosabatning barcha pog‘onalarida amal qilib, lazzatlanish, hayajonlanish holati bilan yakunlanadi.
ESTETIK ONG - olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining sub’yektiv tomoni. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma'naviy-ruhiy voqyea-hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, fikr, orzu-qarash nazariy tizimini anglatadi. Estetik ong axloqiy ong bilan barobar tarzda, ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oldinroq vujudga kelgan. Dastlabki paytlarda estetik his-tuig‘u, kechinmalar olamlarning bevosita moddiy va ma'naviy faoliyatiga chirmashib ketgan bo‘lib, tabiatni ijtimoiy taraqqiyyotning bu pallasida estetik his-tuyg‘u, kechinma va mulohazalar vujudga kelishi hamda rivojlanishi moddiy asoslar bilan chambarchas bog‘lanib ketganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tarixiy rivojlanish estetik his-tuyg‘ular shakllanishi, ularning amal qilish sur'atlariga estetik qarashlar va g‘oyalar mazmuniga kuchli ta'sir o‘tkazib borgan. Shuningdek, estetik ong rivojiga san'at ta'sir kuchining tobora ortib borishini ham ta'kidlash kerak. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida estetik faoliyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. Estetik ong badiiy ong bilan ham chambarchas bog‘liq. Ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lsa-da, aynan bir ma'noni anglatmaydi. Estetik ong voqyelikni bir butunligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong voqyelik yordamida san'atni yaratish va idrok etish natijasidir. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, estetik ongning aks etish ko‘lami ancha kengdir: u odamlarning mehnat faoliyati, unipg natijalari, moddiy va ma'naviy qadriyatlarida o‘z ifodasini topadi. Download 91.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling